Gidrometeorologiya markazidan malum qilinishicha, dam olish kunlari Uzbekiston buylab havo uzgarib turadi, bazi joylarda yomgir yogadi.
4 noyabr kuni Toshkent, Jizzakh, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yomgir yogishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi — +5…+10, kunduzi +18…+23 darajaga etadi.
Qoraqalpogistonda va Khorazm viloyatida yogingarchiliklar kutilmaydi, harorat kechasi — +3…+8, kunduzi +12…+17 darajani tashkil etadi.
Navoiy, Bukhoro, Qashqadaryo va Surkhondaryo viloyatlarida ham yogingarchiliklar kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi — +8…+13, kunduzi +18…+23, Qashqadaryo va Surkhondaryoda +25 darajagacha kutariladi.
Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida 4 noyabr kuni yomgir yogadi, kechasi +5…+10, kunduzi harorat +17…+22, 5 noyabrda — +15…+20 darajaga etadi.