Karantin sharoitida mehnat munosabatlari qanday tashkil etiladi? Karantinga olingan fuqaroga kasallik varaqasi beriladimi, yuqmi? Karaantin munosabati bilan berilgan mehnat tatili tulovlari necha foiz bulishi kerak? Khorijga chiqa olmay qolgan mehnat muhojirlari ishsizlar safini kengaytirgan bir vaqtda, ishsizlik muammosiga qanday echim bor? BMMV rahbari Nozim Husanov shu kabi savollarga javob berdi.
Mustaqil Uzbekiston tarikhida ilk marotaba milliy miqyosda tibbiy karantin joriy qilindi. Shu bois, barcha turdagi tashkilotlar va ishchi-khizmatchilarning uzaro mehnat munosabatlarida qator savollar paydo buldi. Barcha transport aloqalarining tukhtatilishi bois, qish mavsumida khorijdan vatanga qaytgan mehnat muhojirlari mamlakat ichkarisidagi ishsizlar safini kengaytirdi. Kun.uz mukhbiri karantin holatidan kelib chiqqan turli savollar bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga murojaat qildi.
Karantin holatiga doir mehnat qonunchiligi
Karantin chorasi Uzbekistonda birinchi marta qullanilmoqda. Shuning uchun ham juda kuplab savollar paydo buldi: bu davlat tashkilotlarida ham, tadbirkorlar tomonidan ham bulyapti. Vazirlikning ishonch telefonlariga, saytiga aynan karantin vaqtida mehnat munosabatlarini qanday shakllantirish buyicha juda ham kuplab savollar buldi. Prezidentimiz kasallikning iqtisodiyotga salbiy tasirlarini kamaytirish chora-tadbirlari buyicha farmoni qabul qildi.
Mazkur farmonda mehnat munosabatlarini takomillashtirish buyicha ham qator engilliklar va tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Respublikadagi maktabgacha talim tashkilotlari, maktablar va oliy talim muassasalarida karantin elon qilindi va farzandlarimiz uyda utirishiga tugri kelmoqda. Kimningdir uyida farzandlarga qarovchisi bor, kimdadir yuq, otasi yoki onasidan biri birga bulishi kerak. Ushbu farmon orqali, mehnat qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan holda yana bir imkoniyat berildiki, bogcha tarbiyasi yoshida bulgan yokhud umumtalim urta maktabning 1-4 sinflarida uqiydigan farzandlarning yo otasi, yoki onasi, yo bulmasa, vasiyiga mehnat tatili beriladi.
Idora va tashkilotlar tomonidan beriladigan engilliklarda qaysi khodimlar ustuvorlikka ega?
Har bir idora-tashkilotlar, pensiya yoshidagi keksa ishchilar, homilador ayollar, nogironligi bor yokhud ishlay oladigan ammo surunkali khastaligi bor khodimlari bulsa, ularga masofadan ishlash yoki qisqa muddatli ishlash imkoniyatlarini yataqdim etishlari zarurligi farmonda belgilab utildi. Bu ham khodimlarning uz sogliqlarini saqlashlariga ijobiy tasir kursatadi.
Khususiy tadbirkorlik subektlari khodimlariga tatil bersa, pul tulaydimi?
Prezident farmonida mulkchilik shaklidan qatinazar barcha khujalik yurituvchi subektlarda mehnat tatili berish tartibi qullanilishi belgilab utilgan.
Karantinga olingan fuqarolarga kasallik varaqasi beriladimi yoki tatil?
Bu buyicha ham ishonch telefonimizga kuplab murojaatlar tushayotgandi. Chunki, karantinga olingan fuqarolar 14 kun makhsus saqlanish joylarida bulishi belgilab utilgan. Farmonda belgilanganidek, karantinga olingan fuqaro ishlovchi bulsa, unga kasallik varaqasi beriladi. U buyicha esa, ish haqining 100 foizi tulab berilishi nazarda tutildi.
Amaliyotda, khodimning ish stajidan kelib chiqqan holda kasallik varaqasi buyicha ish haqi 60-80 foizni tashkil etgan. Lekin, karantin vaqtida oilaning biror ishlovchi azosi, yoki 14 yoshgacha bulgan farzandi karantinga olingan taqdirda, unga qarovchisi ishlaydigan bulsa, unga ham kasallik varaqasi rasmiylashtiriladi va ish haqining 100 foizi tulanadi.
Karantin tufayli tatilga chiqqan khodim ish haqi 100 saqlab qolinadi
Mehnat kodeksiga kura, khodimning roziligi bilan ish haqi saqlanmagan tatil berish mumkin. Khodim, istasa, uz arizasiga binoan, tatil puli tulanmaydigan tatilga chiqishi, yoki mehnat tatili taqvimi buyicha tatilga chiqishi ham mumkin. Shu bilan birga, karantin munosabati bilan tatilga chiqarilishi ham mumkin. Sunggi holatda ish haqi 100 foiz saqlanib qolinishi prezident farmonida belgilab berilgan.
Khorijga keta olmay qolgan mehnat muhojirlari ishsizlar safiga qushildi. Ularni ish bilan taminlash muammosi qanday hal etiladi?
Bu masala haqiqatdan ham dolzarb tus oldi. Sababi, qushni mamlakatlarimiz Qozogiston va Rossiya uz chegaralarini yopdi, mehnat muhojirlarimizning ushbu davlatlarga ketish mavsumi edi. Ularni ish bilan taminlash kerak.
«Obod qishloq», «Obod markaz» va «Obod mahalla» dasturlari qabul qilingan bulib, ularni mart oyidan boshlab amalga oshirish, bu ishlarga kuplab fuqarolarni jalb qilish nazarda tutilgan. Raqamlarda aytadigan bulsak, mart-aprel oylarida jamoat ishlariga 26 ming kishini jalb qilishimiz, ularning ishlarini moliyalashtirish uchun ayni jamgarmadan 19 mlrd sum mablag ajratilishi belgilangan edi.
Prezident farmoni bilan mana shu oylarda bu mablaglarni ikki yarim baravardan ortiqqa oshirib, 70 mingdan ortiq fuqaroni jamoatchilik ishlariga jalb qilish, bu maqsadga qariyb 60 mlrd sum mablag yunaltirish imkoniyati berildi.
Bundan tashqari, aksariyat fuqarolarimiz viloyatlar, tumanlar qishloqlarida istiqomat qilishadi. Usha hududlarda qishloq khujaligida foydalanilmaydigan erlarda khohish bildirgan fuqaroga 20 sotikhdan er ajratilib, kooperativ usulda khujalik birlashma tashkil etiladi. Birlashma azolari ishsiz, band bulmagan aholi tarkibidan tanlab olinadi va ularga jamgarma hisobidan 2 mln 300 ming miqdorida subsidiya berish mekhanizmi ham bor. Mazkur farmon bilan ushbu subsidiya miqdorini 2-3 baravar oshirish imkoni yaratildi.
Shu bilan birga, kuplab fuqarolarimiz uzlarining shakhsiy tomorqalarida faoliyat olib borishlari uchun subsidiya berish imkoniyatimiz ham bor.
Buning uchun fuqarolar qaerga, kimga murojaat qilishlari kerak?
Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining joylardagi bulimlari bilan birgalikda mahallama-mahalla yurib, shunday fuqarolarning ruykhatini tuzib, ularga yuqoridagi khizmatlar taklif qilinmoqda. Bu jarayon boshlangan, prezident farmoni esa, bu jarayonni yanada jadallashtirdi.
Yana bir yunalish bor, vazirligimiz huzuridagi jamgarma orqali 3ta bankdan oilaviy tadbirkorlik yunalishida mablaglar taqdim etish. Akhir, mehnat muhojirligida ishlab yurgan, ammo bugungi kunda Uzbekistonda bulganlarning ayrimlarida tadbirkorlik bilan shugullanish borasida qandaydir goyasi, rejasi bulishi mumkin. Ular shuni amalga oshirishlari mumkin buladi.
Bundan tashqari, prezident farmonining yana bir ijobiy tomoni shundaki, ijtimoiy soha obektlarini qurish uchun qushimcha mablaglar ajratish kuzda tutilgan. Bu yil boshida tasdiqlangan investision dasturlarga qushimcha ravishda, viloyatlar, chekka tumanlardagi maktabgacha talim muassasalari, urta umumtalim maktablari, sogliqni saqlash muassasalarini qurish buyicha yangi qushimcha dastur qabul qilindi. Bu kabi qurilish obektlariga ham joylardagi ishsiz, band bulmagan fuqarolarni jalb qilish nazarda tutilgan.
Vazirlikda karantin qoidalariga qanchalik rioya qilinmoqda?
Har bir idora rahbari – uzimidan boshlashi kerak. Prezident ham takidlab utdilar, uzimiz urnak bulishimiz kerakligini. Shuning uchun ham vazirlikda, ish vaqtidan sung, shartnoma asosida khlor bilan dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, vazirlikka kelgan khodimlar yoki fuqarolar qullarini dezinfeksiya qilishi uchun vositalar, niqoblar tayyorlab quyilgan. Bunday imkoniyat har bir qavatda mavjud. Qolaversa, farroshlarning kun davomida ishlashi yulga quyildi. Ular eshik dastaklari buladimi, zinapoya tutqichlari buladimi, har bir joyni etibordan chetda qoldirmay, makhsus aralashmalar bilan artib chiqmoqda.