Vazirlik rektorlarni saylashga tayyor emas: tayyor bulishi uchun yana 30 yil kerakmi? Olimlar 5 yillik anomal yozdan ogohlantirdi: energetika islohoti kechiktirilgani qimmatga tushmaydimi? Alisher Sultonovga lavozim berilgani sir saqlandi: bu uning salbiy imiji bilan bogliqmi? Yakunlanayotgan haftaning asosiy khabarlari – Kun.uz dayjestida.
3 yillik tanaffusdan keyin: OTMga testlar yopiq pavilonlarga qaytadi
Uzbekistonda koronavirus bilan bogliq cheklovlarning eng okhirgisi ham rasman bekor buldi. Bu yil oliy talim muassasalariga kirish imtihonlari, koviddan avvalgi yillardagi kabi, yopiq pavilonlarda utkaziladi. Oliy talim vazirligining malum qilishicha, testlarni utkazish uchun respublika buylab 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan. Eslatib utamiz, okhirgi 3 yilda infeksiya khavfi sababli kirish imtihonlari ochiq osmon ostida, stadionlar va khiyobonlarda utkazib kelinayotgandi.
Utgan yili imtihonlarda 1 mln 74 ming abiturient qatnashib, ulardan bor-yugi 176 ming nafari uqishga kira olgan. Talab yuqori, taklif esa juda cheklangan sharoit doimgidek korrupsiya va firibgarlik holatlariga olib kelyapti. Bu boradagi jinoyatlarning yangi mavsumi ham start oldi. Namanganda 4 ming dollar, Sirdaryoda 5100 dollar, Samarqandda esa 7200 dollar miqdoridagi oldi-berdilar vaqtida qator shakhslar qulga olindi.
Lekin oliy talim buyicha haftaning eng kup muhokama bulgan mavzulari bular emas. Oliy talim vazirligining departament boshligi Abduvali Kholiqov “rektorlarni saylashga tayyor emasmiz” deyishi ortidan, ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga qoldi.
“Endi mavjud holatdan kelib chiqib, buni ochiqchasiga aytish kerak. Mutakhassis sifatidagi shakhsiy fikrim – rektorlarni saylashga tayyormasmiz”, – dedi vazirlik rasmiysi.
Bu fikrlar prezident saylovi arafasida yangragani istehzolarga sabab buldi. Eng katta mansab egasi – davlat rahbarini saylay oladigan odamlar qanday qilib hokimlarni yoki rektorlarni saylay olmasligi mumkin? Shuning uchun, aniqroq aytganda, odamlar tayyor, tizimning uzi tayyor emas, deyish tugriroq bulardi.
Samarqand 100 ta elektrobusli buladi
Haftaning asosiy khushkhabarlari Samarqandda utgan Evropada tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilari konferensiyasi bilan bogliq buldi. Bankning begaraz yordami asosida Namangan va Fargonada 15 ta maktab quriladigan buldi. Imzolangan shartnoma asosida, khalqaro tashkilot buning uchun 55-75 mln dollar atrofida grant ajratadi. Maktablar etishmovchiligi borgan sari utkirlashib borayotgan hozirgi vaziyat uchun bu juda yakhshi yangilik.
Bundan tashqari, ETTB Samarqand uchun 100 ta elektrobus sotib olishga 49 mln dollar imtiyozli qarz beradi. Bu mablagga 10,5 metr uzunlikdagi elektrobuslar kharid qilishdan tashqari, ular uchun kerakli infratuzilma ham barpo etiladi. Shu tariqa, Samarqand – ETTBning “Yashil shaharlar” loyihasiga qushilgan Uzbekistondagi birinchi shahar buladi.
Garbda katta nufuzga ega bulgan bu bankning Uzbekistonga kiritgan jami investisiyalari 4 mlrd dollardan oshadi. Uz qadriyatlariga ega tashkilot bilan aloqalar birinchi prezident hokimiyatining okhirgi yillarida deyarli tukhtab qolgan edi. 4 milliardlik investisiyaning 80 foizi okhirgi turt yilga tugri keladi. Konferensiya ochilishida suzga chiqqan Shavkat Mirziyoev Uzbekistonni qullayotgani uchun khalqaro tashkilotga minnatdorlik bildirdi. Prezident uz nutqida iqtisodiyotni erkinlashtirish haqida gapirib, yana bir bor Jahon savdo tashkilotiga azolik masalasiga tukhtaldi. “Ushbu yunalishda bu yil salmoqli natijalarga erishishimizga ishonaman”, – dedi prezident.
JSTga azolik haqida, konferensiya doirasidagi sessiyalarda bosh vazir urinbosari Jamshid Khujaev ham gapirib utdi. “JSTga azo bulishimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bozorga kirish – raqobat degani, bu chaqiriqni qabul qilishga tayyormiz”, dedi hukumat vakili. Uning qushimcha qilishicha, davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan kompaniyalar erkin bozor sharoitida ishlay olishi uchun hozirgi strategiyasini qayta kurib chiqishi kerak.
