Главная / Madaniyat / Ovozlarning eng yoqimsizi

Ovozlarning eng yoqimsizi

ovoz Quroni Karimning Luqmon surasi, 19-oyatida eshaklarning ovozi “ankaru-l-asvaat” ovozlarning eng khunugi, eng yomoni deb atalgan. Mazkur suraning un uchinchi oyatidan un tuqqizinchi oyatiga qadar Luqmon (rahmatullohi alayhi)ning ugliga qilgan bir qator tarbiyaviy ugitlari, vaz-nasihati zikr qilinadi. Ul zot ugliga nasihat qilar ekan, jumladan shunday deydi:

“وَاقْصِدْ فِي مَشْيِكَ وَاغْضُضْ مِنْ صَوْتِكَ إِنَّ أَنْكَرَ الْأَصْوَاتِ لَصَوْتُ الْحَمِيرِ”.

Mazmuni: “yana yurganingda ham urtacha yurgin, ovozingni ham past qilgin. Chunki, ovozlarning eng eng khunugi eshaklarning ovozidir”. “Ovozingni past qilgin” deya tarjima qilingan “وَاغْضُضْ مِنْ صَوْتِكَ” degan suz aslida uzbekchadagi variantdan nozik va daqiq farq qiladi. Arabcha “غض” “goddo” feli biron narsadan usha narsaning oshiqchasini kamaytirish, popugini pasaytirish, arayishini olish, malum tomonga yunalgan nafsiy hirsni jilovlash kabi manolarni anglatadi.

   Alloh taolo nomahramlarga tikilib, va shahvat bilan qarashdan qaytaruvchi oyati karimasida ham aynan shu felni ishlatgan:

“قل للمؤمنين يغضوا من أبصارهم”

yani: “muminlarga ayting kuzlarini (nomahram ayollarga tikishdan) tussinlar” (Nur surasi: 30-oyat). Albatta maqsadni guzal va tugri ifoda qilishda Quroni karimning fasohati va arab tilining qudrat va imkoniyatlariga teng keladigan biron-bir til yuq. Yuqorida misol tariqasida keltirganimiz Nur surasidagi kuzlarni nomahramlarga tikishdan qaytaruvchi oyati karima ham mazmunan tarjima qilingan. Aslida esa bu manoni ifoda qilish uchun ishlatilgan iboraga diqqat qiladigan bulsak, Rabbimiz kalomining balogatu fasohatiga tan bermay ilojimiz yuq. Etibor berilsa, oyatda “غض” “goddo” feli “من” “min” harfi jari bilan ishlatilmoqda. “Min” esa “tabiz” yani bulaklanish, qismlarga bulinishni anglatadi. Shunda oyatning manosi “nazarlaridan bir qismini kamaytirsinlar, bemalol qaramasinlar, kuzlarini quyi solsinlar” tarzida tushuniladi. Nima uchun “butkul qaramasinlar, umuman kuzlari tushmasin!”, deyilmadi? Chunki, bunda odamlar katta mashaqqatga yuz tutgan bulardilar. Unda haromga tushib qolmaslik uchun kuzni yumib yurish kerak bular va benihoya noqulaygarchiliklar tugilgan bulardi.

   Demak, yana uz suzimizga qaytadigan bulsak, “وَاغْضُضْ مِنْ صَوْتِكَ” dan ovozingni juda baland qilib, birovlarni bezovta qiladigan darajada quyvormagin, balki, nazokat va madaniyat bilan urtacha ovozda gapirgin kabi manolarni tushunamiz. Oyat davomida “Chunki, ovozlarning eng yomoni (eng khunugi) eshaklar ovozidir” deyiladi. Bu suzni “ovozingni pasaytir” degan gapga nima aloqasi bor degan savol tugilishi tabiiy. Akhir, eshakning tovushi bilan insonning gapirishi urtasida qanday bogliqlik bulishi mumkin?! Bu erda biroz majoz, andak ukhshatish bor. Yuqoridagi ikki jumlaning bir-biriga munosabati shundaki, pasaytirilmagan, old-orqasiga qaramasdan, uzgalar rioyasini qilmagan holda bemalol quyvorilgan har qanday qupol, birovlarni bezovta qilib, rohatsizlantiruvchi tovush eshaklar tovushiga ukhshar ekan. Chunki, eshakning tovushi, uning hangrashi “pasaytirilmagan, bemalol quyvoriluvchi” ovozlarning eng yorqin misolidir. Eshak, tusatdan hangrab qoladi. Bulib ham uning hangrashi uta khunuk, uta yoqimsiz va uta “pasaytirilmagan”, odamni rohatsizlantirib, tinchini buzuvchi va uta qupol va “benazokat” buladi. Bu oyat oqil kishilar uchun benazir ugitdir. Ovozi “ankaru-l-asvaat”ga ukhshab qolishini istamaydigan kishilar, ogir-bosiqlik bilan suzlashishlari, biror yigilish yoki gavjum joyda bulib qolsalar uzgalar rioyasini qilgan holda odamlarga ozor bermasdan, ularning oromini buzmasdan, pastroq tovushda suhbatlashishlari maqsadga muvofiq. Shuningdek, hatto khusumatlashib qolganlarida ham ovozlarini qattiq kutarmasliklari, baqiroqlik va shallaqilik qilishdan saqlanishlari lozim buladi. Aks holda ularning bu ishlari oyatda qaytarilgan “eshakning hangrashiga” teng bulib qoladi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …