Главная / Jamiyat / Oqqurgondagi oila nimadan zaharlandi?

Oqqurgondagi oila nimadan zaharlandi?

Oqqurgon tumanida bir oilaning 7 azosi nomalum moddadan zaharlanib, ulardan 4 nafari halok buldi. Tuman sanepid khizmati rahbarining Kun.uz’ga aytishicha, belgilar ovqatdan zaharlanish alomatlariga ukhshamagan. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv utkazyapti.

Utgan hafta Toshkent viloyatida bir oilaning 7 nafar azosi ovqatdan zaharlanib, ulardan 4 nafari vafot etgani haqida avval khabar bergandik. Kun.uz mukhbiri viloyatning Oqqurgon tumaniga borib, fojiali holat tafsilotlarini urgandi.

 Ommaviy zaharlanish holati tumanning «Birlik» MFYga qarashli Okhunboboev kuchasidagi khonadonlardan birida sodir bulgan. Oila azolaridan 1961 yilda tugilgan Z.A., 1978 yilda tugilgan M.Kh., 1982 yilda tugilgan S.Kh.lar voqea joyida vafot etgan. Oilaning omon qolgan azolari Oqqurgon tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

«17 fevral kuni soat 14:25 da tez yordamda ikki aka-uka olib kelindi. Biri 2002 yilda tugilgan, ikkinchisi 2004 yilda. Ogir ahvolda edi. Zudlik bilan reanimasiyaga yotqizdik va birinchi yordam kursatdik. Birinchi takhminiy tashkhisimiz nomalum genezisli zaharlanish buldi. Qilgan harakatlarimizga qaramay, aka-ukalarning kichkinasi bir soatda vafot etdi. Akasini bir kun saqladik va viloyatdagi shifokorlar bilan kelishib, RShTYOIMga utkazdik. Hozir usha erda jonlantirish bulimida davolanyapti», – deydi tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bulimi mudiri Latif Qosimov.

Latif Qosimov

U erda oilaning yana ikki azosi – 2011 yilda tugilgan T.Kh. hamda 2021 yilda tugilgan A.Kh.larga ham yordam kursatilgach, usha kuni RShTYOIMning Toshkent viloyat filialiga utkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, hozirda bolalarning holati yakhshi.

Holat haqida khabar berilgach, khonadonga oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish uchun tuman sanitariya-epidemiologiya khizmati khodimlaridan iborat guruh ham etib borgan.

«Dastlab borgan paytimizda 3 kishi vafot etganining guvohi buldik. Vakolat doiramizda shubha qilingan barcha oziq-ovqat mahsulotlaridan qovurilgan baliq, moshkhurda, ochilgan ikra, ichilgan kompot hamda qushimcha ishlatiladigan barcha mahsulotlardan: quruq choy, shakar, tuz, makaron, guruch, sosiska kabi mahsulotlardan olib, sanitariya-gigiena laboratoriyasiga va bakteriologik tahlil bulimiga namunalar topshirdik», – deydi Oqqurgon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi khizmati rahbari Zuhra Dostonova.

Zuhra Dostonova

Uning malum qilishicha, tahlil natijalari 7-12 kun orasida chiqadi. Tahlil uchun olingan oziq-ovqat mahsulotlarining qaysi biridan zaharlanish khavfi yuqori bulishi mumkinligi haqida suraganimizda, Zuhra Dostonova quyidagilarni qushimcha qildi:

«Bu haqda natijalar chiqmasdan bir narsa deyish qiyin… Biz khabarni olishimiz bilan 10 daqiqa ichida etib bordik. Khonadonga kirib kurganimizda, vafot etganlarning tanalari kukargan, lablari shishgan, ogizlaridan kupik va burunlaridan qon otilgan holatda edi. Simptomlar ovqatdan zaharlanish holatiga ukhshamasdi. Ovqatdan zaharlanish bulganda, birlamchi ich ketish, qayt qilish, tana harorati kutarilishi kabi holatlar buladi. Bunday tusatdan ulib qolish holatlari uchramaydi ovqatdan zaharlanishda. Tahlil natijalari hafta-un kunda tayyor buladi. Undan sung yana qushimcha malumotimizni beramiz».

«Birlik» mahallasiga borib, oilaning yaqin qarindoshlaridan biri, marhumning ukasi bilan gaplashdik. U mazkur fojia sabab ota-onasiz qolgan jiyanlarini opekun sifatida uz qarmogiga olganini malum qildi. Shuningdek, hamma narsa oydinlashmaguncha biror izoh berishni istamasligini aytdi.

Hozirda marhumlarning ulimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayyorlangan. Holat yuzasidan Oqqurgon tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv utkazyapti. Kun.uz mukhbiriga tuman prokuraturasining shu ishga masul tergovchisi Shakhzod Dehqonboev ekspertiza khulosalari yakuniga kura qushimcha malumotlar berilishini aytdi.

Ma

Яна маълумот

vpostele-pic_32ratio_

Refraktor bosqich

Orgazmdan so’ng refraktor bosqich yuzaga keladi. Bu bosqich erkaklarda orgazm tugashi bilanoq jinsiy aloqani davom …