Ozodlik radiosi uzining facebook – dagi sahifasida Olomon tomonidan samosud qilinayotgan ayol qochish uchun uzini soyga tashladi va oqib ketdi”, degan tagkhat bilan videoni elon qilgan edi.
Ugrilikda gumonlanib, olomon tomonidan samosud qilinayotgan katta yoshli ayol qochish uchun uzini soyga tashlab, oqib ketgani, bu voqea Shahrikhonda ruy bergani aytilayotgani khabar qilingan edi.
Kun.uz saytining khabar qilishicha, Andijon viloyat IIB matbuot khizmati ushbu hodisa tafsilotlari yuzasidan izoh bergan. Malum bulishicha, bu ayol bozorda ugrilik qilayotganida qulga tushganidan keyin uzini suvga tashlab qochib qutulmoqchi bulgan. IIB matbuot khizmati izohida bunday deyilgan:
«2018 yil 14 avgust kuni soat 11.00 larda muqaddam ugrilik jinoyati uchun sudlangan A.A. Shahrikhon shahar A.Temur kuchasida joylashgan savdo bozorida savdo qiluvchi I.N sumkasidan 192.000 sum, fuqaro S.G sumkasidan 270.000 sum, sotuvchi S.M. sumkasidan 30.000 sum miqdoridagi pullarni va uyali aloqa telefonlarini yashirin ravishda olib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bulganida qulga tushgan. Voqea joyida jabrlanuvchi I.N va hodisaga bevosita guvoh bulgan G.R uni tuman ichki ishlar khodimlariga topshirish maqsadida ushlab olishgan.
Natijada A.A jinoiy javobgarlikdan hamda fuqarolardan qochib yashirinish maqsadida uzini usha erdan oqib utuvchi «Shahrikhonsoy» kanaliga tashlagan. Voqea joyiga etib borgan tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan suvda oqib ketayotgan A.A qutqarib qolingan. Tuman IIBga olib kelinganida, unga nisbatan hech qanday kuch ishlatish alomatlari aniqlanmagan.
Sodir bulgan mazkur holat ichki ishlar bulimi khodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, A.A ning yonida alohida-alohida solingan 192.000, 295.000, 31.000 sum miqdoridagi pullar kholislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida bayonnoma orqali olingan. Mazkur holat yuzasidan 14 avgust kuni tuman IIB tomonidan A.A ga nisbatan Uzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi quzgatilgan.
16 avgust kuni gumonlanuvchi A.A ga himoya huquqi taminlanib, tergov harakatlari davomida unga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb elon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.
Tergov davrida I.N, G.S va M.S suroq qilinib, jabrlanuvchi sifatida etirof etilgan. Hozirda jinoyat ishi buyicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda», deyiladi khabarda.