Hindiston shimoli-sharqida qurilayotgan temiryul kuprigi qulashi oqibatida 26 kishi halok buldi, yana bir necha kishi bedarak ketgan.
Qurbonlar soniga aniqlik kiritilmoqda. Qurilish kompaniyasi malumotlariga kura, fojia vaqtida qulab tushgan uchastkada 40 nafar atrofida ishchi ishlayotgan edi.
Hodisa Mizor shtatining Sayrang shahri yaqinida ruy bergan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, ularga yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi yordam kursatmoqda.
Kuprik qulashi sabablari hozircha malum emas. Davlat temiryul boshqarmasi hodisani tekshirishni boshlagan.
«Jabrlanlanlarga mumkin bulgan barcha yordamlar kursatilmqda», — deyiladi Hindiston bosh vaziri Narendra Modining idorasi bayonotida.
Hukumat qurbonlarning oilalariga 200 ming rupiydan (2400 dollar) tovon puli tulamoqchi.
Hindistondagi kupriklarda avariyalar ruy berishi kamyob holat emas.
2022 yil oktyabrida mamlakat garbidagi Gujarot shtatida piyodalar osma kuprigi qulab tushishi oqibatida 140 dan ortiq kishi halok bulgandi.