Главная / Jahon / Dunyoning eng boy milliarderlari 30 mlrd dollardan kuproq mablag yuqotdi

Dunyoning eng boy milliarderlari 30 mlrd dollardan kuproq mablag yuqotdi

Dunyoning eng badavlat milliarderlari Fed rahbari Jerom Pauellning nutqidan keyin 30 mlrd dollardan kuproq mablag yuqotdi. Bu haqda Forbes khabar bermoqda.

Nutq sakkiz daqiqa davom etib, unda Pauell kelajakda foiz stavkalari usishda davom etishini taklif qilgan.

Forbes malumotlariga kura, dunyodagi eng badavlat tadbirkor, Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi 5,4 mlrd dollarga kamaydi. Hozir uning kapitali 257,3 mlrd dollarga baholanmoqda.

LVMH kompaniyasining asosiy egasi Bernard Arno 4,5 mlrd dollar yuqotdi, uning boyligi 161,7 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 6,5 mlrd dollarga kamayib, 155,3 mlrd dollarga etdi.

jerom

Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj takhminan 5 mlrd dollar, sarmoyadorlar Uorren Baffet va Larri Ellison har biri 3 mlrd dollardan, Bill Geyts esa 2 mlrd dollardan kuproq zarar kurdi.

Hindistonlik milliarder va Adani Group konglomerati egasi Gautam Adani dunyodagi eng boy unta odam ruykhatida pulini yuqotmagan yagona odamga aylandi. Uning boyligi 1,6 mlrd dollarga oshib, 140,1 mlrd dollarga etdi.

 Bloomberg hisob-kitoblariga kura, eng boy amerikaliklar Jerom Pauellning nutqidan keyin jami 78 mlrd dollargacha yuqotgan.

Pauellning bayonoti fonida AQSh fond bozori chukdi. S&P 500 3,4 foizga tushib ketdi, bu iyun oyining urtalaridan beri eng yomon kursatkichdir.

Microsoft, Amazon, Tesla va Alphabet aksiyalarini uz ichiga olgan Nasdaq 100 indeksi 4 foizdan kuproq pasayishni kursatdi.

Avvalroq dunyoning eng yirik fondi rekord darajada — 174 mlrd dollar yuqotgani haqida khabar berilgandi.

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …