Главная / Jahon / Putin: Ular jinni chiroqdan chiqarib yuborishdi!

Putin: Ular jinni chiroqdan chiqarib yuborishdi!

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 fevral kuni mamlakat parlamenti bulmish Federal majlisga murojaat qildi. Uning murojaati 2 soatga yaqin davom etdi. Khush, Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan Putin parlamentga va bu orqali rossiyaliklarga murojaatida nimalar dedi?

Urush boshlanishi haqidagi eski bahonalar

Putin nutqini urush boshlanishining uzi tugri deb biladigan sabablarini keltirish bilan boshladi.

4hmwagvlm8tbrrxt76tce3_h6nnr4veh

«Har birimizning gardanimizda katta masuliyat turgan va tarikhiy voqealar sodir bulayotgan ushbu murakkab davrda sizga murojaat qilyapman. 2014 yil Ukrainada sodir bulgan davlat tuntarishidan keyin mamlakatni qulga olgan neonasistlardan kelayotgan khavfni bartaraf etish, uz tarikhiy erlarimizdagi odamlarimizni himoya qilish uchun «makhsus harbiy amaliyot» boshlagandik. Bu borada oldimizda turgan maqsadlarni qadam-baqadam hal qilamiz. Donbass 2014 yildan buyon barchasiga chidab keldi va Rossiya yordamga borishini kutdi», deb suz boshladi Putin Ukraina sharqidagi hududlar tarikhan Rossiyaga tegishli ekanini takidlar ekan.

Rossiya prezidentining suzlariga kura, Donbassdagilar uzoq yil uz tilida gaplasha olmagan va Ukraina tomonidan doimiy uqqa tutilgan. «Biz murakkab mojaroni tinch yul bilan hal qilish uchun qulimizdan kelganini qildik, toqat bilan muzokara utkazdik, lekin orqavoratdan boshqacha narsalar tayyorlandi», dedi u.

Putinning aytishicha, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va jangovar samolyotlar berish buyicha urush boshlanishidan avvalroq muzokaralar boshlangan. «Ukraina yadro qurolini olishga intilganini ham unutganimiz yuq. Bu haqda ochiqchasiga aytishgandi. AQSh va NATO chegaralarimiz yaqinida uz harbiy bazalarini tezlashtirib qura boshladi. Harbiy manyovrlar vaqtida guyoki bulajak harbiy amaliyotlar teatrini namoyish etishdi. Bir suz bilan aytganda, Ukrainani katta urushga itarishdi», dedi Rossiya prezidenti.

U AQSh harbiy sohadagi kelishuvlardan chiqqaniga ham urgu berdi: «Ular qurollanish buyicha fundamental kelishuvdan chiqqanini butun dunyo kurdi. Masalan, urta va yaqin masofadagi raketalar buyicha kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketishdi. Ular hech narsani shunchaki qilishmaydi», dedi Putin. AQSh bu kelishuvdan sobiq prezident Tramp vaqtida chiqib ketgandi.

2021 yil oktyabr oyi avvalida AQSh nashrlari mamlakat razvedkasidagi manbalariga tayangan holda Rossiya Ukraina bilan chegarada qushinlarini tuplayotgani haqida yozishdi. Keyinroq Rossiya TIV saytida mamlakatning guyoki Ukraina bilan urushning oldini oluvchi «Tinchlik kelishuvi» elon qilindi. Unda Rossiya qator shartlarni keltirgan va bu narsa Ukraina hamda Garb tomonidan ultimatum deb qabul qilingandi.

Putin parlamentga murojaatida bu mavzuga yana bir bor tukhtaldi: «2021 yil dekabr oyida AQSh va NATOga khavfsizlik kafolati buyicha loyiha yubordik. Va biz uchun prinsipial bulgan mavzularda rad javobini oldik. Shu tariqa, urushni ular boshlashdi, biz esa uz imkoniyatimizdan foydalangan holda uni tugatamiz».

