“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. “Ishdan ortib til urganishga kuchim qolmayapti”. “Bu ketishda IELTS imtihonini qanday topshiraman?” Kun.uz til urganuvchilarda uchraydigan shu kabi savollar va ular duch keladigan muammolar haqida tajribali pedagog, IELTS instruktori Barno Muqimova bilan suhbatlashdi.
“Ingliz tilidan yomon uqiganman”
— 7-sinf paytimda urganishni boshlaganman. Onam radioda uquv markazi reklamasini eshitib qolgan va meni usha markazga uqishga bergan. Onam biroz uz ustida ishlasin degan bulsalar kerak. Chunki maktabda faqatgina ingliz tilidan 4 baho olganman va bir hafta kayfiyatsiz yurganman. Bu hayotimdagi yagona 4 baho edi. Boshlangich sinflarni rus maktabida uqiganman. U maktabda ingliz tili utilmasdi, 5-sinfdan uzbek maktabiga utganman. U erda boshlagich sinflarda ham ingliz tili utilgani uchun men boshqalardanortda qolganman. Va men uchun eng qadrli va bu tilni uzlashtirishimga turtki bulgan 4 bahoni olganman. Usha paytda yomon bulgan men uchun, lekin hozir yakhshiyam shu ish bulgan ekan deyman.Uqituvchilarim doim talaffuzing bulmaydi, senda ukhshamaydi derdi. Lekin Uzbekistonda birinchilardan bulib “speaking”dan kam sonli 9 ball olganlardan bulganman.
“Til urganishda maqsadni tugri quyish kerak”
— Nega insoningliz tilini urganishni boshlaydi, ammo keyin tashlab quyadi? Sodda narsalarda mano kup baribir. Mening birinchi boshlashimga sabab — inglizcha qushiqlar, kinolarning manosini tushunishni istaganman. IELTS olish, kimgadir isbotlash degan narsalar bulmagan. Chin dildan shu qushiqlarni tushunishni istaganman. Urgana boshlagandan keyin ham hali tuliq tushuna olmayapman degan fikr bilan tukhtamay harakat qilaverganman.
Inson hech qachon bir joyda tukhtab turmaydi, yo ortga ketadi, yo oldinga. Ingliz tilini urganishdan maqsad IELTS’dan 6 ball olish va uqishga kirish bulsa natijaga erishgach kupchilik urganishniyigishtirib quyadi. Agar boshqa narsalarni maqsad qilib olsa, u inson tukhtamaydi. Shuning uchun maqsadni katta quyish kerak, iloji bulsa, usha maqsadga erishish imkonsiz bulsin bir umr. Togday tilasang, qirdek beradi, degan gapga tugri keladi.
Bolalari kup til bilishini istayotgan ota-onalarga tavsiya…
— Farzandi ingliz tilini tez urganishini istagan odam tashqaridan bosim utkazishi kerak. Lekin buning hayotiy davomiyligi kam. Agar rostdan butun umrlik bilimga ega bulishni istashsa, bolaning uzida khohish uygotishga harakat qilish lozim. Buning uchun esa bolaning qiziqishlariga ahamiyat berib, usha qiziqishga boglash kerak tilni. Uch yoshgacha bolangizni nimaga qiziqishini kuzatib bilsangiz buladi. Masalan, dizaynerlikka qiziqadigan bolaga sen ingliz tilini urgansang, Parijga kurgazmalarga borasan, desangiz unda maqsad paydo buladi. Bolaning ichida khohish — olov uygondimi, uni tukhtatish qiyin buladi. Faqat usha uygotuvchi nuqtani topa bilish kerak. Va eng yakhshi tarbiya — urnak bulish.
Men uchun onam juda yakhshi urnak bulgan. Doim menga birinchi bulishim kerakligini uqtirgan. Bu narsa psikhologik tomondan sal notugri yondashuv, lekin shu gaplari menga tasir qilgan. Onam musahhih bulgani uchun juda kup kitob uqirdi. Har bir mavzuga birorta kitobdan misol keltira olardi. Men uchun ideal har doim onam bulgan.
