Главная / Madaniyat / Inson umri bebaho nemat

Inson umri bebaho nemat

soatSuhbatimiz inson umri, shu umrdan unumli foydalanish va kasb-kor qilish haqida ekan, avvalo shuni aytish lozimki, umr insoniyatga berilgan eng bebaho nematdir. Insonning yaratilishi, hayot kechirishi va okhir oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qilishi Alloh tomonidan joriy qilib quyilgan uzgarmas qonundir. Khush, insonga umr uzi nima uchun beriladi, inson bu hayotda qanday ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savollar tugilishi tabiiydir. Ushbu savollarga javoban Haq taboraka va taolo Quroni Karimning Mulk surasida shunday degan:

“U (Alloh) sizlarning qay biringiz yakhshiroq amal qilishingizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan zotdir ”.

Ushbu oyati karimadan inson umri bekorga berilmagani, uni huda-behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tamballik bilan zoe qilish uchun emas, balki, khayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda okhirat uchun zakhira buladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qimmatli fursat ekani oydinlashadi.
Inson umri cheklangan. U malum yillar, malum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki, malum lahzalardan iborat. Shunday ekan, utayotgan har bir onimizning qadriga etmasak, vaqt hamisha bizning zararimizga ishlaydi. Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy hazratlari: “Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bulaging ketishi demakdir”, degan ekanlar.
Vaqt musulmonlar hayotida eng ahamiyatli masalalardan biridir. Vaqt hayot demakdir. Utayotgan har daqiqa-yu soniya, soat, kun, inson umrining ulchovidir. Vaqt shunday mablagki, uni ertangi kunga gamlab quyish mumkin emas. Quroni Karimda vaqtning bebaho va qadriga etish lozim bulgan ulug nemat ekaniga oshkora yoki zimdan dalolat qiluvchi kuplab ishoralar bor. Alloh taolo vaqtning bulaklari va ajralmas qismi bulmish kecha va kunduzga qasam ichadi. Tongga, choshgoh vaqtiga qasamyod qiladi. Masalan, Layl (tun) surasida “Borliqni uz zulmati bilan urab kelayotgan kechaga qasam”, Zuho surasida “Choshgoh vaqtiga qasam”, deya marhamat qiladi. Gohida esa tugridan-tugri vaqt-zamonga qasamyod qilib, “Zamonga qasamki, inson zoti ziyondadir”, deydi. Mufassirlar suziga kura, Alloh taolo Uz bandalari va makhluqotlaridan biri bilan qasam ichsa, bu qasam ichilayotgan u yoki bu mavjudotning buyukligiga va qadri balandligiga ishora qilish bilan bir qatorda qasamdan sung aytiladigan narsaning ham yuksak ahamiyatga molik ekanligini bildiradi.
Paygambar alayhis-salom sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida takidlanadi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Banda qiyomat kuni turt narsadan suralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi – umrini nima bilan utkazgani, ikkinchisi – yoshlik davrida nima bilan mashgul bulgani, uchinchisi – mol-dunyoni qay yusinda (halol yul bilanmi yoki harom yul bilanmi) topgani va nimalarga sarflagani, turtinchisi – urgangan ilmiga qanday amal qilgani (haqida suraladi)” (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).
Inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, uziga khos shaklda suraladi. YOshlik-yigitlik umrning bir bulagi, lekin uning boshqa davrlardan ajralib turuvchi uziga khos ahamiyatli tarafi bor. U hayoti gayratu shijoatga, utkinchi maqsadga tula yoshdir. YOshlik ikki zaiflik – gudaklik va keksalik orasidagi jismoniy quvvatga tulishgan bir davrdir. Rum surasining 54-oyatida bunday deyiladi: “Alloh shunday zotdirki, U sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, sungra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, sungra kuch-quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi…”
Kishining gudakligi zaif bulgan davridir. Keksaligi ham zaiflik davri. Demak, urtada oz muddatga yoshlik-yigitlik deb atalmish kuch-quvvatli davr berilar ekanki, uning qadriga etish, bu oz muddatni yakhshi ishlarga sarflash, halol kasb-kor qilish, ilm olish, farzandlarini kelajakda elu yurtiga khizmat qiladigan, jamiyatga manfaat keltiradigan olim, fozil, hunarmand, tadbirkor, solih kishilar bulib voyaga etishlarini taminlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir.
Nabiy alayhis-salom marhamat qilib dedilar: “Ikki buyuk nemat borki, kup odamlar ular borasida aldanib qoladilar. Ular sihhat-salomatlik va bush vaqtdir”.  Ushbu muborak hadisda salomatlik bilan vaqt nematining ahamiyati juda guzal shaklda, uta balogatli tarzda bayon qilingan. Arab tilidagi “gabn” suzi “aldanib qolish, chuv tushib qolish” manolarini anglatib, u aslida tijorat va oldi-sotdiga taalluqli suz hisoblanadi. Tojirlar uz sarmoyalarini etiborsizlik bilan nobop narsalarga ishlatib quysalar, chuv tushadilar, aldanadilar. Khuddi shunga ukhshab vaqt bilan salomatlik ham dunyo tijoratkhonasiga kelgan inson sarmoyasi ekan. Shu bois, ham hadisda bu ikki narsada kuplar aldanib qolishi, chuv tushishi khabar berilmoqda. Mazkur hadisdan kelib, chiqib, Alloma Munoviy hazratlari har bir insonni tijoratchiga, salomatlik bilan bush vaqtni esa sarmoyaga ukhshatgan ekanlar. Inson qulidagi salomatlik va bush vaqt atalmish sarmoyasini chiroyli tadbir bilan tasarruf qilsa, foyda kuradi. Aks holda chuv tushadi.
Lekin, afsuski, inson bolasi kuch-quvvatga tulib, sog-salomatligi yakhshi paytida umrining qadriga etmaydi. Dunyoning hamma ishlariga bemalol ulguradigandek yuraveradi. Alisher Navoiy bobomiz iborasi bilan aytganda “Umr gulshanining bahori” va “hayot shabistonining nahori”ni kechirayotgan yoshlik yillari zavq-shavqlari favvorasi jushqinligidan kishi umr bahori va uning munavvar tongi juda tez utib ketganini payqamay ham qoladi.

Odilkhon qori Yunuskhon ugli

Toshkent shahar Shaykhontohur tuman bosh imom – khatibi 

 

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …