Главная / Jahon / 2 million kishi yashaydigan Gazo sektori «zarbalar yomgiri» ostida qoldi

2 million kishi yashaydigan Gazo sektori «zarbalar yomgiri» ostida qoldi

Bu erda yashovchi aholi vaziyat asiriga aylangan. Isroil hukumati bu hududni tark etishga chaqirgan, ammo ularning borar joyi yuq.

7 oktyabr tongida Yaqin Sharqda yangi urush boshlandi. HAMAS harakati Isroil buylab minglab raketalar uchirishdi, qurollangan guruhlar chegarani buzib utib aholi yashash manzillariga hujum qilishdi, yuzlab kishilar uldirildi va garovga olindi (ular orasida tinch aholi vakillari ham, harbiylar ham bor). Bunga javoban Isroil armiyasi Gazo sektori buylab ut ocha boshladi: 9 oktyabrga utar kechasining uzida isroilliklarning raketalari 500 dan ortiq nishon buylab zarba bergan.

original-z9e

Gazo sektori rasman Falastinning bir qismi sanaladi, ammo Iordan daryosining garbiy sohilida joylashgan Falastin mukhtoriyati mamuriyati amalda bu hududni 2007 yildan buyon nazorat qilmaydi, ushanda bu hududda hokimiyatni HAMAS harakati azolari kuch bilan egallab olishgandi. Uning azolari soni aniq emas, ammo bu maksimum un ming kishini tashkil etadi. Butun Gazo sektorida yashovchi aholi soni — AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining 2020 yil iyulidagi malumotlariga kura, ikki million atrofida. Shu bilan birga sektorning jami maydoni — atigi 360 kvadrat kilometrni tashkil etadi, yani bu er dunyoda aholi eng zich yashovchi hududlardan biri hisoblanadi. HAMAS uz harbiy obektlarini tugridan tugri aholi yashash uylari, masjidlar, maktablar, shifokhonalar yaqiniga joylashtirgan — qisman shunchaki joy etishmasligi tufayli, qisman isroillik harbiylar bu nishonlarga zarba berishini qiyinlashtirish maqsadida.

sw9k2xvwemqfw_bnni5b05mjq3rnwwsd Sektor hududidan chiqib ketish juda qiyin: bu erda aeroport yuq, port Isroil floti tomonidan bloklangan, quruqlik buylab esa Isroildan tashqari Misr tomon yagona utish yuli bor. Ammo Falastin pasporti bilan qaysidir mamlakat hududiga utishning uzi bulmaydi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 7 oktyabr kuni HAMASni yuq qilishga vada bergan va Gazo sektori aholisini «zudlik bilan ketish»ga chaqirgandi — ammo amalda ikki million kishining ketar joyi yuq.

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …