Главная / Madaniyat / Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Khorazmiy ugitlaridan

Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Khorazmiy ugitlaridan

al-khorazmiyQalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.

* * *

Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yuqolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.

* * *

Gazab hurmatni unutadi, yakhshiliklarni kumib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.

* * *

Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.

* * *

Dunyo — sovchisi kup kelin, podshohlik—kharidorga serob bir mol.

* * *

Kishilarga malum bulmasa ham, haqiqat haqiqatdir, kur kurmasa ham, kunduzi kunduzidir.

* * *

Ehtiyotsiz (qilingan) dori-darmon kasallikdir, unga hojat tushgandagina shifo buladi.

* * *

Unutilgan joyda esga tushirish (buladi), erk berilgan joyda qoziga rupara bulinadi.

* * *

Nafs uz tuzilishiga moyildir, qush uz zotiga tortadi.

* * *

Khira kuzning gunohi zulmatni sevish va yoruglikni yomon kurishdan (iborat).

* * *

Olijanob (kishi) zafarining karomati (shundaki), agar qulga kiritsa, (boshqalarga) beradi, pastkash zafarining qabihligi shundaki, qulga kiritsa, yana (kuproq) kiritishni istaydi.

* * *

Dangasaning hojatida unga hamroh bulma, qancha sodiq kishilar boshqaning fasodi bilan buzilib ketadilar.

* * *

Kosa va chuntakning ikkalasini (barobar) tuldirishga hukm qilinmagan, kosani tuldirish uchun chuntakni bushatish kerak.

* * *

Qaramli kishi tahqirlansa ham azizdir. Karamli kishi guzallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

* * *

Ota-onalar ikki khil: tugilish otasi va talim berish otasi; birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli.

* * *

Dushmanlarga matonatni zohir qilish senga (lozim), uzingdagi sustlikni hech zohir etmagin, (u vaqtda) sen tahqirlanib qolasan.

* * *

Rayhonni kurganmisan? Kukarib turganda uni hidlashadi, qachon tusi uzgarsa, tahoratkhonaga tashlab yuborishadi.

* * *

Kitobga rashk (qilish) karamli ishlardan, balki u oilaga rashk qilishning hamshirasi.

* * *

Agar er kishini khavotirlik ipi kishanlab quygan bulsa, orzu-umid ulovi tomon quzgololmaydi.

* * *

Dalil kursatishdan maglub bulgan (kishi) hamma narsani aytib beradi, garq bulayotgan esa har bir ipga osilishga urinadi.

* * *

Aqlli kishi ikki yomon ishdan yakhshisini tanlab oladi va ikkita ishonchli kishining eng adolatlisiga yon bosadi.

* * *

Karamli (kishi) guzallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdo qilmaydi.

* * *

Olijanob (odam)ning himmati uning kambagallikdan himoya qiluvchisi va qismatiga qarshi quroldir.

* * *

Iqror bulgan kishiga (qilingan) avf qattiq turib talab qilgan kishiga (qilingan) avfdan tezroqdir.

* * *

Insonning kelib chiqishi taqozo qilgan narsaga qanday qilib u qarshilik qila oladi, tuprogi yomon bulgandan keyin (qanday qilib) hosil yakhshi bula oladi?

* * *

Dahr qarzdor, ehtimol u vadasiga vafo qilar, zamona homilador, ehtimol u egizak tugar.

* * *

Muhabbat har qanday qimmat narsaning bahosidir va har qanday yuqori narsaning shotisidir.

* * *

Davr khoinlik qilgandan keyin vafo qiladi, sindirgandan keyin tuzatadi, gunohdan keyin tavba qiladi, haqorat qilgandan keyin taqdirlaydi.

* * *

Maqsadga ortiqcha intilish undan keyin qolishdir, etarlikdan ziyodasi uning kam (bulishidir).

* * *

Qarindosh qarindoshning birodari, adib adibning bir darakht ildizidan kukargan shokhi.

* * *

Qilich azoning quvvatiga qarab sanchiladi, ot esa mingan kishining holiga qarab chopadi.

* * *

Rahbarlik (qilish) tobelarning kupligiga bogliq, tobelarning kup (bulishi) khayru sahovatning kup bulishiga bogliq.

* * *

Qaerda ragbatlantirish bulsa, umid shu tomonga yul oladi. Qaerga don sepilsa, shu erga qush qunadi.

* * *

Agar hokimiyatda adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi.

* * *

Chopqir ot urilsa qoqiladi, keskir shamshir zur-zurakay (urilsa), kesmaydi, rostguy til yolgon suzlasa, tutilib qoladi.

* * *

Kichikka muruvvat eng latif va eng yoqimli buladi, khuddi ozgina suv eng shirin va mazali bulganiday.

* * *

Adabning mevasi katta aqldir, ilmning mevasi yakhshi amaldir.

* * *

Ehson eshigi unga kirishni khohlaganlar uchun ochiqdir, muruvvat qilishni khohlagan kishi uchun uning ihota qilingan joyi bemalaldir.

* * *

Karamli (kishi) uchun tusiq yuqdir, uning oldidan eshik berkitilmaydi ham.

* * *

Yakhshi kurgan kitobni uqish qaygu zahariga qarshi doridir.

* * *

Farovonlikka shukr (qilish) bolaga sabr (qilish) dan osonroqdir, salomatlikni saqlash dardni davolashdan engilroqdir.

* * *

Sultonnnng oz (narsasi) ham kupdir, u bilan muomala qilish (uchun) ehtiyotkorlik va tadbir (kerak), uning (aybini) ochish aldanish va aldanishdir.

* * *

Buhtonchidan kura unga quloq solgan kishi yomonroqdir, yomon matodan uni qabul qilgan kishi yomonroqdir.

* * *

Muhabbat (suvidagi) khas-khashaklarga bardosh berilmasa va uning loyqa suvlarini ichilmasa, unda yakhshilik bulmaydi.

* * *

Suzning eng yakhshisi ziddiga qarshi chiqilishidan rohatlanish, hazil va jiddiyligidan khursand bulishdir.

* * *

Iqboldan qalinroq satri-avrat bulmaydi, ishonchdan qulayroq shofe bulmaydi.

* * *

U tufayli yiglash mumkin bulmagan kaltak uning eng ogritadiganidir, bolaning eng kuchlisi uni shikoyat engillashtirolmaganidir.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …