Uzbekiston prezidenti farmoniga binoan Uzbekiston Milliy gvardiyasi qumondoni Bahodir Toshmatov, Ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov hamda prezident maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi Tursunkhon Khudoybergenovga turli darajadagi generallik unvonlari berildi.
Khususan, Milliy gvardiya boshligi Bahodir Toshmatov Uzbekistonda darajasi jihatidan ikkinchi urinda turadigan (armiya generali unvonidan keyin) general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangan. U Uzbekistonning yangi tarikhida bunday darajadagi unvonni olgan ettinchi kishi buldi.
Ichki ishlar vaziri Pulat Razzoqovich Bobojonovga va prezident maslahatchisi Tursunkhon Khudoybergenovga general-leytenant unvoni berilgan.
Bundan avvalroq Uzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizovga general-leytenant unvoni berilgani khabar qilingandi.