Главная / Siyosat / Prezident farmoni bilan «El-yurt umidi» jamgarmasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan «El-yurt umidi» jamgarmasi tashkil etildi

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutakhassislarni khorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish buyicha “El-yurt umidi” jamgarmasi faoliyatini tashkil etish tugrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.

elyourt

Bu haqda khabar qilgan Adliya vazirligiga kura, farmonga muvofiq Mutakhassislarni khorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazi Mutakhassislarni khorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish buyicha “El-yurt umidi” jamgarmasietib qayta tashkil etildi.

Quyidagilar Jamgarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

khorijiy olimlar, uqituvchilar, muhandislar va boshqa mutakhassislar, shu jumladan, vatandoshlarni talim, sogliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish;

talim, sogliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida Uzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish;

ham mamlakatimiz, ham khorijiy ekspertlarning, shu jumladan, vatandoshlarimizning kadrlarni khorijda tayyorlash va khorijiy mutakhassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish buyicha takliflar ishlab chiqish.

Jamgarma khodimlariga direktor qaroriga asosan lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida oylik ustama belgilanishi mumkin.

Jamgarmaning moliyaviy kumagida khorijda magistratura va doktorantura dasturlari asosida talim olgan, malaka oshirgan, stajirovka utagan stipendiatlar zimmasiga oliy talim muassasasi yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

Stipendiat uzrsiz sabablarga kura khorijiy talim va ilmiy muassasalarning talabalari safidan chiqarilganda, malaka oshirish, stajirovka utash, magistratura va doktorantura dasturlari buyicha talim tugagandan sung Uzbekiston hududida, shuningdek, oliy talim muassasasi va ilmiy muassasada, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortganda Jamgarma tomonidan stipendiatni uqitishga sarflangan barcha moliyaviy kharajatlar stipendiat tomonidan qoplab beriladi.

Prezident Karimov tomonidan 1997 yili “Umid” jamgarmasi tashkil etilgan edi.

Bu jamgarma davlat byudjeti hisobidan istedodli yoshlarni tanlab¸ ularni khorijiy mamlakatlardagi nufuzli uquv yurtlarida uqitishni maqsad qilgan edi.

Jamgarma nizomiga kura¸ AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiyaga uqishga yuborilgan uzbek talabalari uz vataniga qaytib¸ olgan bilimlarini Uzbekiston ravnaqi uchun sarflashi lozim edi.

Ammo “Umid” jamgarmasi yuborgan uzbek talabalarining aksariyati Uzbekistonga qaytib ishlashni istamagani ortidan¸ bu jamgarma 2003 yili rasman tugatilgan.

Яна маълумот

Ishdan nohaq bushatilgan khodim ishi. Angor tumani hokimligi nega sud qarori ijrosini paysalga solmoqda?

Surkhondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Erkin Gapparov tomonidan murojaat yullandi. Arizada u muqaddam …