Главная / Madaniyat / Eng ogir gunoh

Eng ogir gunoh

gunohBilmoq  kerakkim, barcha gunohlar insonning ruhiy tinchligini yuqotadigan razolatdir. Gunohlar insonni manaviyatini yukotadi. Khuddi shuningdek yomon sifatlarga ega bulgan insonlar Allokhning hidoyati va rahmatiga sazovor bulmaydilar. Masalan,  gunohi kabiralardan biri, ayollar urtasida uchrayotgan muammolardan biri uz joniga qasd qilishdir. Turmushdagi bazi bir muammolar, ruzgordagi etishmovchilik, er – khotin yoki qaynona – kelin mojarolari sababidan yoki  bulmasa kungil quygan kishisiga etisha olmaslik natijasida qiz – juvonlar orasida uz joniga qasd qilish holatlarining uchrab turishi juda achinarli holdir. Ana shunday gunohi kabiraga qul urayotgan ayol qizlar nahotki shu yullar bilan muammolari khal buladi deb, uylashsa. Bu sinovli dunyoni ozgina qiyinchiliklariga sabr qila olmay, bu mudhish ishlari tufayli jannatdan mahrum bulib jahannamda okhirat azobi ila duzakh eshigini uzlari uchun ochmoqdalar. Dinimizda uz joniga qasd qilish gunohi kabiralardan biri sanaladi. Allokh taolo Kuroni karimda:

“… Shuningdek, uzlaringizni (bir – biringizni nohaq) uldirmangiz! Albatta, Allokh sizlarga rahm shavqatlidir” deb, markhamat kilgan  (Niso-29). Ushbu oyatda hayot qiyinchiliklariga bardosh bera olmay yoki biron narsani alamiga chiday olmay uzini – uzi uldirish taqiqlanmoqda.

Paygambarimiz (s.a.v) ham bunday deganlar: “Kim uzini biron narsa bilan uldirsa qiyomat kuni usha narsa bilan azoblanadi” (Imom-Bukhoriy). Sabr bardoshli bulish uzbek khalqimizning qon – qoniga singib ketgan fazilatlardan biridir. Uz farzandini azaldan sabrli qilib tarbiyalashga katta etibor bergan bobolarimiz, momolarimizning hayotlari qiyinchiliklarni sabr bilan engib utishlari bizga katta ibratdir. Sabr barcha insonga kerak, zero ayollar uchun bu fazilat, ziynat va ularga erkaklardan kura munosibroq sifatdir. Shunday ekan aziz opa – singillar, Alloh taolo nasib etgan ilohiy nemat – hayotimizni farzand tarbiyasi-yu, oila mustakhkamligida sabr bardoshli bulib, khayrli ishlarda bardavom bulmogimiz darkor.

Khosiyat Qosimova

UMI Surkhondaryo viloyati bosh imom-khatibining

khotin – qizlar masalalari buyicha yordamchisi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …