Главная / Siyosat / Bosh prokuror urinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi

Bosh prokuror urinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining urinbosari Akmalkhuja Yusupovich Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot khizmati khabar bermoqda.

jwqaputr4nfx2eoxw5eluazn_5uqcnfw

«Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugiga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalkhuja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi», deyiladi Bosh prokuratura khabarida.

Akmalkhuja Mavlonov 2018 yilning avgustidan buyon Uzbekiston Respublikasi Bosh prokurori urinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U endi 2019 yil martidan buyon Namangan viloyatiga prokurorlik qilib kelgan va shu kunlarda ishdan olingan Rashid Rahmatov urnida ish boshlaydi.

Mavlonov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Margilon shahar prokurori (2017 yil martigacha), Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi urinbosari (2017 yil), Khorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktyabridan 2018 yil 25 fevraligacha) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2018 yilning avgustigacha Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligi lavozimida ishlagan.

Яна маълумот

Ishdan nohaq bushatilgan khodim ishi. Angor tumani hokimligi nega sud qarori ijrosini paysalga solmoqda?

Surkhondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Erkin Gapparov tomonidan murojaat yullandi. Arizada u muqaddam …