AQSh prezidenti Varshavadagi chiqishi davomida Kiev Rossiya bosqinidan bir yil utib ham mustahkam turgani, rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin ukrainlarga tugri baho bermaganini aytib utdi. Shuningdek, Ukrainani okhirigacha qullab-quvvatlashga vada berdi va Rossiya uni hech qachon maglub etmasligini aytdi.
«Bir yil oldin dunyo Kievning qulashini kutayotgandi. Men aytishim mumkinki, u bardosh berdi, u kuchli va eng asosiysi – u erkin», deya Varshavadagi Qirollik qalasidagi nutqini boshladi Bayden.
U avtokratlarning ishtahasini yon berib tukhtatib bulmasligi, ularga faqat qarshi turish lozimligi, Ukrainadagi urush esa hech qachon Rossiya galabasi bilan yakunlanmasligini aytdi.
Uz chiqishida Bayden Garb Rossiyaga hujum qilish niyatida bulmagani va uning ustidan nazorat urnatmoqchi bulmaganini aytib utdi.
«Rossiya khalqiga murojaat qilmoqchiman: AQSh va Garb davlatlari Rossiyani yuq qilish yoki uning ustidan nazorat qilishga intilmaydi. Biz bugun Putin aytganidek, Rossiyaga hujum qilishni, uni egallab olishni rejalashtirmaganmiz. Uz qushnilari bilan tinch-totuvlikda yashashni khohlaydigan millionlab rossiyaliklar – dushmanlar emas. Bu urushga hech qanday zarurat yuq edi. Bu fojia. Urushni prezident Putin tanladi. Urushning har yangi kuni – bu uning tanlovi», dedi Bayden.
AQSh prezidenti Rossiyani NATOga azo davlatga hujum qilish oqibatlaridan ogohlantirdi.
«Qushma Shtatlar NATO ittifoqi va Beshinchi modda tamoyiliga sodiqligiga shubha bulmasligi kerak», dedi Bayden alyans azosiga qilingan hujumga kollektiv javob qaytarilishi tugrisidagi moddani nazarda tutgan holda. «NATOning har bir azosi buni biladi. Va Rossiya ham: bir mamlakatga hujum qilish – bu barchaga hujum qilishga barobardir».
Vladimir Putin haqida gapirarkan, Bayden rossiyaliklar rahbari Garb mamlakatlari Ukrainaga bosqinga javoban kursatgan birdamlikni kutmagani haqida takrorlab utdi.
«U uzi kabi avtokratlarni – kuchli, demokratik rahbarlarni esa zaif deb uylagandi, keyin esa u Amerika va qurquv hukmron bulgan dunyo bulishidan voz kechgan mamlakatlarning temir irodasi bilan tuqnashdi», dedi AQSh prezidenti.
Polshadagi muzokaralar
Murojaatdan oldin Bayden polshaliklar prezidenti Andjey Duda bilan muzokaralar utkazdi.
Duda AQSh prezidentining Polshaga tashrifini «AQShning dunyo va Evropa khavfsizligi uchun masulligi belgisi» deb atadi, Bayden esa bunga javoban AQSh Ukrainani qullab-quvvatlashda sobit qolishini takidladi. Bayden shuningdek Dudaga Polsha Ukrainadan rekord miqdordagi qochqinlarni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi – 10 mln kishi atrofida.
Bayden va Duda NATO ishlarini muhokama qilishdi va Bayden uzining Vladimir Putin bilan suhbatini yodga oldi.
«Men rossiyalik hamkasbimga aytganimdek – siz NATOni «finlandizasiyalashtirish»ni istadingiz, amalda esa Finlandiya «natolashdi». Men Shvesiya ham [alyansga] qushiladimi, yuqmi bilmayman. Ammo, hazildan tashqari, agar biz diqqatni jamlasak, uylaymanki, biz har qachongidan yakhshiroq holatda bulamiz», dedi Amerika etakchisi.
Seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yigilishga murojaatida Rossiya strategik hujum qurollarini qisqartirish buyicha kelishuvdagi ishtirokini tukhtatishini elon qildi. Bu kelishuv AQSh va Rossiya urtasida 2010 yilda imzolangan, 2021 yilda esa 2026 yilga qadar uzaytirilgandi.
Bu kelishuv Rossiya va AQSh uchun yadroviy kallaklar, qitalararo harakatlanuvchi ballistik raketalar va bombardimonchi samolyotlarni cheklaydi.
Evropa va NATOdagilar Rossiyaning bu qaroridan afsus bildirishdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg seshanba kuni bu qaror «qurol nazorati arkhitekturasini butunlay yuq qilishi»ni qayd etdi.
Evroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelga kura esa, Rossiyaning bu qarori Kremlning maqsadi – sovuq urush davridan keyin tiklangan khavfsizlik tizimini yuq qilish ekanini tasdiqlaydi.
Baydenning Kievga tashrifi
Jo Bayden Mikhayliv sobori fonida. U Ukraina bayrogini ifodalovchi kuk-sariq ranglardagi galstuk taqqan.
Dushanba kuni prezident Jo Bayden oldindan elon qilinmagan tashrif bilan Kievga kelib, Volodimir Zelenskiy bilan uchrashgan hamda u bilan urushning tuqqiz yili mobaynida halok bulgan harbiylar uchun urnatilgan yodgorlikni ziyorat qilgandi.
Khabar qilishlaricha, Ukraina poytakhtiga Bayden poezd orqali Polshadan kelgan. Bungacha boshqa yuqori martabali shakhslar ham shu yunalishdan foydalangandi.
Baydenning bayonotida aytilishicha, u Ukrainaga Amerika demokratiya, suverenitet va Ukrainaning hududiy yakhlitligi saqlanishiga sodiq ekanini namoyish etish uchun kelgan.