Главная / Siyosat / Mustaqillik Muborak bo‘lsin – tabriklar va sherlar banner bilan

Mustaqillik Muborak bo‘lsin – tabriklar va sherlar banner bilan

Aziz vatandoshlar!

Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborokbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu Baraka va farovonlik tilaymiz.

Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Aziz hamvatan! Muhtaram do‘stlar!

Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman.

Mustaqillik tabrigi (tabriklari)
Baner Mustaqillik tabrigi (tabriklari)

Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 33 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.

Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! Bayramingiz qutlug‘ kelsin azizlar!

Hurmat bilan,
Mirziyoyev

mustaqilik-6

Aziz talaba-yoshlar – Darsi!

Ushbu shukuhli kunlarda Vatanimiz mustaqilligining shonli 32 yilligi “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori asosida mamlakatimizdagi har bir xonadon, barcha hudud va muassasalarda keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni ham eng ulug‘ va eng aziz bayram — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman!

Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar! 

Mamlakatimiz Taraqqiyot strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishida ta’lim sohasini sifat jihatdan rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom etmoqda”.

Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar!  sherlar
Bugun xalqimiz ulug‘ maqsadlar bilan Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan bu muhtasham yo‘l xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirayotir. Yurtimiz tinchligi va daxlsizligi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik hamda hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi demokratik islohotlar dunyo hamjamiyatining ham e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Qadrli yoshlar!

Ma’lumki, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilgan joriy yilda mamlakatimizda navqiron avlodning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyatiga katta e’tibor qaratilgani holda ko‘plab dasturlar ro‘yobga chiqarildi. Xususan, bolaning dunyoga kelgan ilk kunidan uning barkamol voyaga yetishi uchun zarur bo‘ladigan barcha vazifalar qamrab olindi. Maktabgacha ta’lim qamrovi so‘nggi yillardan qariyb 70 foizdan oshgani holda, maktab ta’limini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, oliy ta’limni dunyoning rivojlangan davlatlari bilan raqobatlashadigan kadrlar tayyorlovchi muassasalarga aylantirish borasidagi islohotlar yaqin tarixda bir nuqtada debsinib qolgani achchiq haqiqat edi.

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada atoqli ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur”, deganlari bejiz emas.
1-mustaqillik
Istiqlol ayyomi shodiyonalari barcha ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tantanalari bilan davom etadi. Shu o‘rinda joriy yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar safidan o‘rin egallagan barcha o‘g‘il-qizlarimizni ham muborakbod etaman!

Yana bir xushxabar shu kunlarda barcha pedagogik jamoamizni ruhlantirmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan Prezident Farmoni asosida Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh vatandoshlarimiz qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, taniqli sharqshunos olim Saidakbar Agzamxo‘jayev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

O‘ylaymanki, davlatimiz va xalqimizning ushbu e’tirofi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining butun pedagogik jamoasi, ustoz-murabbiylari faoliyatiga bergan bebaho bahosi, mukofotidir!

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yangi o‘quv mavsumiga shay holatda. O‘g‘il-qizlarimizning tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha xalqaro andozalar asosida ilm-fan sirlarini o‘rganishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Yoshlikda o‘rganilgan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir” hadisiga amal qilgan holda barcha talaba-yoshlarning ilm-fan sirlarini o‘rganishda yanada faol bo‘lib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk kadr sifatida kamol topishlariga tilakdoshman!

Yana bir bor barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik ayyomi bilan tabriklagan holda sihat-salomatlik, oilangizga fayz-u baraka, o‘qish va ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Vatanimiz mustaqqilligi, elimiz hur va obodligi abadiy bo‘lsin!

Prezident – Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga Mustaqillik bayrami tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Аssalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!

Bugun yurtimizda ulugʼ bayram, katta tantana. Koʼpmillatli Oʼzbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli oʼttiz yillik toʼyini zoʼr shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.

“Yangi Oʼzbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bogʼda biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini oʼtkazmoqdamiz. Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, oʼzimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Аziz doʼstlar!

Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yoʼlida jon olib, jon berib kurashdi, mashaqqatli sinovlarni mardona yengib oʼtdi.

Xalqimiz qalbidagi hurriyat sari ezgu intilishni hech qanday bosqin, zulm va zoʼravonliklar yoʼqota olmadi. Bunga koʼhna tariximizning oʼzi guvoh.

1991 yil 31 avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulugʼ orzusiga erishdi – oʼzining davlat mustaqilligini qoʼlga kiritdi.

Bugungi qutlugʼ ayyomda barchamiz, butun xalqimiz Oʼzbekiston mustaqilligini eʼlon qilib, tariximizning eng murakkab va ogʼir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Аbdugʼanievich Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir.

Istiqlol yillarida Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʼlida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi.

Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir boʼlgan Qurolli Kuchlar barpo etildi.

Milliy valyutamiz – soʼm joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʼzligimiz tiklandi.

Muxtasar aytganda, koʼpni koʼrgan xalqimiz oʼzining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursat ichida ulkan taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtdi.

Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib oʼrin egalladi.

Mana shunday buyuk tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib qilganidan koʼpchilik vatandoshlarim qatori men ham baxtiyorman.

Mustaqillik nechanchi yil qabul qilingan?

Mustaqillik qachon qabul qilingan?  1991-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi eʼlon qilingan. Inson uchun ozodlikdan qadrli neʼmat yoʻq.1991-yil 1-sentabr xalqimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallagan har yili eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlugʻ ayyomga aylandi.

O’zbekiston mustaqillikka erishish tarixi 

Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan Oʻzbekiston chinakam mustaqillikni qoʻlga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka erishishi taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib oʻrinni egallash – biz koʻzlayotgan oliy maqsaddir” deydi.

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, qadrli uzbeklar! 

Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz hamda talaba yigit-qizlarimizni, ushbu eng ulug‘ va eng aziz ayyom bilan chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysizlar. Kuni kecha Muhtaram Yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 29 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarordagi “Sen- Qudrat Manbai, Saodat maskani, Jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani mujassam etgan keng ma’noli shiorda mazkur qarorning mazmun-mohiyati aks etganligini ko‘rish mumkin. Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tayotgan 29 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko‘lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Shu o‘rinda Oliy ta’limda ham juda ko‘p yangiliklar va islohotlar amalga oshirildi. Keling, yutuqlar haqida so‘z ketar ekan faktlarga e’tibor qaratsak.

2024 yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ushbu yilga hamohang ravishda keng islohotlar davom ettirilmoqda. Jumladan, 2024 yil yanvar oyidaAbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti yangitdan qurib foydalanishga topshirildi. Bugun tamomila yangicha ko‘rinishga ega zamonaviy o‘quv binosida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar Jizzax davlat pedagogika institutida  ham o‘z samarasini ko‘rsatdi. Shu kungacha  oliy ta’lim muassasasida  10 ta fakultet faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni   12 taga  yetdi va yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda o‘qishga qabul qilish kvotalari o‘smoqda.

Hech kimga sir emas bugungi kunda ta’limda raqobat boshlandi. Raqobatni esa real his etish kerak.Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashning faoliyat yuritishiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ruxsat berilgani quvonarli holdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2020 yil 5 iyundagi 158-sonli qarori bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti huzurida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda   O‘zbek adabiyoti, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek tili va O‘zbek adabiyoti) ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiya himoyalari o‘tkaziladi.

Shuningdek  institut bir qancha nufuzli xorijiy oliygohlar bilan turli muzokaralar olib borib shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘ldi ayni damda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Xalqaro ta’lim dasturlari»  bo‘limiga 2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilmoqda.Ta’kidlash joizki oliygoh kelgusida ham xalqaro hamkorlik aloqalari yanada takomillashtiradi. Buning uchun esa professor-o‘qituvchilarimizning bilim va malakalari shunga yarasha bo‘lishi shart! Endi shu ulkan ishonchni oqlashimiz ham farz, ham qarzdir.

Aziz hamvatanlar!  Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman. Vatanimizni, xalkimizni, barchamizni yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!  E’tiboringiz uchun rahmat!!!

Mustaqillik bayrami Shiori – “Yangi O‘zbekiston el aziz, inson aziz”!

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, O’zbekiston mustaqilligining 33 yilligini Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida tashkil etiladi.

18-mustaqilik-shiori

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini ta’minlanadi.

Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali o‘tkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilardan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib boriladi.

Mustaqillik kuni mustaqillik haqida sherlar (2024)

Mustaqillik muborak

Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.

O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.

Vatan haqida sherlar to‘plami

Mustaqillik yog‘dusi

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati –
O‘zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.

Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!

Sevaman Vatan

Gar sendan nolisam uvoldir umrim,
Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,
Har qarich xokingni ko‘zimga surdim,
G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!

Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar,
Ozod osmoningda porlagay qamar,
Navoiydan Orif Abdullo qadar
Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!

Bobolardan meros — nomus, or, g‘urur,
Bizdan avlodlarga eltasan surur,
Toleingga mudom baxsh aylagan nur
Yorqin manglayingni sevaman, Vatan!

Chora axtarmasman o‘zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot baxsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!

Mustaqil O‘zbekiston!

Baxtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o‘rtoqmiz.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.

Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!

Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,
O‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami

O‘zbek elim

O‘zbek elim,
Bek elim,
Senga nasib
Erk, elim.

Peshanangga
Nur tegib,
Kamol topgin
Baxt emib.

O‘zingning o‘z
Tug‘ing bor,
Mustaqillik
Cho‘g‘ing bor.

Bobom Temur
Suygan xalq,
Dunyo uzra
Yayrab balq.

O’zbekistonim, senga

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

 Ummon ortidagi makonim

Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun,
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.

Ochildi men uchun tor osmon bekam,
Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini.
O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam,
Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini.

Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!

Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami (sara)

O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim,
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim,
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh,
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.

Birlashib shu elning ertasi uchun,
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun,
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz,
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.

Shukrona ayt

Sajda ayla! Cho‘k muqaddas tuproqqa tiz,
Qoldir ko‘ngil ko‘chasida nurafshon iz,
O‘zligingni qilmoq uchun bir lahza his,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

O‘tgan kuning, bugunga boq, ertangga boq,
Yo‘llaringda yonsin umid yanglig‘ chiroq,
Toki olam ichra bordir vaslu firoq,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Kin, g‘arazlar qalbni aylar nochor, yupun,
Iymoningni iblislardan asra butun,
Muqaddas yurt kelajagin ko‘rmoq uchun,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Bolam deya, yurtim deya kuygan bu el,
Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,
Millatini, o‘zligini suygan bu el,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Osmonimiz o‘rtanmasin dard alamda,
Ona Yerni suydim, jon bor to tanamda,
Bundan ortiq ne kerakdir? Har qadamda,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Vatan — bu…

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.

Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.

Vatan — Miraziz A’zam

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Mazza qilib ichamiz.

Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab mazza qilamiz.

Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.

Tuprog’ing ko’zimga suray

Bir chimdim tuprog’ing ko’zimga suray,
Bag’ringda sher bo’lib yashayman vatan,
Mayli men maysaga aylanib qolay,
Barbir men zo’r bo’lib yashayman vatan.

Bir hovuch tuprog’ing tillolarga teng,
Tog’dagi bir lolang samolarga teng,
Bir qarich yering ham dunyolarga teng,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Yurtim tog’laring ham viqorli seni,
Hatto tikonlaring ham iforli seni,
Doim olg’a boshlar qadaming shaxtam,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Jannatning o’zidir sening makoning,
Sen uchun jonini berar o’g’loning,
Doim musaffodir tinchdir osmoning,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Har bir bosgan izing tarixda qolar,
Mening bor bisotim faqat o’zingsan,
Butun dunyo bizga lol bo’lib qolar,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman,
Sendan ketgan kunim gado bo’lgayman,
Tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman,
Quchog’ingda sherdek yashayman.

Vatan haqida qisqa sherlar

Assalom O’zbekiston, onajon yurtim,
Senla to’kis doim bu yarim baxtim.
Ey tangrim etma ayro shu chamanimdan,
O’zga yurtda tatimas hatto baland bo’lsada taxtim.

* * *

Vatan deya she’r bitdim sig’mading satrlarga,
Barchasin yozmoqqa qodir qalam qoldiku ojiz.
Ona yurtim bu aslo emasdur bejiz,
Hayotim rangsiz-u, o’zim esa g’aribman sensiz.

* * *

Bag’ringdagi buloqdan suv ichdim qonib,
«Vatan» deya kuyladim, yurakdan yonib,
Sotqin farzanding tosh otganda, so’zidan tonib,
Himoya qilgayman, qo’limga qalqonim olib.

* * *

Yugurdim qirlaring, tog’laring uzra,
Tuprog’ing olib, surtdim ko’zimga.
«O’zbekiston» so’zin muxr qilib ko’ksimga,
Shukrona aytarman, shu yurtda tug’ilganimga.

* * *

Vatan so’zin ulug’lab, g’azal bitdi Alisher,
Bobur Mirzo Andijonsiz qoldiku g’arib,
Sendan olisda g’amlari ketmadi arib,
Faxrimsan Vatanim, yurgayman kaftimda tutib.

* * *

Vatan so’zin jaranglatib, yozdim qonimga,
Yo’q — yo’q, qonimga emas, jismu jonimga.
Shukrona aytib yasharman, har bir o’tgan onimga,
Sharafshon bo’lsin Vatanim, ISTIQLOLINGGA.

Bayroq haqida sherlar to‘plami

Mustaqillik haqida qisqa sherlar

Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog‘ing kerak,
Ma’nosini dilga sol.

* * *

O‘z yurting – yer, samosi.
Shahri gulshan ma’vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog‘i, bog‘i, daryosi
Endi o‘z molu mulkining,
O‘z qo‘lingda o‘z erkining.

* * *

Yurting nurga belanib,
Ko‘rinmaydir ko‘zinga,
Barcha oltin-gavxaring,
Buyursin-a o‘zinga.

* * *

Endi o‘zingga bog‘liq,
Ne ekib ne o‘rmog‘ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog‘ing.

* * *

G‘ururing solib dilga,
Tezroq ulg‘ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.

Mustaqillik kuni she’rlar — Istiqlol muborak

Hur diyor O‘zbekiston
Madhing dillarda doston
Tabriklarim armug‘on
Istiqloling muborak!

Nurga to‘la quchog‘ing,
Oltinga kon tuprog‘ing.
Oy-yulduzli bayrog‘ing
Istiqloling muborak!

Timsolli humo qushing,
Jannatni a’lo qushing.
Senga qalbim olqishi,
Istiqloling muborak!

O‘tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o‘z bir dunyo,
Tanamda doimo jo‘sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.

Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko‘ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.

JONIM ICHRA JONIMDURSAN!

Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston

Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

 Mustaqillik kuni mustaqillik haqida yangi sherlar

O‘zbekiston sehrli diyor,
Istiqloling bo‘lsin muborak.
Senda yashar xalqlar baxtiyor,
O‘zbek xalqim to‘ying muborak!

Xalqim, umring bo‘lsin ziyoda,
O‘zbeklar ko‘p bu oshyonda,
Inoq, baxtli yashaylik birga,
O‘zbek xalqim, to‘ying muborak!

Bir daryodan suv ichgan millat,
Besh og‘ayni, beshta mamlakat,
Shoir do‘stlik bo‘lgay ijobat,
O‘zbek xalqim, to‘ying muborak!

Tashrif aylab, madhingni kuylab,
Yurtim senga ashyor bag‘ishlay,
Mangu yasha, porloq yulduzday,
O‘zbek xalqim to‘ying muborak!

Mustaqillik muborak — mustaqillik kuni she’rlar

Xudoyberdi To‘ychiyev she’ri
Do‘ppingizni ko‘kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.

Madh etgancha sho‘x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.

O‘zbek eli o‘ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko‘rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko‘prik,
Mustaqillik kun muborak.

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlanadi

Shaxzodaxon G‘ulomjonova she’ri

Ona yurtni sevmoq iymondan asli,
Zamon osha keldi, yuksalish asri,
Bizlar buyuklarning avlodi, nasli,
Pok niyat o‘chog‘i, go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!

Ulg‘aytirding bag‘ringda qancha dahoni,
Mayli ayting bo‘lsa agar da’voni,
Jahon berolmaydi senga bahoni,
Ta’rifi yo‘q adog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!

Issiq quchog‘ingda erkalab suyding,
Bolam deb qo‘limdan ushlading, tutding,
G‘am cheksam mendanda ortiqroq kuyding,
G‘amxo‘rlik quchog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!

Ta’rif topolmadim, senga vatanim,
Bunchalar suyuksan, gulu chamanim,
Ko‘zlarim quvonar, yayraydi ta’nim,
Pok niyat mayog‘i go‘zal bo‘stonim,
Nomi tilda doston — O‘zbekistonim!

O‘zbekiston mustaqil yurt

Hikmatoy Hasanov she’ri

Jahon noming tanidi bugun,
Unitilmas to abad shu kun.
Kelajakka umidla qarang,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

Biz yoshlarda barcha shijoat,
O‘zbekiston bo‘ldi hur, jannat.
Tanitamiz nomini albat,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

Bog‘-u rog‘lar o‘ng-u so‘limiz,
Osmonlarga yetar qo‘limiz.
Ochiq erur doim yo‘limiz,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.

Mustaqillik bolalar uchun she’r

Tursunboy Adashboyev she’ri

Bolalar haqidagi eng sara she’rlar kerak bo‘lsa ushbu sahifaga eng yaxshilarini jamlaganmiz.

Mustaqillik nonday aziz,
Mo‘tabardir, buyukdir.
Bobosi ham irim bilan,
Muqaddas deb qo‘yubdir
Paxtaday oq, sutdayin рок,
Imondayin u toza.
Begardlikka qiyos qilsak,
Bolakaylar — andoza.
Ko‘k beg‘ubor tovlanadi —
Yetti rangli kamalak.
Xumo qushi qo‘ndi boshga,
Zar uqali jamalak.

O‘zbekiston bayrog‘i qo‘shig‘i

Iqbol Mirzo she’ri, M.Nurmatov musiqasi

Bayroq haqidagi barcha she’rlar mana bu, bayrog‘imiz haqidagi sara qo‘shiqlar esa mana bu sahifada keltirilgan.

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Talpinaman quyoshga — istiqlol haqida she’r

Muqimjon Qodirov she’ri

Ona — Vatan bag‘rida
Ulg‘ayaman baxtiyor.
Muncha suluv, bepayon
O‘zbekiston gul — diyor.
Sirdosh bo‘lgim keladi
Har giyohga, har toshga.
Zamin mehriga qonib,
Talpinaman quyoshga.

6-happy-uzbekistan-independence

O‘zbekiston

Mahmudjon Dadaboyev she’ri

O‘zbekiston —
Nurli bo‘ston,
Noming sening —
Tilda doston.
Jahon ichra
Yagonasan,
Xalqing ulug‘,
Mardonasan.
Senga hurlik
Omon keldi,
Eling kutgan
Zamon keldi.
Sensan mening
Baxt-iqbolim,
Bo‘lsin mangu
Istiqbolim.

Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

O‘zbekiston baxtidan kulsin,
Yurtim doim quvonchga to‘lsin,
Ona xalqim istagi shudir,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

independence-day-of-uzbekistan
Bunga yetmoq oson bo‘lmadi,
Yorug‘ kunlar armon bo‘lmadi,
Zimdan turib kimlar kulmadi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

Millat uchun, shu tuproq uchun,
Butun dunyo bizlarni bilsin,
Bilsin yana o‘zbekning kuchin
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qo‘llaringizni,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay o‘tganlar haqqi,
Eng zo‘r bo‘lsin shu o‘zbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!

Mustaqillik kuni she’rlar, kichik, qisqa she’rlar

Assalom,mustaqil O‘zbekistonim!
Assalom,qudratli,nurli bo’stonim
Erk va ozodlik muborak bo‘lsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bo’lsin!

Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.

Ming to‘qqiz yuz to‘son birinchi
Yil birinchi sentabr tongi
Mustaqillik abadiy umr o‘tkinchi
Yangradi elimda istiqlol bongi

Mustaqillik bu nimadur?
— Mustaqillik bu xurriyat!
Bu ozodlik demakdir,
Mustaqillik hurlik baxt!

Buyuk bobolardan qolgan merossan,
Yuragim ardog‘i jarangli sozsan.
Madhingni tinglasin, osmonu falak,
Vatanim, 33 yoshing muborak!

Ularni otishdi tong pallasida…
Otasin qo‘lini ushlagan go‘dak
Miltiqlarga qarab sekin so‘radi,
So‘radi: «O‘q tegsa og‘rirmi, dada?»

10-bayram-istiqlol

Uning ovozini bosdi guldurak…

Bahorda jarlikni qoplar o‘t-o‘lan,
O‘tlar uzra suzib o‘tar oq bulut
Va shunda bir chechak achchiq dard bilan
Tinmasdan shivirlar: «Og‘rirkan, dada!»

Bu nola hech qachon bo‘lmaydi unut…

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Nuriddin tog‘amga

…Sovuq shamol meni quvadi,
Sokin shahar ko‘chalarida.
Qizlar esa meni sevadi
Olis bahor kechalarida.

Sizni sevgan u qiz tirikmi?
Qiynaydimi xotira rasmi?
Tunlar uning boshi egikmi,
Nuriddinmi o‘g‘lining ismi?

Qo‘shoq aka, uxlamaysiz,
Qishning uzun kechasi,
Yoki o‘ylab qiynalarsiz
Qo‘ldagi o‘q parchasin.

Rajab aka, siz ham uyg‘oq,
Yengolmassiz qiynoqni,
Sog‘indimi yo o‘ng oyoq
Kesilgan chap oyoqni.

Yarim tunda, qishloq aro
Uchar g‘amgin xayollar,
Erlarini, o‘g‘illarin
Yod etadi ayollar…

Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.

Beva eng chiroyli ko‘ylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular g‘amgin.
Xona burchagida g‘amdan entikib,
Eski plastinka g‘ijillar tag‘in.

Oqshomlari qiyin bo‘lar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Og‘ir bo‘lsa hamki, tasvir bo‘lsa ham
Suratga jilmayar ko‘z yosh aralash.

FRONTOVIK HAQIDA BALLADA

Urr-a-a!
Qichqirar, bo‘g‘ilar yarim tunda u,
Xotini dahshatdan turadi sapchib.
U esa emaklar, (emaklaydi tun),
Yelkada yarador do‘stin opichib.

Tun uyqusiraydi,
Tun baqiradi:
“Batal’on, orqamdan!”
Ingraydi asta.
Kimnidir bo‘g‘ilib u chaqiradi.
Eski yaralarning kuyi ostida

Va yana oldinga, yana oldinga,
Musht bo‘lib tugilar titroq qo‘llari.
Xira qorachiqdan kinolentadek
O‘ta boshlar olis urush yo‘llari.

Xotini uyg‘otar…
Biroq urushning
Vahmidan qutulib ketolmas qalbi.
Qo‘lda papirosning rangin qutisi
G‘ijimlanar so‘nggi oboyma kabi.

JIGARLARIM

Vatan chegaralarini himoya qilib qurbon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga

Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.

Volidangiz:«Farzandimdan roziman» — der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey, Boburjon, ey,Ulug‘bek, ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.

Ortingizda o‘zbek degan millat qoldi,
O‘zbekiston degan ulug‘ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.

Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey G‘afurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.

Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbog‘ boylab shijoatdan belingizga,
Ko‘kragingiz qalqon bo‘ldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.

Toki o‘zbek,O‘zbekiston dunyoda bor —
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon, ey Ma’rufjon, ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.

Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar To‘marisdek qutlug‘ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.

Endi sizga Alpomishlar yo‘ldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek, Abduxalil, ey Doniyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.

Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.

XOTIRA MAYDONI

Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda ,xalqim,sening xotirang.

Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin
O‘zing avlodlarga etding namoyon.

Dillardan zulmatni quvay deb yongan
Navoiy qalamin yoritgan chiroq,
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,

Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda,xalqim,sening xotirang.

Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz,
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Sening xotirangda saqlanar hanuz.

Shu bois nomingni yo‘q etay deya
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi,
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.

Seni johil dedi,savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.

Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol,
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.

Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.

Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.

Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.

Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida
Bitilsin har bitta unitilgan nom.

Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab,bir lahza
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!

Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib,tamom yitajak.
Sening yoding borki,yorug‘ kunlarga
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.

Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi
Xotira bog‘iga kelib bosh egar
Olis kelajakning erka bolasi.

Uning ko‘zlarida yongan shuurda
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay,
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!

Xurshid Davron

Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami

Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami — Ushbu maqolda saralangan Mustaqillik haqida chiroyli she’rlar to’plami ni taqdim etamiz.

Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
*****
Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
*****
O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.

  1. Meni olib keting.
  2. Inju Diyor uchun
  3. O’zbekistonim, senga
  4. Ummon ortidagi makonim

Meni olib keting.

Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Talpingan diyorim, u — O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
1981, Moskva

Inju Diyor uchun

Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal,
Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat.
Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval,
Baxsh etsin har kimga oliy saodat.

Yoshlik — bu karvonning erka noridir,
Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof.
Yoshlik — kelajakning xaloskoridir,
Sira tark etmasin yoshlikni insof.

Mo‘’tabar onalar — xonamiz ko‘rki,
Otalar hayotdir — yorug‘dir jahon.
Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki,
O’rtaga tushmasin bemahal hijron.

Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar,
Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin.
Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar,
Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in.

Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z,
Balki o‘tib ketar bir zum bu farah.
Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z
Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah.

O’zbekistonim, senga

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

Ummon ortidagi makonim

(Vashingtonda O’zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilishi munosabati bilan yozilgan she’r)

Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun,
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.

Ochildi men uchun tor osmon bekam,
Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini.
O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam,
Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini.

Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim!

 

Яна маълумот

jWqAputR4nFx2EOxw5eLuaZN_5uqCNFw

Bosh prokuror urinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining urinbosari Akmalkhuja Yusupovich Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot …