Ultrabinafsha nurlar yordamida suvni mikroblar va boshqa ifloslanishlardan tozalay oladigan Quartz nomli 0,5 litrli idish yaratildi.

Quartz tashqi kurinishi bilan bolalar termosini eslatib yuboradi. Biroq qizigi idishning ichida yashiringan. Unda suvni hid paydo bulishiga olib keluvchi va khavfli bulgan mikroblar va boshqa organizmlardan tez tozalay oluvchi ultrabinafsha lampa joylashtirilgan.

Idishga 0,5 litr suv solish mumkin. Bunday hajmdagi suvni tozalash uchun ultrabinafsha lampani bir daqiqaga yoqib quyish kifoya qiladi. Lampani yoqish tugmasi idish qopqogida joylashgan. Qurilma yaratuvchilarining vada berishlaricha, Quartz’ning akkumulyatori 2 oy ishlatishga etadi. Akkumulyator microUSB razyomi orqali quvvatlanadi.

Gadjetni ishga, trenirovkaga va kup miqdorda suvni tashib yurish qiyinchilik tugdiradigan safarlarga ham olish mumkin. Quartz, shuningdek, termos kabi ham ishlaydi.

Quartz loyihasi uchun Kickstarter’da zarur bulgan pulni yigishga muvaffaq bulingan. Idishning ilk kharidorlari uni 2018 yil martida olishlari mumkin buladi. Idishning buyurtma buyicha narkhi 59 dollarni tashkil qiladi.