Putinning suzlariga kura, utgan yil fevralida Donbassda qonli harakatlar boshlash reja qilingan va shu sabab Rossiya «makhsus harbiy amaliyot» boshlagan: «Vaziyat keskinlasha bordi, bizga kelgan malumotlardan keyin fevralda Donbassda navbatdagi qonli harakat boshlashga tayyorgarlik kurilayotganiga hech qanday shubhamiz qolmadi. Lugansk, Donesk va Donbassga hujum qilganlar keyingi nishon Qrim va Sevastopol bulishini bilgan. Va biz ham buni bilardik. Biz uz uyimizni himoya qilyapmiz, Garb esa chegarasiz hokimiyat khohlaydi. Ular Ukrainani qurollantirishga 150 milliard dollar sarflashdi».

«Jinni chiroqdan chiqarib yuborishdi»

Putin Myunkhendagi khavfsizlik buyicha konferensiya haqida ham gapirib, Garb okhirgi yillarda qilgan ishlarini unuttirish uchun bu anjumanda Rossiya manziliga bitmas-tuganmas tuhmatlar yogdirilganini takidladi: «Myunkhen konferensiyasida Rossiya manziliga shunchalik kup tuhmatlar qilindiki, guyoki bu gaplar hamma kollektiv Garb okhirgi 10 yilda nimalar qilganini unutishi uchun aytilgandek. Akhir ular «jinni chiroqdan chiqarib yuborishdi». Utgan asrda Garb fashistlarga — Germaniya hukumatiga yul ochdi, endi esa Ukrainadan Rossiyaga qarshi qayrashdi».

«Bugun Ukraina deb ataladigan erlar»

Putin murojaati davomida Ukraina haqida gapirar ekan, uni «Bugun Ukraina deya atalayotgan tarikhiy erlarimiz» deb atadi: «Rossiyaga qarshi bunday ishlar bugun boshlanib qolgani yuq va ular bir maqsadda qilingan – bugun Ukraina deb atalayotgan tarikhiy hududlarimizni bizning davlatimizdan yulib olish uchun. Bu ishlar takrorlanib kelmoqda. Masalan, Garb 2014 yil qonli davlat tuntarishini qullab-quvvatladi».

«Hatto «taqir iblis»dan ham foydalanishmoqda»

Putin urushda Garb istalgan guruhlardan foydalanayotgani haqida gapirar ekan «hatto taqir shaytondan ham» deb aytdi: «Ular Rossiyaga qarshi har qanday odamlardan foydalanishmoqda, terrorchilardan, Khudo kechirsin-u, hatto «taqir shayton»dan ham foydalanishmoqda».

Putin ishlatgan «chert lisiy» suzi rus tilida «lanati iblis» yoki «taqir iblis» manosida ishlatiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Putin aytgan «chert lisiy» «Vagner» khususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Evgeniy Prigojinga ham mos tushishi haqida hazil postlar paydo buldi.

«Biz Ukraina khalqi bilan urushmayapmiz»

Putinning aytishicha, Rossiya ukrain khalqi bilan urushmayapti, Ukraina hukumati esa Garbdagi khujayinlari tomonidan egallab olingan. «Kiev tuzumi Garbdagi egalari uchun begona er. Bu tuzum milliy manfaatlar uchun emas, uchinchi tomonning manfaatlari uchun ishlamoqda. Shuni aytishim kerakki, Ukrainaga qancha uzoq masofaga muljallangan qurollar berilsa, biz khavfni shuncha uzoqqa itarishga majbur bulamiz.

Ular Rossiyani strategik maglubiyatga olib borishmoqda. Bu nima degani? Bizni yuqotib yuborishmi? Kurib turganingizdek, gap bizning mavjudligimiz haqida ketmoqda va biz shunga yarasha harakat qilamiz. Garb bizni jang maydonida engib bulmasligini tushungan holda bizga qarshi akhborot urushi olib bormoqda», dedi u.

«Millat sotqinlari»

Putinning aytishicha, bunday holatlarda doim sotqinlar bulgan va ulardan foydalanishgan: «Tabiiyki, Garb bizning jamiyatimizni tuzgitishga harakat qiladi, bu yulda esa sotqinlardan foydalanishga harakat qiladi. Pul evaziga vatanini sotadiganlar doim topiladi. Sotqinlik qilib, vataniga qarshi terrorchilik va boshqa jinoyat sodir etadiganlar esa qonunga muvofiq jazolanadi».

Putin nutqi davomida kup marta «chin dildan tazim qilishi»ni aytdi. Khususan, harbiylarga, Rossiya egallab olgan erlarda jang qilayotganlarga, harbiy ishlab chiqaruvchilarga, qishloq khujaligi khodimlariga va nihoyat «dunyoga haqiqatni yoyayotgan» harbiy mukhbirlarga.

«YaIM 2,1 foiz kamaydi, vazir buni men aytishimni istadi»

Putin urush haqida va Garbga qaratilgan uzundan uzoq ayblovlardan keyin Rossiya iqtisodiy hayoti haqida ham suz ochdi. Uning aytishicha, rossiyaliklar «bir yoqadan bosh chiqargan» holda sanksiyalar va urush sharoitida mamlakat iqtisodiyoti qulashiga yul quymagan. Putin mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2,1 foiz kamayganini ham pozitiv kayfiyatda elon qildi: «YaIM 2,1 foizga kamaydi. Moliya vaziri buni men aytishimni istadi. Ha, pasayish buldi, lekin fevralda bizning iqtisodiyotimiz barbod bulishini aytishgandi. Garbda iqtisodimiz 20-25 foizga kamayishi takhmin qilingandi. Inflyasiya biz kutgandek 4 yoki 5 foiz bulishi kutilmoqda va bu vaqtda Evropa ittifoqining bazi davlatlarida bu kursatkich 12,17 hatto 20 foizga teng bulgan».

«Deofshorizasiya»

Putinning bu galgi nutqi ham «de-iboralar»siz utmadi: «Biz biznesni «deoshforizasiya», iqtisodiy jinoyatlarni «dekriminalizasiya» qilishimiz kerak» dedi u.

Rossiya prezidenti Rossiyada biznes qilib topgan pullarini Garbga olib borib sarflayotgan tadbirkorlarni ham tanqid qildi: «Rossiyada ishchi urni yaratish urniga yirik tadbirkorlar pullarni Garbga olib borib sarflashdi. Akhir ularning bolalari va kelajakdagi rejalari ham usha erda edi. Endi esa Garb elitasi ulardan pullarini tortib oldi».

«Yadro qurollari bizga qaratilgan»

Putin nutqi okhirida yana urush mavzusiga qaytar ekan AQSh, Britaniya va Fransiyaning yadro qurollari Rossiyaga qaratilganini aytdi. AQSh yadro sinovini utkazgan taqdirda Rossiya ham bunday sinov utkazishini aytdi va RF mudofaa vazirligi hamda «Rosatom»ga yadro sinoviga tayyorlanishni buyurdi. Putin mamlakatdagi harbiy aviabazalarga hujumga Garb davlatlari bevosita aralashganini ham aytdi.

Putin nutqi okhirida murojaatidagi eng muhim bayonotini bildirib, Rossiya AQSh bilan imzolangan strategik hujum qurollarini qisqartirish buyicha kelishuvda ishtirokini tukhtatishini elon qildi. Putin bu borada gapirayotganda Rossiya kelishuvdagi ishtirokini tukhtatayotganiga urgu berib, mamlakat kelishuvdan chiqib ketmaganini takidladi.

Putin murojaatining okhirgi 5 daqiqasini zaldagilar tik turib eshitishdi. RF prezidenti «vatanparvarlik ruhidagi» suzlari bilan ikki soatga yaqin davom etgan nutqini tugatdi. Zalda Rossiya madhiyasi yangragach, murojaat yakunlandi.

Uning murojaati davomida zalda Putinni tinglab utirganlar jami 53 marta qarsak chalishdi. Shulardan 4 martasida tik turib olqishlashdi.

Siyosiy Telegram-kanallarda Putinning murojaati vaqti zalda mamlakatda urushning ramziga aylangan insonlar – Ramzan Qodirov, Evgeniy Prigojin va Sergey Surovikin yuqligiga etibor qaratdi. Lekin zalda Qodirovning ishonchli kishisi, deputat Adam Delimkhanov kup marta kursatildi. Shuningdek, operatorlar Rossiya egallab olgan Kherson viloyatining Rossiya tomonidan tayinlagan rahbari Vladimir Saldoni ham kup marta «qidirib topishdi».

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …