Главная / Texnologiyalar / Uzbekiston Rossiyadan qanday qurol-yaroglar sotib olishni aniqlab oldi

Uzbekiston Rossiyadan qanday qurol-yaroglar sotib olishni aniqlab oldi

Uzbekiston hukumati Rossiyadan sotib olinishi muljallangan qurol-yaroglar va harbiy tekhnikalarning asosiy turlari ruykhatini tuzib chiqdi, deb yozadi «Kommersant» harbiy-tekhnik hamkorlik sohasidagi manbalariga tayanib. Ruykhatga harbiy va harbiy-transport vertolyotlari, zirhli tekhnika, uqotar qurollar va uq-dorilar kiritilgan.

ba4l78jawer9bqdus3yafrjomyalqnnj

Toshkent shuningdek kup funksiyali qiruvchi samolyot Su-30SMga qiziqish bildirgan. Bunday samolyotlar ishlab chiqariladigan Irkutsk aviasozlik zavodi ishlab chiqarish quvvatlari bilan Uzbekiston qurolli kuchlarining yuqori martabali amaldorlaridan iborat delegasiya avgust oyida tanishishgan edi, 20 sentyabr kuni esa ikki mamlakatning harbiy-tekhnik hamkorligi istiqbollari RF khavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning uzbek hamkasbi Viktor Mahmudov bilan uchrashuvida muhokama etilgan edi. Nashr malumotlariga kura, uchrashuv chogida sovet davridan qolgan harbiy tekhnika — T-62 va T-72 tanklarining tamiri haqida ham suz borgan.

Shavkat Mirziyoev prezident etib saylangach 2016 yilda harbiy-tekhnik hamkorlik haqidagi shartnoma imzolangan, keyinchalik u ratifikasiya qilingan. Ushbu shartnomaning shartlariga kura, Uzbekistonga misli kurilmagan imtiyozlar taqdim etilgan, jumladan KKhShT azosi bulmay turib, Uzbekiston qurol-yaroglarni tijorat narkhlarida emas, Rossiya ichki narkhlarida kharid qiladi. Misol uchun, Qozogiston Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyotlarini kharid qilishda shunday imtiyozlardan foydalanadi.

Uzbekiston tomonidan ruykhat shakllantirilgani tez orada shartnomalar imzolanishini bildirmaydi. Nashr suhbatdoshining qayd etishicha, «bungacha hali ancha bor». «Hozircha ularning istaklari ruykhati juda katta, hattoki ularning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan ham ortiqroq, biroq bulardan biror narsa kharid qilinishi borasida kafolat yuq», — degan «Kommersant» manbasi.

Яна маълумот

Uzbekiston Yangiliklari

Zamonaviy dunyoda hayotimizning turli sohalaridan yangi yangiliklar qabul qilish kup hollarda asosiy rol uynaydi. Shu …