Energetika: Anomal yoz bashorati va Sultonovning qaytishi
Samarqanddagi konferensiya doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar va TAQA kompaniyalari bilan 3,8 mlrd dollarlik energetika loyihalari buyicha bitimlar imzolandi. Shavkat Mirziyoevning Khitoyga tashrifi doirasida esa, aynan energetika buyicha 5-6 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishilgani aytildi. Bular, asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, elektr uzatish tarmoqlarini yangilashga qaratilgan.
Agar gap rostdan ham milliardlab dollarlik tugridan tugri investisiyalar haqida ketayotgan bulsa va bu loyihalar qogozda qolib ketmay, haqiqatan ham amalga oshsa, bu – juda yakhshi yangilik. Chunki tugridan tugri investisiya bu kredit emas, bunda moliyalashtiruvchi tomon mablagining qaytmasligi riskini ham uz zimmasiga olgan buladi.
Umuman, energetika – eng kup sarmoyaga muhtoj sohalardan. Sohadagi inqirozli vaziyatni qish va yoz oylarida millionlab uzbekistonlik uz tanasida his qiladi. Afsuski, tabiat biz tizimni unglab olishimizni kutib utirmoqchi emas. Shu hafta Jahon meteorologiya tashkiloti elon qilgan prognozga kura, oldinda bizni kutayotgan 5 ta yoz dunyo tarikhidagi eng issiq yoz fasllari buladi. Takhminlarga kura, 2023-2027 yillardagi yoz fasllarida sayyorada rekord darajada issiq kuzatilishi, urtacha harorat 1,5 gradusga kutarilishi mumkin. BMT huzuridagi khalqaro tashkilot elon qilgan ogohlantirishda aytilishicha, oldindagi 5 ta yoz faslidan biri yoki umuman shu 5 yillik davrning uzi iqlim monitoringi tarikhidagi eng issigi bulishi ehtimoli 98 foizga teng.
Ekspertlarning izohlashicha, global miqyosda kutilayotgan anomal issiq haroratga ikkita sabab bor. Birinchisi – issiqkhona effektini hosil qiluvchi gazlarning atmosferaga haddan tashqari kup chiqarilayotgani. Ikkinchi sabab – 2 yildan 7 yilgacha bulgan davrda takrorlanib turadigan El-Nino nomli tabiat hodisasi. Bu hodisa vaqtida Tinch okeanining ekvatorga yaqin qismidagi suvlar yuzasida harorat kutarilib, tropik zonalardagi yogingarchilik meyori buziladi, natijada butun dunyo miqyosida ekstremal iqlim hodisalari ruy beradi. Bu esa insonlar salomatligi, oziq-ovqat khavfsizligi va suv resurslari bilan bogliq muammolarni kuchaytiradi.
Uzbekistonga qaytsak. Utgan dayjestimizda khabar berganimizdek, prezident masullarga yozda energotizim barqaror ishlashini taminlash vazifasini yuklagan. Shu hafta malum bulishicha, Tojikiston bilan odatdagidan kuproq elektr energiyasini import qilish buyicha shartnoma imzolangan. Unga kura, Tojikiston 2023 yilning may-sentyabr oylarida Uzbekistonga salkam 1,3 mlrd kVt/soat energiya etkazib beradi. Rasmiylarning aytishicha, bu – sunggi bir necha yil ichidagi rekord kursatkichdir.
Energoinqirozning oldini olish buyicha kurilayotgan choralar ichida eng asosiylaridan biri – gaz ugriliklariga qarshi kurashish. Hozirgi vaziyat shundayki, hali u erda, hali bu erda milliardlab sumlik gaz ugirlangani haqidagi khabarlar tez-tez chiqib turadi, lekin hali birorta ham kompaniya “men qazib olgan yoki tashib bergan gazimni ugirlashdi” deb shikoyat qilgan emas. Bozor iqtisodiyotidan uzoq bunday sharoitda, muammoni elektron hisoblagichlar orqali osongina hal qilish mumkin. Bu ishga nihoyat mana endi qul urilyapti. Shu hafta elon qilingan qarorga kura, 1 iyulgacha Uzbekistondagi barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar urnatiladi. Bu hisoblagichlar soliq organlarining akhborot tizimlari bilan integrasiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.
1 oktyabrdan boshlab, Uzbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korkhonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga khromatograf va elektron hisoblagichlar urnatilishi majburiy buladi. Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlarni sotish shartnomalarini makhsus akhborot tizimiga kiritib borish talab qilinadi.
