Surkhondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Erkin Gapparov tomonidan murojaat yullandi. Arizada u muqaddam «Okhunboboev» mahalla fuqarolar yiginining masul kotibi lavozimida ishlagani, nohaq ishdan bushatilib, sudga murojaat qilishga majbur bulgani, Angor tumani hokimligi sudlarda yutqazgani, ammo qaror ijrosi bajarilmayotganini bildirgan.
Gapparov noqonuniy ishdan bushatilganini vaj qilib fuqarolik ishlari buyicha Sherobod tumanlararo sudiga murojaat qilgan. Sud 2019 yilning 20 avgust kunidagi hal qiluv qarori bilan uning davosini qanoatlantirgan. Tuman hokimi farmoyishining unga tegishli qismi bekor qilingan. Qarorda ishga tiklash darhol ijroga qaratilishi, hokimlik hisobidan Gapparov foydasiga majburiy bekor yurgan 3 oy vaqti uchun ish haqi va masul kotibning oylik ish haqidan kam bulmagan miqdorda manaviy zarar undirilishi kursatib utilgan.
Hokimlik norozi bulgan va qaror ustidan Surkhondaryo viloyat sudiga apellyasiya shikoyati kiritgan. Asos sifatida «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoniga asosan barcha khodimlar egallab turgan vazifalaridan ozod qilingani, «Okhunboboev» MFY yigini Gapparov bilan mehnat shartnomasi tuzmagani, unga mayda bezorilik qilgani sabab 15 sutka qamoq jazosi berilgani, moddiy huquq normalarini buzgani kursatib utilgan.
«Fuqarolarning uzini-uzi boshqarish organlari tugrisida»gi qonunning 11-moddasiga kura, fuqarolar yiginining masul kotibi fuqarolar yigini raisining (oqsoqolining) taqdimiga kura fuqarolar yigini tomonidan tasdiqlanadi. Masul kotib bilan fuqarolar yigini nomidan mehnat shartnomasi tuzish va bekor qilish vakolati fuqarolar yigini raisiga berilgan.
Sudga taqdim qilingan hujjatlarga kura, mahalla fuqarolar yigini raisi Gapparovni ishdan bushatish haqidagi arizasi olmagan va uni ishdan bushatish haqida buyruq chiqarmagan.
Tuman hokimi U.Turapov nomiga yozilgan arizada esa Gapparov vakolati bulmagan hokimdan 1 iyun sanasidan boshlab ishdan bushatilishini suragan. Tuman hokimi esa 30 may kunidan (1 kun avval) ishdan bushatish haqida farmoyish chiqargan. 28 mayda Gapparovga mayda bezoriligi sabab 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan bulgan.
«Fuqarolarning uzini-uzi boshqarish organlari tugrisida»gi qonun, mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni asos qilib birinchi instansiya sudi asosli khulosaga kelgan.
Surkhondaryo viloyat sudi ham ishni kurib chiqib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini tuldirish yuli bilan uzgarishsiz qoldiradi. Ajrimda hokimlikdan Gapparovga majburiy bekor yurgan vaqti uchun (soliq va boshqa chegirmalarni ushlab qolgan holda hisoblab) 4 705 540 sum ish haqi va 1 102 861 sum manaviy zarar undirilishi belgilandi.
Birinchi instansiya sudidan sung, Gapparovning noqonuniy ishdan olinishi masalasi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bulgandi. Shunda Surkhondaryo viloyat matbuot khizmati Angor tumani hokimligi fuqaro E.Gapparovning mahalla kotibi lavozimiga qayta tiklanish yoki tiklanmaslik masalasiga Surkhondaryo viloyat sudi apellyasiyasi sudlov hayati hal qiluv qarori asosida aniqlik kiritilishini malum qilgandi.
Gapparovga kura, hokimlik bilan bu muammo shu yilning aprel oyida boshlangan. «Ushanda tuman hokimi katta yulni tozalash buyicha kupchilikka topshiriq bergandi. Men prezidentimizning majburiy mehnat buyicha aytgan tanqidlaridan keyin bunga unamaganman. Hamma lavozim yuriqnomasida kursatilgan uz ishini qilgani yakhshi.
Kamiga jarayon vaqti biror falokat yuz berib, khodimim aziyat cheksa, kaltak mening boshimda sinishi aniq. Tuman hokimlarini yakhshi bilaman, shunaqa vaqtda «men buyurmaganman» deyishdan nariga utolmaydi. Shular sabab rozi bulmagandim. Barcha tortishuvlar shundan boshlandi.
Hozir esa sudlarda yutgan bulsam ham «istagan joyingga bor, sud qarorini bajarmayman, oliy sudni kutasan» deyishmoqda. Mahalla raisiga borsam, «hokim bilan kelishib hal qilib olinglar» demoqda. Etkazilgan moddiy va manaviy zararimni ham berishmayapti. Bormagan tashkilotim qolmadi», deydi Gapparov.
Shundan sung, tuman hokimi matbuot kotibi Tuychi Choriev bilan suhbatlashdik. U majburiy mehnat holati bulganini rad etdi. Shuningdek, Gapparov kotiblik qilgan mahalladagi 52 nafar fuqaro uning faoliyatidan norozi bulib tuman hokimiga ariza yozgani, sud qarori ijrosi Oliy sud natijasiga kura kurib chiqilishini bildirdi.
Tuman hokimligi sud qarorini apellyasiya natijasiga kura Gapparov ishga tiklanish yoki tiklanmaslik masalasi hal etilishini bildirgandi. Nega tuman hokimligi va ijrochilar ishning ijrosini paysalga solishmoqda?
Holbuki, Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 266-moddasiga kura sudning mehnat shartnomasi gayriqonuniy ravishda bekor qilingan khodimni avvalgi ishiga tiklash tugrisidagi chiqarilgan hal qiluv qarori darhol ijro etilishi kerak.
Shuningdek, «Sudlar tugrisida»gi qonunning 5-moddasiga kura sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korkhonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shakhslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Uzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Umid qilamizki, viloyatning masul idoralari Angor tuman hokimiga qonunlarni hurmat qilishi va sud qarorini ijro etishi lozimligini tushuntirib quyishadi.