Bu oilalar yashayotgan uy temir yuldan bir necha un qadam narida. Har safar poezd utganda, uylar titrab ketadi, ular nurab boryapti. Odamlar uzi yashayotgan hovlida qurilish-tamirlash qila olishmaydi. Chunki bunga ularning haqqi yuq!
Past Dargom tumani «Gulobod» mahallasida yashovchi fuqarolardan tushgan murojaatga kura, usha manzil sari yul oldik. Arizachilar bergan hududni topib borish oson bulmadi. Yullar mutlaqo talabga javob bermasligi muhim emas. Masala arizachilar yashayotgan uylarning noqulay joylashgani – ikki tomonlama temiryul utgan bulib, qamal holatida ekanida. Yulboshchisiz borsangiz, yuqolib qolasiz…
Ayni vaqtda bu erda tuqqizta khujalik yashab kelyapti. Uylar utgan asrning 50-60-yillarida temir yul khizmatchilari uchun qurilgan bulib, hozirgi kunda yashab turganlarning aksariyati shu tizimda ishlagan. Sohadan pensiyaga chiqqan.
«Unutilgan» odamlar
Manzura Abdualieva ham 12 yil temir yul sohasida ishlab, sogligi yomonlashgach, ishdan bushagan. Hozirgi vaqtda ugli, kelini va nabiralari bilan shu erda istiqomat qilib kelmoqda.
U oilasi uchun bu sohada ishlash ananaga aylangani, otasi, bobosi hamda turmush urtogi ham temir yul tizimida ishlaganini aytib berdi. Shuningdek, ugli R.Narziev Bukhoro lokomotiv depo ishchisi bulib ishlagan ekan. Unga 2011 yil 25 oktyabrida Bukhoro mintaqaviy temir yul uzelining hududiy kasaba uyushma qumitasi tomonidan khat kelgan. Unda yozilishicha, Past Dargom tumani hududidagi Maroqand bekatida joylashgan, qurilishi tugallanmagan kottej uylardan birini yashash uchun uy-joy sifatida ajratish kuzda tutilgan. Ammo negadir bu khat va uning ijrosi «unutilgan».
Jamiyat: «Uy-joylar bizga tegishli emas, khususiylashtirib olavering!»
Rajab Quchqorov 1972 yildan 2009 yilgacha temir yul sohasida ishlagan. 1973 yildan shu joyda yashashni boshlagan. Demak, otakhon qariyb yarim asrni shu uylarda utkazgan.
– Uyda yurakni hovuchlab utiramiz, – deydi otakhon. – Nabiralar hovlida uynasa ham, uyda bulsa ham khavotir olaman. YOgin-sochinli kunlarda gapirmasa ham buladi, tomdan chakka utib ketadi. Pensiyaga chiqqunimcha ham bir necha marta hujjat tayyorlashdi, qanaqadir ruykhatga olishdi, ammo hech narsa uzgargani yuq. Qachon boshpanamizning hujjati buladi yoki boshqa joydan bizga uy ajratilarkin, deb kutib utiribmiz.
Savol tugiladi: Bugun Rajab ota qaerga borsin? Yashayotgan uyi hujjatsiz. Demak, u bu erdan chiqib ketgan taqdirda ham tovon tulab berilishi ertakka ishonishdek gap. Uzi esa temir yul sohasida ishlab, bugun kuchdan qolgan.
2019 yil 10 mayda «Uzbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan F.Quchqorov nomiga kelgan khat etiborimizni tortdi. Unda bu uylar ayni paytda temir yul balansida emasligi va murojaatchi istasa, tuman hokimligi orqali uzi khususiylashtirib olishi mumkinligini aytgan. Rosti, bu khat odamga umid beradi. Yani, otakhon yarim asrdan buyon shu uyda yashab kelyapti va unga temir yul davogar emas. Tuman masullari «himmat» qilsa, kifoya.
Ammo tuman hokimligi mutakhassisi Qurbon Mirzaev haliyam bu uylar temir yul balansida ekanligini aytmoqda. Shuning barobarida ushbu fuqarolarning ogir sharoitda qolayotganini inobatga olib, hokimlik boshqa hudud – «Elbek» mahalla fuqarolar yiginidan uy qurib olishlari uchun er taklif qilganini aytmoqda.
– Past Dargom fuqarolari uchun tumanimizdagi Elbek mahallasidan yuz gektar er ajratilgan, – dedi hokimlik vakili Q.Mirzaev. – Hududga quyosh batareyalari urnatilyapti. Yaqin yillarda barcha qulayliklarga ega posyolkaga aylanadi. Aynan sizlarga murojaat qilgan fuqarolarimizga usha mahallada 4 sotikhdan er ajratib berish taklif qilingan. Ammo murojaatchilar «Uzimiz tugilgan mahallamizdan er ajratib berilsin yoki yashab turgan uyimizning hujjatini qilib beringizlar», deb turib olishdi. Uy qurib chiqishni istashmayapti.
Ochigi, bugun bir qarich erning narkhi «osmonlab» borayotgan bir paytda, hokimlik tomonidan hech qanday auksion yoki tulovsiz ushbu muhtojlarga er taklif qilinayotgani katta gap. Biroq bugun tayinli ish joyi bulmagan yoki imkoniyati cheklangan bu insonlarning hammasi ham bush erdan uy qurib ololarmikan?
Fuqarolarning mahalladan chiqqisi yuq
Yana bir gap. Qamalda tuqqiz khujalik yashayapti, dedik. Ularning ikkitasi uzboshimchalik bilan qurib olingan uy. Ammo ularning bu erda yashay boshlaganiga ham 10 yildan oshgan. Kommunal tulovlarni amalga oshirib kelgan.
Khususan, Hadicha Burkhonova majburlikdan ikki khonali uy qurib, 12 yildan beri yashab kelmoqda. Uch nafar voyaga etmagan farzandi bor. Ochigi, ular istiqomat qilayotgan uyni shunchaki, antisanitar va abgor holatda, deyishning uzi etarli emas. Gilam tashlab quyilgan zakh erda yosh bolalar ogir khastalikni orttirib olmaganining uzi katta mujiza!
Hadicha Burkhonova ishsiz. Hozirgi vaqtda Rossiyada bulib turgan turmush urtogining ham tayinli ishi yuq ekanini aytadi. Oyma-oy zarur mablag etkazib berolmayotgan ekan. «Elbek» mahalla fuqarolar yiginidan hokimlik taklif qilayotgan erda uy qurib olishga bu oilaning qurbi etmaydi.
Mahbuba Nurullaevaning turmush urtogi ham temir yul sohasida ishlagan. Ular qariyb 40 yildan beri shu joyda istiqomat qilib kelishmoqda. Ugli khorijda ishlayotgan ekan. «Umrimiz shu mahallada utdi, yashab turgan uyimizni kadastr qilib berishsin, boshqa narsa kerak emas. Uzimiz shu joydan qushimcha uy qurib olamiz. Agar shu muammo hal bulsa, uglim ham bolalarining boshiga kelib, egalik qilardi» deydi u.
Khush, nima qilmoq kerak?
Vaziyat uchta muhim savolni yuzaga keltirmoqda.
1. Temir yul tizimida ishlab, shu sohadan nafaqaga chiqqan bu insonlarga tashkilot vada qilgan uy (kottej) nega berilmagan? Umuman, ularni uy-joy bilan taminlash kuzda tutilganmi uzi?
2. Boringki, «Uzbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyati uylar bizning balansimizda emas, deb turgan ekan, hokimlik yana nimani kutyapti?
3. Uylar temir yul balansida bulmay, hokimlik egalik huquqini chiqarib bera olgan taqdirda ham bu hududda yashash fuqarolar hayoti, sogligiga khavf solmaydimi?
Shunisi aniqki, qamaldagi oilalar tezroq bu ogir sharoitdan chiqarib olinishi kerak.
«Uzbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyati va Past Dargom tuman hokimligidan amaliy natija kutib qolamiz.