«Uzbekiston temir yullari» AJ katta ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda.
«Uzbekiston temir yullari» AJ mamlakatning eng yirik ish beruvchisi hisoblanadi. Uning tarkibida 77 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi malumot berdi.
Qayd qilish joiz, «Uzbekiston temir yullari» khodimlar soni buyicha ikkinchi urinda borayotgan «Navoiy tog-metallurgiya kombinati»dan (46 mingdan ortiq ishchi) qariyb 2 barobar ustunlikka ega. «Uzbekneftegaz» tizimida 34 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi – bu uchinchi kursatkich.
Uzbekistonda 2023 yil 1-yarimyillikdagi eng yirik ish beruvchi 5 ta korkhona (ishchilar soni):
«Uzbekiston temir yullari» – 77091;
«Navoiy tog-metallurgiya kombinati» – 46654;
«Uzbekneftegaz» – 34491;
«Olmaliq tog-metallurgiya kombinati» – 33837;
«Uzavtosanoat» – 30260.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» (25841), «Uzkimyosanoat» (22720), «Uzbektelekom» (17017), «Hududgaztaminot» (16386), «Uzmetkombinat» (11548) korkhonalari yuqori untalikdan joy olgan.