Главная / Madaniyat / Paygambarimiz (s.a.v.) farzandlari

Paygambarimiz (s.a.v.) farzandlari

farzandlarSayyidul mursaliyn janobi Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam uch ugil, turt qiz, jami etti farzand kurdilar. Navbati bilan ularning ismlari: Qosim, Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotima, Abdulloh, Ibrohim. Bu etti farzandning oltitasi Khadichadan, ettinchisi misrlik Moriyadan tugilgan. Quyida har birlari haqida qisqacha tanishib chiqamiz:

1. Qosim

      Rasuli Akramning ilk farzandlari Qosim edi. Shu sababli Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallamning kunyalari Abul Qosim (Qosimning otasi) bulgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abul Qosim kunyasi bilan chaqirilishni khush kurar edilar. Sahobalar ham u kishini shu nom bilan chaqirar edi. Ibn Sadning rivoyat qilishicha, Qosim ikki yil yashagan va Makkada vafot etgan. Rasuli Akram farzandlari ichida ilk vafot etgani Qosim buldi.

2. Zaynab (601-631)

     Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallamning eng katta qizlari, Qosimdan keyin tugilgan. Zaynab tugilganda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uttiz yoshda edilar. Makkada dunyoga kelgan Zaynab hijratning sakkizinchi sanasi Madinada vafot etgan. Uttiz yoshda edi.
Zaynab oldin kholasining ugli Abul Osga turmushga chiqdi. Abul Os avvaliga mushriklardan ajralmagani uchun Badr gazotida musulmonlarning quliga asir tushgan, qutulgach, Zaynabni Madinaga yuborishga suz bergan edi. Rausli Akram oilalarini keltirish uchun Horisa ugli Zaydni yubordilar. Zaynabni Madinaga olib borgan Zayd buldi. Zaynab Madinaga ketdi, biroq zavji Abul Os Makkada qoldi.
Abul Os sariyya asnosida yana musulmonlarning quliga tushdi. Va faqat Zaynab urtaga tushgani uchun quyib yuborildi. Abul Os ikkinchi marotaba asirlikdan qutulgach, Makkaga ketdi. Omonatlarini uz egalariga berganidan keyin musulmonlikka kirdi. Madinaga hijrat qildi. Musulmon bulgani uchun Zaynab bilan nikohlari yangilandi. Abul Os Zaynabga yakhshi muomalada bulardi. Shu sababdan Rasuli Akramning tahsinlariga sazovor buldi. Zaynab zavji bilan takror topishganidan sung kup yashamadi. Vafot etganida, janozasini Ummu Ayman bilan Savda yuvishdi. Namozini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uqidilar. Jasadini qabrga Abul Os quydi.

3. Ruqayya (604-625)

     Rasuli Akramning ikkinchi qizlari. Tugilganida U Zot uttiz uch yoshda bulganlar. Ruqayya otasining paygambarligidan avval Abu Lahabning ugli Utba bilan turmush qurgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarni Islomga davat etishga boshlagach, Abu Lahab uni chaqirib:

– Uglim, Muhammadning qizi bilan ajrasan. Yuqsa, men sen bilan orani ochiq qilaman, – dedi.

Utba otasi Abu Lahabning suziga kirib, Ruqayyani quyib yubordi. Shundan sung Ruqayya Usmon roziyallohu anhuga turmushga chiqdi. Habashistonga hijrat qilgan ilk karvonda Usmon roziyallohu anhu bilan zavji Ruqayya ham bor edilar. Ruqayya Badr gazoti kunlari khastalangan, shu sababli Usmon roziyallohu anhu Badr muhorabasida bulolmagan, hatto zavjasining boshida qolgani uchun uzrlilar safiga kiritilgandi.
Badr gazoti zafari haqidagi khabarni Horisa ugli Zayd Madinaga etkazgan kuni Ruqayya vafot etdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham Badr gazoti tufayli qizlari Ruqayyaning janozasida qatnasha olmadilar.

4. Ummu Kulsum (631 y. vaf.)

     Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uchinchi qizlari. Ruqayya Abu Lahabning ugli Utba bilan turmush qurib ajrashganini aytdik. Ummu Kulsum esa, Abu Lahabning boshqa ugli Utaybaning nikohida edi. Ular tez orada ajrashib ketdilar. Badr gazoti va Ruqayyaning vafotidan bir yil keyin – hijratning uchinchi yili Usmon roziyallohu anhuga turmushga chiqdi. Imom Bukhoriyning rivoyat qilishicha, Hafsa tul qolgach, Umar roziyallohu anhu Usmon roziyallohu anhuga murojaat etganida, Usmon roziyallohu anhu taraddulanib qoladi. Ushanda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Umarga:

– Men senga Usmondan, Usmonga esa sendan ham yakhshi bir odam topaman. Qizingni menga ber, men esa qizimni Usmonga berayin! – deganlar.

    Usmon roziyallohu anhu bilan turmush qurgan Ummu Kulsum u bilan olti yil birga yashadi. Hijratning tuqqizinchi yilida vafot etdi. Janoza namozini Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qildilar. Ali, Fazl va Usomalar kumishdi. Usmon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ikki qizlari – Ruqayya bilan Ummu Kulsumga uylangani uchun “Zinnurayn” (“Ikki nur sohibi”) sifatiga sazovor bulgan.

5. Fotima (610-633)

     Fotima Rasuli Akramning eng kichik va eng suyukli qizlari edi. Ilohiy vahiy ilk kelgan paytda Makkada tugilgan. Hijratning ikkinchi sanasi Ali roziyallohu anhuga turmushga chiqdi. Turmush qurishganida Fotima un besh, Ali yigirma turt yoshda edilar. Rasuli Akram qizlari Fotimaning sepiga yotoq choyshabi, ikki tegirmon, bir suv tulumi hozirlaganlar. Fotima otalari bergan tegirmonlar bilan suv tulumini butun umr ishlatganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ali bilan Fotimaning osuda hayot kechirishlarini istar, oralarida ikhtilof chiqsa, ularni darrov yarashtirib quyar edilar. Bir kuni Ali Fotimaga qattiq muomalada buldi. Fotima Rasulullohga murojaat etib, eridan shikoyat qildi. Shu payt Ali kirib keldi va u ham Fotimadan shikoyat qildi. Ammo Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam ikkalasini ham yarashtirib quydilar. Bir dafa Ali ikkinchi bor uylanishga harakatga qiladi. Bundan khabar topgan Rasuli Akram juda khafa buladilar. Bir khutbalarida:

– Mening qizim mening jigarporamdir. Qizimni ranjitgan har qanday narsa meni ham ranjitadi! – dedilar.

       Shundan sung Ali roziyallohu anhu fikridan qaytadi va Fotima hayotligida boshqa bir khotinga uylanmadi. Fotima roziyallohu anhu hijratning un birinchi sanasi, otalaridan olti oy keyin vafot etdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida qizlari Fotima yigirma besh yoshda edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning nasllarini davom ettirgan Fotima roziyallohu anhu buldi. Fotima besh farzand kurdi. Bular: Hasan, Husayn, Muhsin, Ummu Kulsum, Zaynablar edi. Bulardan Muhsin juda yoshligida vafot etgan.

6. Abdulloh (607 y. tug.)

     Hijratdan oldin, Khadicha bilan turmushlarining un birinchi sanasi Makkada tugilgan. Uch oygina yashadi. “Tohir” va “Toyyib” Abdullohning boshqa ismlari edi. Ammo Ibn Ishoq ularni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning boshqa ikki ugillari edi, deydi. Abdulloh vafot etgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ugil farzandlari qolmadi. Arablar esa qizni bola urnida kurmas edilar. Shuning uchun Quraysh mushriklarining boshliqlaridan Os ibn Voil shunday dedi:

– Muhammadning tukhumi tugadi, nasli uzildi, nomi uchdi, enji dunyodan bolasiz utadi (arabchasi“fahuva abtar”, nasli uzildi, oti uchdi), – dedi. Shunda Mehribon Alloh taolo Uz paygambariga tasalli berish uchun Kavsar surasini nozil qildi. Unda va boshqa oyati karimalarda Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallamni “nasli kesildi” deyotganlarning aslida ortlari kesik ekani, ular ulib ketishgach, hech kim tomonidan tilga olinmasliklari. Aksincha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni esa, Qiyomatga qadar zikrlari yuqori va martabalari ulug ekani, Qiyomatda ham oliy darajalarga dokhil bulishlari aytib utib, u kishiga bashorat berildi.

7. Ibrohim (630-631)

      Rasuli Akramning eng kenja farzandlari va eng kichik ugillari. Hijratning sakkizinchi sanasida Madinada tugilgan. Ibn Ishoqning khabar berishicha, Rasuli Akramning Ibrohimdan boshqa barcha bolalari paygambarlikdan oldin tugilgan. Ibrohim misrlik Moriyadan dunyoga kelgan bulib, Oisha roziyallohu anhuning rivoyatiga kura, un etti yoki un sakkiz oyligida vafot etgan. Rasuli Akram Ibrohimning tugilganidan juda khursand buldilar, ettinchi kuni bir ziyofat berdilar, faqirlarga sadaqalar tarqatdilar, ugillariga Ibrohimalayhis salomning ismini quydilar. Rasuli Akramning Khadichadan tugilgan ugil farzandlari yoshlik choglarida vafot etib ketishgan, boshqa zavjalaridan esa, farzand bulmagandi.
Abu Rofining zavjasi Salmo yangi tugilgan Ibrohimga sut onalik qildi. Imom Bukhoriy Ibrohimni Ummu Sayf emizdirganligini aytadi. Rasuli Akram sut onaning uyiga borar, Ibrohimni kurar, boshini silar, upar edilar. Ibrohim Ummu Sayfning uyida uldi. Paygambarimiz ugillarining khastalanganligini eshitgach, Abdurahmon ibn Avf bilan birga uni kurgani keldilar. Ibrohimning ulim panjasida tulganayotganini kurib, chidayolmadilar, yigladilar. Shunda Abdurahmon:

– Ey Rasululloh! Nima qilayapsiz? – deganida, Rasuli Akram:

– Shafqat tuygularim galayonga keldi! – deb javob berdilar.

     Rasuli Akram ugillarining janoza namozini uqidilar. Fazl ibn Abbos, Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Mazun Ibrohimni qabrga quyishdi. Ibrohim Baqi qabristoniga kumildi. Ibrohim ulganida quyosh tutilgan edi. Odamlar:

– Quyosh Ibrohimning ulimi tufayli tutildi, – deyishdi. Shunda Rasuli Akram:

– Quyosh bilan Oy Allohning oyatlaridandir. Bir kishining ulimi tufayli tutilmaydi! – deb khitob qildilar va musulmonlarni bunday botil etiqoddan qaytardilar.

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …