Главная / Iqtisodiyot / Avtomobil harakatlanishiga makhsus rukhsatnoma talab etilmaydigan holatlar ruykhati yangilandi

Avtomobil harakatlanishiga makhsus rukhsatnoma talab etilmaydigan holatlar ruykhati yangilandi

Respublika makhsus komissiyasi Avtotransport vositalari harakatlanishiga makhsus rukhsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ruykhatini yangiladi. Davlat khizmatlari markazlari tomonidan rukhsatnomalar berilishi tukhtatildi.

8 aprel kuni Uzbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish buyicha respublika makhsus komissiyasi avtomobildan foydalanishga rukhsat talab qilinmaydigan holatlarning yangi ruykhatini tasdiqladi.

Quyidagilar Avtotransport vositalari harakatlanishiga makhsus rukhsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ruykhatidan chiqarildi:

  • Prezident Administrasiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat bojkhona qumitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sud va prokuratura organlari shakhsiy avtotransport vositalari;
  • Vazirliklar, davlat qumitalari, agentliklar va boshqa davlat va khujalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning urinbosarlarining khizmat avtotransport vositalari;
  • Yul-patrul khizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.

Yangi kiritildi:

  • Khususiy tibbiy-sanitariya va epidemiologik khizmatlar kursatuvchi tashkilotlarning khizmat avtotransport vositalari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti khizmat va khodimlarning shakhsiy avtotransport vositalari;
  • Qator qumitalar, agentliklar, AJ, MChJ, DKlarga tegishli khizmat, yulovchi tashuvchi (vakhta avtobuslari) va makhsus transport vositalari, tashkilotlar tomonidan tegishli ichki ishlar organlariga taqdim qilinadigan avtotransport vositalarning ruykhati va harakatlanish yunalishi kursatilgan talabnoma asosida (ruykhatning 12-bandi);
  • Qishloq khujaligi tekhnikalari.

Uzgardi:

  • Tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar, sogliqni saqlash tizimidagi tashkilotlar khizmat va khodimlarining shakhsiy avtotransport vositalari ruykhatdan chiqarilib, davlat sogliqni saqlash tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik khizmatlar kursatuvchi tashkilotlarning khizmat va khodimlarining shakhsiy avtotransport vositalari qoldirildi;
  • Kommunal khizmat kursatuvchi tashkilotlar — gaz, elektr energiyasi, issiqlik taminoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning khizmat avtomashinalari urniga makhsus avtotransport vositalari;
  • Khorijiy davlatlarning diplomatik vakolatkhonalari va khalqaro tashkilotlar khizmat avtotransport vositalariga aniqlik kiritildi (ruykhatning 16-bandi).

Shuningdek, quyidagi avtotransport vositalarining 50 foizga qisqartirilgan ruykhati shakllantiriladi va ichki ishlar organlariga taqdim qilinadi (ushbu avtotransport vositalari tashkilot tomonidan berilgan rukhsatnoma asosida harakatlanadi):

  • yulovchi tashish faoliyati bilan shugullanish lisenziyasiga ega bulgan yunalishsiz taksilar (yulovchilarsiz faqat etkazib berish khizmatini kursatish maqsadida);
  • Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining khizmat avtotransport vositalari;
  • aloqa khizmatlarini kursatuvchi tashkilotlar, «Uzbekiston pochtasi», «Uzbektelekom» va uning tashkilotlari hamda «Uzinfokom» yagona integratori»ning khizmat avtotransport vositalari.

Eslatib utamiz, koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va elon qilingan karantin talablariga qatiy rioya etilishini taminlash maqsadida, Uzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika makhsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat khizmatlari markazlari tomonidan makhsus rukhsatnoma berish tukhtatildi.

Яна маълумот

Rj1axTqfRwTjCISEOyi1jmaKQK8ga0NG

Captiva 5 narkhi nech sum elon

«Saptiva 5» 221 mln 691 ming sumdan 309 mln 900 ming sumgacha narkhda sotuvga chiqariladi. …