Главная / Madaniyat / Guzal qiz – sherlar uzbekcha

Guzal qiz – sherlar uzbekcha

Guzalim, bevafo gulistonim,
Bogi umrimda toza rayhonim.
Gamu qaygularim hujumindan
Sen eding mehribon, nigohbonim.
Meni behuda tashlading-ketding,
getimage

Nega uldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayogingga yiqilay,
Bir zamon quy: tulib-toshib yiglay.
Quy, bir oz quyki, khoki poyingni
Surmadek yoshli kuzima surtay.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi pur malolimni.
Qani u damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim,
Sening ogushing, iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega uldirmading-da, tark etding.
Kel, ayogingga qon bulib tukulay,
Bir nafas dard-hajrdan qutulay,
Kel, guzal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir upay-da, ulay.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega uldirmading-da, tark etding.

Savol va topshiriqlar:

  1. Sherni qayta uqing. Undagi „bevafo guliston”, „toza rayhon”, „mehribon nigohbon” singari obrazlarning har birini avval alohida, sung bir-biriga qiyoslab tahlil eting.
  2. Sherning ikkinchi bandida lirik qahramon holati qanday ifodalanayotganiga etibor qiling. Shoir nima uchun „holi pur maloli“ dan arz etayotir deb uylaysiz?
  3. Lirik qahramonning bir vaqtlar bakhtiyor bulganligining ruhiy-maishiy sabablari haqida sher matniga tayanib fikr bildiring.
  4. Sherda qahramon ruhiy iztiroblarining avj nuqtalari ifodalangan misralarni ajratib, izohlashga urining.
  5. Sherning uch bandi sungida takrorlanib kelgan „Meni behuda tashlading- ketding, Nega uldirmading-da, tark etding“ misralarining ifoda tarzi haqidagi fikringizni ayting.
  6. Uylab kuring-chi, har banddan sung naqarot urnida takrorlanib kelgan misralar nega ikkinchi bandda berilmadi ekan?
  7. Sherning ohangiga etibor qiling. Uni baland ovozda uqish mumkinmi? Asarning uzingiz topgan ohangini nimalarga asoslanib aniqladingiz?
  8. Sher kimga atalgan deb uylaysiz? U Fitratning avvalgi sherlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
  9. Sherni yod oling.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …