Главная / Texnologiyalar / Libra nima? Facebook’ning raqamli valyutasi dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin

Libra nima? Facebook’ning raqamli valyutasi dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin

The Economist Facebook kompaniyasi uzining raqamli valyutasini chiqarishi va dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkinligini aytmoqda.

Sunggi yillarda bitkoynlarning usishi yoki Facebook shakhsiy malumotlarning qayta ishlanishi uchun hujum qilganini kuzatganlar ijtimoiy tarmoqlar giganti shakhsiy raqamli valyutasini chiqarayotganini kurib ehtimol hayron bulgandir. Biroq Libra ana shunday raqamli valyuta. Facebook kelasi yilning birinchi yarmida uz valyutasini chiqaradi. Agar bari rejadagidek ketsa, Libra Messenger hamda WhatsApp firmalari, shuningdek raqobatlashuvchi ilovalarda sotiladi, saqlanadi, yuboriladi va qabul qilib olinadi. Smartfon tugmasining bosilishi yuboruvchi va oluvchi sayyoraning turli mamlakatlarida bulgan taqdirda ham pulni quldan-qulga bir zumda utishga majbur qiladi.

yllwub9euf_bbheevh5mi9izq0scql2m

Mohiyatan, Libra mavjud tulov tizimlarini takroran kashf etish va bitkoynlarni yakhshilashga bulgan intilishdir. Bitkoynlar bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar daqiqalar davomida amalga oshirilib, bir necha dollar tursa, Libra esa bir necha soniyalar davomida arzimas komissionlar evaziga harakatlanadi. Bitkoynlarning narkhi juda uzgaruvchan bulgan bir paytda Libra’ning tebranishlari minimal buladi. Chunki u valyutalar savatiga mahkamlanadi. Bitkoynlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 1000 kVt-soatdan kuproq hisoblash energiyasini talab etsa, Libra tranzaksiyalari kredit kartalari bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalardan kup quvvat sarflamaydi.

Libra foydalanuvchilar real pulga tangalar sotib olganidagina yaratiladi. Bu oqim valyutani qullab-quvvatlaydigan zakhirani hosil qiladi. Foydalanuvchilarga valyutani yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi “khamyon”, dasturiy khizmatlar etkazib beruvchilari milliy qoidalarga amal qilishlari kerak buladi.

Facebook’ka moliyaviy ishlar bilan shugullanishga rukhsat berilishi haqida qayguradiganlar uchun firma Libra borasidagi qarorlar qabul qilinishi jarayonini desentralizasiya qiladi. Uning institusional yuragi – moliyaviy firmalar va notijorat guruhlardan iborat tashkilotlar. Ularning asosiy vazifasi – blokcheyn, Libra tangasi kimga tegishli ekani haqidagi malumotlar bazasini kuzatishdan iborat. Valyuta chiqarilishi vaqtida ushbu assosiasiyada 100 ta azo bulishi, ularning har biri blokcheyning bir tugunini boshqarishi takhmin qilinmoqda.

Valyuta Facebook’ning 2,4 mlrd foydalanuvchilariga taklif etiladi, biroq samarali harakat uchun Libra kuplab korkhonalar tomonidan qabul qilinishi kerak. Assosiasiya odamlar valyutadan foydalanish va yangi valyutani ushlab qolishi uchun “qullab-quvvatlash dasturlari”, asosan subsidiyalarni amalga oshiradi. U har bir azo tomonidan tulanadigan badallar evaziga moliyalashtiriladi. Facebook hamyonlarning yagona etkazib beruvchisi bulmaydi. Biroq assosiasiya Facebook tomonidan Libra tulovlarini amalga oshirish uchun asos solingan Calibra shuba korkhonasi boshqa firmalar oldida adolatsiz afzallikka ega bulmasligini taminlashi lozim. Facebook’ning uzi esa Khitoydagi ikki internet giganti WeChat va Alibaba kabi bir necha moliyaviy khizmatlar tuplamini ishlab chiqsa kerak.

Kup narsa silliq kechmasligi mumkin. Ishchi prototip hali sinab kurilmagan. Facebook haqiqatan ham nazoratni rad etishni istayotganini isbotlashi kerak. Libra va boshqa kriptoloyihalar urtasidagi adolatli raqobat borasidagi hadiklar saqlanib qoladi. Har qanday muvaffaqiyat muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar har bir garb omonatchisi uzining jamgarmalari undan bir qismini Libra’ga utkazganida uning zakhira fondi 2 trln dollardan ortiq bular edi, bu esa Apple’ning bozor kapitalizasiyasidan deyarli ikki marta kup deganidir. Agar Facebook foydalanuvchilari Libra’ni kharidlarni amalga oshirish va pul utkazmalari uchun qabul qilishsa, u dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin. Bu esa hukumatlarning iqtisodiy suvereniteti pasayishiga olib keladi. Natijada hukumatlar Libra’ni bloklash vasvasasiga tushishi mumkin. Libra’ning moliyaviy tizimga tasiridan hadiksirash kerakmi yoki yoki maqullashmi? Bu aniq emas.

Яна маълумот

kichik-telefon

Dunyodagi eng kichkina telefon taqdim etildi

«Aqlli» funksiyalarga ega bulmagan oddiy telefonlar katta miqdorda ishlab chiqarilmoqda va talabga ega bulyapti. Biroq …