Til va hissiyot…
— Tilni endi urganishga kirishganimda, qiyin emas, 3 oy ichida urgansa buladi deb uylaganman. Yani malum bir muddatda til urganib bulinadi deb bilganman. Lekinbu butun umr davom etadigan jarayon ekan. Yana bir narsa bor, yani kishida ona tilisi qay darajada bulsa, keyingi urganadigan tili undan ortiq bulolmaydi. Uzbek tilida yakhshi gapirolmasa, ingliz tilida ham shunday buladi.
Til urganayotgan uquvchida eng kup eshitadigan shikoyatlarimdan biri bilgan suzlarini gapirganda, insho yozganda ishlatolmasligi. Bir narsani tushunishlari kerak: ingliz tilidan tarjima shartli buladi. Yani shartli tarjima sifatida yodlangan suzni qaerda qanday qullanishini bilmaydi. Shuning uchun ham eng tugri yuli kontekst ichidan urganish. Shu bilan birga emosiyalar quzgalgan holatda urganish katta foyda beradi, deylik, qushiqlar, uziga yoqqan sahnalardagi kontekstlar ichidan. YOki bulmasa jahli chiqqanda, shahd bilan kirishsa.
“IELTS — ingliz tilini bilishda aniq ulchov emas”
—8 marta IELTS topshirgan inson sifatida aytishim mumkinki, bu til bilish darajangizni ulchashda okhirgi tukhtam emas. Imtihonga qay holatda borishimiz yoki bizdan imtihon oluvchining usha kungi emosional holati ham imtihon natijasiga tasir qiladi. Bazida imtihonning saviyasi odatdagidan kura yuqori bulishi mumkin. 18 yoshli bolaga hayotiy tajriba talab etiladigan savollar beriladi, lekin unda bunday tajriba yuq. Buyam bir tasir qiluvchi omil. Shuning uchun “mening ingliz tilim shunchalik yomonki, men 6 oldim” degan khulosa juda notugri buladi.
IELTS imtihoni natijasiga tasir qiluvchi omillar…
— Ingliz tili urganishda asosiy 5 ta bosqich bor (aslida umumiy 6 ta), shu bosqichlarning 4 tasidan utgan bulish kerak birinchi navbatda. Keyin 20 ta keng tarqalgan mavzular bor, usha mavzularda tushuncha va kunikmalar bulishi kerak. Bir-ikki urinishda ukhshamasa, taslim bulish kerak emas. “Yuq, men eplolmas ekanman” deb ongingizni qopqonga tushirishingiz kerakmas. Un marta ukhshamasa, siz un marta qilinishi kerak bulmagan khatolarni qildingiz va ularni takrorlamaslik kerakligini urgandingiz. Ukhshamagan vaziyatlardan khulosa chiqarish kerak.
Bazi uquvchilarim kutganimdan yuqori natija oladi, bazilari esa aksi. Psikhologiya, falsafa muhim urin tutadi, bu narsalarning bogliq tomoni kup. Bolani urishish, qurqitish natija bermaydi. Tushuntirish kerak bolaga. Bola tushunsin unga nima uchun bu natija kerak.
Imtihonga bir-ikki hafta qolgach, bolalar qurqa boshlaydi, chuzsammi deb uylab qoladi. Vaqt hech qachon etmaydi. Qurqish — inson instinkti. Chuzsa ham, yana shunaqa qurquv paydo bulaveradi imtihon oldi. Uqituvchi esa bu qurquvlar tabiiy holat ekanini tushuntirishi lozim. Agar imtihondan past ball olsa, siqilib qoladi kupchilik. Bu notugri— siqilish, depressiya orqali hali hech kim muammosini echgani yuq.
Til urganishga qayta-qayta urinib, urgana olmaslik…
— Urganish uchun insonning ichida katta sababi, maqsadi bulishi kerak. IELTS yoki boshqa narsa bilan emas, usha ingliz tilida gaplashuvchi chet elliklar bilan gaplasha oladimi, yuqmi, shu bilan ulchash kerak. Ushalar darajasida gapira boshlasa, haqiqiy natija shu buladi.
Ishdan bush vaqtda ingliz tilini urganyapman degan bosim bilan emas, uyinlar, kungilochartarzda urganish kerak. Masalan, Duolingo kabi dasturlar orqali. Sekin-sekin urganib boradi. Boshida kuniga bitta suzni urganishni maqsad qiling va shuni bajaring. Uzingiz uchun qaysi usulda urganish qiziq bulsa, shundan foydalaning davomiyligi buladi.
“Manosiz bulsa ham ingliz tilida shunchaki gapiring”
— Men ingliz tilini urganishning 5-bosqichida ham gapirolmaganman, darslarda ham uzbekcha gapirardim. Keyin ustozim, atrofingdagi narsalarga qarab, khuddi rep uqigandek ingliz tilida gapiraver, degan maslahat bergan. Shunchaki gapiraverish kerak ekan, farqi yuq, manosiz bulsa ham. Shu narsa ish bergan. Men gapiradigan gapimni kup uylayverishni tukhtatdim bu orqali. Notugri gapirib quyaman degan hadikni unutish foyda beradi. Yana bir ish bergan narsa — uzim bilan ham ingliz tilida gaplashish bulgan. Khayoldan utkazayotgan, uylayotgan narsalarni ham ingliz tilida qilish kerak.
Uylashimcha, hammada urganish qobiliyati bor. Lekin urganish, qabul qilish tekhnikasi har khil buladi. Bir talabam darslarda bahs qilaverardi. Gashimga tegardi, menga ishonmayapti deb uylardim. Qarasam dustlari bilan ham khuddi shunday. Keyin bilsam, u hamma narsani mana shu usulda eslab qolib uzlashtirar ekan. Urganish mekhanizmini topa bilish kerak. Avvalo inson uzini tahlil qilib kurish kerak, yani nimaga kerak buni urganish, nimaga qiziqaman, qanday urganuvchiman kabi savollarni berishi kerak uziga.
Tilni mustaqil urganish…
— Khorijiy tilni mustaqil urgansa buladi. Masalan, chaqaloqqa grammatikani hech kim urgatmaydi, uzi sekin-sekinlik bilan gapirishni urganadi. Tasavvur yakhshi ishlashi kerak. Atrofdagi narsalar, hodisalarga assosiasiya sifatida urganib borish lozim. YOsh bola birinchi suzlarni, keyin buyruq gaplarni va boshqalarni urganadi, mustaqil urganuvchilar ham khuddi shunday qilishi kerak. Tugri, darslarda makhsus tizim buyicha utiladib.Bu muhim, ammo dunyoda bitta inson mustaqil til urgana olgan bulsa, demak, siz ham urgana olasiz. Buning uchun shakhsiy intizom bulishi lozim. Chunki biz tepamizda kimdir turib buyruq bermasa qilmaslikka urganganmiz. Eng qiyin ish inson uzini-uzi boshqarishi. Shuni eplay olsangiz, mustaqil urgana olasiz.
Bolaning maktabda ingliz tilini uzlashtirolmasligi…
— Bunga sabablar kup bulishi mumkin. Ulardan biriga tukhtalmoqchiman. Bizda pedagogikaOTMlarida bulajak ingliz tili uqituvchilariga ingliz tili utiladi. Shu khato. Biz ularga ingliz tilidan qanday dars berishni urgatishimiz kerak. Darsga qiziqmayotgan, suz yodlolmayotgan, darsni uzlashtirishga qiynalayotgan bolalar bilan ishlash buyicha ularda baza shakllanishi kerak.
Chunki bulajak uqituvchi ingliz tilini bilgan holda OTMga kirishi kerak. 4 yil fanni uqitishni urganish kerak. Amaliyot bulishi kerak. Hozir ingliz tilini biladigan kadrlar chiqarilyapti, dars beradiganlar emas. Shuning ustida ishlashimiz kerak.
“Ayol uqituvchini khohlashmasdi”
— Hozir uquv markazlari kupaygani sari tajribasiz uqituvchilarni ham ishga olish holatlari kuzatiladi. Uquv markazidagi ish faoliyatimni yordamchi uqituvchilikdan boshlaganman. U paytlari avval tajribali uqituvchining darsiga kirib urganardik. Sekin-sekin 5-10 daqiqa dars utib malakamizni oshirib, keyin tuliq darsga kirganmiz. Boshida til urganuvchilar oldida qulim qaltirardi, hozir 500 kishilik auditoriya bilan ham bemalol ishlay olaman. Chunki bu uchun tajriba orttirdim yillar davomida. Bir kuni ertalab uygonib, “men endi IELTS’dan dars beraman”, demaganman, albatta. Sekin-sekin tajriba tuplaganman.
Bir uquv markaziga ishga kirganimda menga markaz rahbari “IELTS’dan sertifikatingni olib kel”, deb qoldi. Mening natijam usha paytda uquv markazida IELTS’dan dars berayotgan uqituvchining ballidan yarim ball past bulgan. Lekin dars berish ishtiyoqim u uqituvchinikidan kup bulsa bor ediki, kam emasdi. Ammo usha yarim ball hisobiga menga ishonchsizlik bildirishgan. Chunki biz salohiyat, imkoniyatlarimizni raqamlar bilan ulchashga urganib qolganmiz. Masalan internetda kimningdir videosi bir millionta kurilgan bulsa, uni aqlli bulsa kerak deb uylaymiz. Aytaylik mushukning pianino chalayotgan videosi shuncha kurildi, bu mushuk aqlli deganimas-ku.
Bundan tashqari, faoliyatimni boshlagan paytlarim jamiyatda ayol kishi oila tashvishlari bilan darsni kup qoldiradi degan qarash ham bor edi. Ayniqsa, ota-onalar ham bolasiga ayol uqituvchi dars berishini istashmasdi, kupchiligi erkak uqituvchi surashardi. Bu ham ishimga tasir qilgan. Bu fikrga qushilmayman. Aksincha, ayollarda onalik instinkti bulgani uchunmi, bolaning kayfiyatini, bulayotgan uzgarishlarini biladi, uquvchisini kuproq tushunadi deb uylayman. Yakhshiyam hozir jamiyatda bunday qarashlar ancha uzgargan.
Ish va raqobat
— Uzimni yakhshi pedagog, lekin yomon biznesmen deb bilaman. Men uchun hozirda muhim masala — sifatli talim bilan biznesni ustirish. Lekin sifatni izidan quvgan inson, doim ham daromadni ketidan quvib etolmaydi. Men biznesda yangiman. Men uchun maqsad—uquvchilarimning yakhshi natija kursatishi, hayotda uz urnini topishi, ularning dunyoqarashini yakhshi tomonga uzgartiririshiga hissa qusha olishim. Hozir mengakuproq shu narsalar muhim ulchov.
Bakht khotirjamlikda…
— Bakhtimni khotirjamlikdan topyapman. Shoshilgan inson ertani kutib yashaydi, siqilgan odam esa utmishi bilan. Kecha ham, erta ham yuq, bugun — bor. Bir faylasufning siz har daqiqa ulasiz degan gapi bor, yani yashalgan umr, vaqt qaytmaydi, yuq. 34 yoshga kirgan bulsam, men 34 yil uldim. Hozirgi kunda yashash, qilish kerak bulgan ishni bugun qilish kerak. Ertaga degan narsa uz-uzni aldash, bahona. Hech qanday shartlarsiz, bugungi kunimda bor narsalarga shukr qilaman, khursand bulaman — shular meni bakhtli qildi. Til urganmoqchimisiz hoziroq boshlang. Urningizdan turing va shunchaki boshlang.