Yigilgan malumotlar asosida katta qingirliklar aniqlangan taqdirda qanday yul tutiladi, eng asosiysi, ochiq va raqobatli bozorni yaratishga qaratilgan energetika islohoti buladimi, bu savollarga hozircha javob yuq. Hukumatning harakatlaridan anglash mumkinki, erkin bozorni yaratish masalasi ortga surilgan. Buning urniga, generasiyani kupaytirish uchun yangi stansiyalar qurish va imkon qadar kuproq quyosh panellarini urnatish asosiy kun tartibida bulib turibdi.
Kuni kecha prezidentning energetika buyicha maslahatchisi lavozimi tashkil etilgani malum buldi. Bu lavozimga 2019-2022 yillarda energetika vaziri bulib ishlagan Alisher Sultonov tayinlangan. Tayinlov qachon ruy bergani malum emas.
Aslida, Sultonov prezidentning energetika buyicha maslahatchisi bulgani haqida bir necha hafta oldin khabarlar tarqalgan edi. Uning khalq orasidagi imijini ijobiy deb atash qiyin bulgani uchundir balki, bu haqda rasman elon qilinmay keldi. Faqatgina jurnalistlar uning ism-familiyasi va lavozimini Toshkentdagi khalqaro konferensiya grafigida kurib qolganidan keyingina tayinlov rasman tasdiqlandi.
Bu hafta yana nimalar ruy berdi?
Khitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo – Khitoy” formatidagi birinchi sammit bulib utdi. Tahlilchilarga kura, bu sammit, Rossiyaning zaiflashishi va AQShning Afgonistondan ketishi fonida, Khitoy Markaziy Osiyodagi tasirini kuchaytirishga urinayotganini anglatadi. Sammitda Khitoy Markaziy Osiyo davlatlariga 3,8 mlrd dollar begaraz yordam ajratishi elon qilindi. Malum qilinishicha, Khitoy–Qirgiziston–Uzbekiston temiryuli qurilishining tekhnik-iqtisodiy asoslari tayyor bulgan, endilikda asosiy muzokaralar loyihani amalga oshirishning moliyaviy tomonlariga qaratiladi.
Toshkentdagi modalar haftaligi ijtimoiy tarmoqda jiddiy tanqidlarga sabab buldi. Haftalik doirasida namoyish qilingan liboslar orasida ochiq-sochiq kiyimlar borligi, bir nechta holatda hatto ayollarning kiyimlarini erkaklar kiyib chiqqani hazm qilib bulmas holat deb baholanyapti. Moda haftaligi tashkilotchisi Dilnoza Umrzoqova bunga 20 yoshli talaba qizning improvizasiyasi deb izoh berdi. Uning aytishicha, repetisiya paytida kiyimlarni ayol modelerlar kiygan, lekin namoyish oldidan yosh dizayner improvizasiya qilishni khohlab, liboslarini erkaklarga kiydirib yuborgan. Takidlash kerak, tashkilotchining bu gaplariga ishonmayotganlar talaygina. Kamiga, Abdulla Qodiriyning uy muzeyida SSSR bayrogi tasviridagi libos namoyish etildi.
Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsion skhema qanday ishlashi fosh buldi. Malum bulishicha, talabgor koreys tilini bilmasa ham, pulini bersa buldi, uni imtihonga kiritishadi, javoblarni esa aytib turishadi. Bir kishini imtihondan utkazib quyish narkhi 6 ming dollar atrofida. Boshqa tafsilotlar bilan YouTube kanalimizdagi surishtiruv orqali tanishing. Qushimcha qilib utamiz, bu korrupsion skhema haqidagi surishtiruvlarimizga birorta huquq organidan reaksiya bulmayapti.
Onix va Tracker’ning yangi komplektasiyalari yaqin kunlarda sotuvga chiqadi. Bu haqda malum qilgan UzAuto vakilining ishontirishicha, kuzda taqdimot qilingan komplektasiyalarning narkhlari uzgarishsiz qoladi. Kompaniya, shuningdek, 1 iyundan boshlab Cobalt va Lacetti 20-23 ming dollardan sotuvga chiqishi haqidagi khabarlarni rad etdi. Salkam yarim yildan beri sotilmayotgan bu byudjet modellari uchun shartnoma berish qachondan boshlanishi nomalumligicha qolyapti.
Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan tanilgan Shukrullo Egamberdiev Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etildi. Musulmonlar idorasi unga hayfsan intizomiy jazosini ham qullagan. Egamberdiev “Abu Hanifa” jome masjidi imom-khatibi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi. Uning jazolanishiga katta ehtimol bilan mehnat muhojirlari haqida aytgan gaplari sabab bulgan. Egamberdiev Rossiyadagi uzbek migrantlarini “uqimagani uchun qul bulib yuribdi” degan mazmunda haqoratlashi ortidan, bir qator muhojirlar unga qarshi videomurojaatlar elon qilgan edi.