2019–2020 uquv yilida kollejlarga qabul jarayoni tukhtatildi. Bu kollej uqituvchilari orasida khavotirlar keltirib chiqardi. Endi nima buladi? Kollejlar tugatiladimi? Uz vaqtida olqishlangan 9+3 (9 yillik umumtalim maktabi va 3 yillik kollej) tizimi sunggi yillarda uzini oqlamagani malum qilindi. Talimdagi inqirozdan qanday muvaffaqiyatli utish mumkin? Chiqish yuli bormi? Shu masala buyicha Oliy va urta-makhsus talim vazirligi boshqarma boshligi Aziz Meliboev tushuntirish berdi.
«Kollejlarga qabul vaqtinchalik tukhtatildi. Sababi…»
2019-2020 yilda ayrim kollejlarga, khususan, tibbiyot kollejlariga qabul bulmagani yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Boshqa kollejlar tugatilsa ham, tibbiyot kollejlariga qabul davom etaveradi, degan fikrlar ham yuq emasdi. Bu muassasalarda shunday vaziyat bulgani tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi.
Qabul butunlay tukhtatilgani yuq, bu vaqtinchalik holat. Sobiq urta makhsus kasb-hunar talimi muassasalari urta bugin kadrlarini tayyorlash jarayonida davlat, iqtisodiyot, jamiyat va ota-onalar tomonidan quyilgan talablarni tulaqonli bajara olmadi. Shuning uchun 2019-2020 uquv yilida barcha kasb-hunar kollejlariga qabul elon qilinmadi. Yangicha professional talim tizimiga utish maqsad qilindi va unga tayyorgarlik muddati bir yil deb belgilandi.
Prezident farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, jumladan, darsliklarni yangilash, ilgarigi 3 yilga muljallangan uquv dasturini optimallashtirish va boshqa tashkiliy ishlarni bajarishga malum muddat talab qilindi. Kelayotgan uquv yilidan boshlab ish beruvchilarning talab-ehtiyojlarini urganib chiqib, qabul kvotalari ajratiladi. Har doimgidek, bu yil iyun oyidan boshlab uquvchilar hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.
«Kollejlarda professional talim asosida kadrlar tayyorlanadi»
Kupchilik orasida vahima uygondi: 11 yillik umumtalim tizimi yulga quyilgandan keyin kasb-hunar kollejlariga ehtiyoj qolmaydi. Bu qarash notugri. Har doim bir bosqichdan yangisiga utilayotganda, jamoatchilik tomonidan etirozlar buladi. Bu tabiiy holat. Khuddi shuningdek, 2019 – 2020 uquv yiliga ayrim kollejlarga qabul jarayoni tukhtatib turildi. Uqituvchi, ota-onalar, uquvchilar urtasida noroziliklar kupaydi. Hammada bir khil savol: nima uchun utgan uquv yilida kollejlar uquvchilarni qabul qilmadi? Kollejlarni bosqichma-bosqich tugatish rejalashtirilganmi? Aslida unday emas.
2 yil davomida kollejlar faoliyatini takomillashtirish borasida fundamental tadqiqotlar utkazildi. Oldingi tizimning kamchiliklari bilan birga ilgor khorijiy tajribalar ham pukhta urganildi. Bu ishga 50 nafardan ortiq nufuzli khalqaro ekspertlar jalb etildi va ulardan zarur khulosalar olindi. Shuning uchun tubdan yangilangan, iqtisodiyotni rivojlantirishga khizmat qiladigan, mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, ish beruvchi buyurtmasi asosida maqsadli kadrlar tayyorlaydigan kelajak kollejlarini modellashtirish loyihalari ishlab chiqildi.
2019 yil 6 sentyabrda «Professional talim tizimini yanada takomillashtirishga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi Prezident farmoni ishlab chiqildi. Unga kura, professional talim 3 bosqichda amalga oshirilishi (kasb-hunar talim maktablari, kollejlar, tekhnikumlar), jumladan, kollejlarda uqitish davlat buyurtmasi yoki tulov-kontrakt asosida olib boriladi. Respublikadagi jami 147ta kollejda kamida umumiy urta malumotga ega bulgan uquvchilar hisobidan kasblar va mutakhassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi talim shakllarida uqitiladi, ilgarigi 3 yillik standartdan tuliq voz kechib, tabaqalashtirilgan talim dasturlari buyicha kadrlar tayyorlash yulga quyilishi belgilandi.
«Professional talim tizimi 3 bosqichli buladi»
Birinchi toifa – 9 sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qullab-quvvatlashga qaratilgan hamda yoshlarning professional talim olishini taminlaydigan kasb-hunar maktablari bulib, ularda ijtimoiy himoyaga muhtoj bulgan 9-sinf bitiruvchilari 2 yillik talim dasturlari asosida uqitiladi. Chunki bu toifa uquvchilarni kasbga urgatish, malakali mutakhassis sifatida mehnat bozoriga kirib kelishiga kumaklashish zarur. YOshlarga oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, khizmat kursatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilik kabi sohalarning ilmi, tekhnologiyasi urgatiladi. Uqishga qabul qilingan kundan etiboran uz shakhsiy biznesni boshlash va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq ish urni va daromadiga ega bulishi kerak.
Ikkinchi toifa – khorijiy investisiyalarni jalb qilish, strategik muhim ahamiyatga ega bulgan loyihalar asosida yaratiladigan yangi ish urinlarini malakali mutakhassislar bilan tuldirishga yunaltirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tasarrufida kollejlar faoliyat kursatadi. Bunda kadrlar tayyorlash kasblar va mutakhassisliklarning murakkablik darajasiga kura mehnat bozoriga moslashuvchan talim dasturlari asosida
2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.
Har bir yirik korkhona, klaster, vazirlik va idora uz yunalishida mehnat bozorini pukhta urgangan holda joriy va istiqbolda yaratiladigan ish urinlari, kadrlarga bulgan ehtiyojdan kelib chiqib, urta bugin mutakhassislariga malaka talabini beradi, byurtmalar portfelini shakllantiradi. Bu har bir tarmoq avvaldan aniq ish urni uchun uziga kerak bulgan kadrni buyurtma asosida tayyorlaydi, deganidir. Shunda bitiruvchining ish urni ham kafolatlangan buladi. Uquvchilar haftaning
3 kunida kollejda nazariy bilim oladi, 3 kunida korkhonaning uzida, biriktirilgan usta rahbarligida tugridan-tugri kelajakda ishlaydigan ish urnida amaliyot utaydi. Bu tizim Germaniya tajribasida yakhshi samara bergan «dual» talim tizimi sifatida alohida etirof etilgan.
Uchinchi toifa – oliy talim tizimi bilan integrasiyalashgan vazirlik, idora, tashkilotlar tizimidagi kasb-hunar kollejlari negizida faoliyat kursatadigan tekhnikumlar tashkil etiladi. Bunda oliy talimning bakalavriat talim yunalishlari bilan integrasiyalashgan kichik bakalavrlar (Associate degree) tayyorlash buyicha kunduzgi, kechki va sirtqi talim shakllarida kamida 2 yil muddatga muljallangan talim dasturlari amaliyotga joriy etiladi;
Adliya vazirligi tasarrufidagi huquqshunoslik kollejlari shu tizimga utdi. 2 yillik tahsildan sung uquvchilar oliy talim muassasasida uqishini davom ettirish imkoniga ega buladi.
«Endi kollej bitiruvchisining boradigan ish joyi tayin buladi»
Uzimizning «Milliy malaka tizimi»ga ega bulamiz. Uning mohiyati nimada? Tushunarli bulishi uchun oldingi holat bilan solishtiraman: 3 yillik kollejlarda malum darajada kasb-hunar urgatilardi. Amaliyot va nazariya qaysidir manoda uygunlashtirilgan, lekin qator kamchiliklar kuzga tashlangan. Bir misol: ish beruvchining qanday kadrga ehtiyoji borligi urganilmagan. Natijada, bazi sohalarda kadrlar juda kam, ayrimlarida meyordan oshib ketgan. Urtada muvozanat buzilgan. Shu sababli yangicha tizimga utishda ish beruvchi va uquv muassasasini uzaro boglab quyish maqsad qilindi. Kadrlar tayyorlashda mehnat bozori talablariga rioya qilinadi. Natijada, kollejning har bir bitiruvchisi muayyan ish joyiga ega buladi.
«Kollej uqituvchilari ishsiz qolib ketmaydi»
Kasb-hunar kollejlarida qabulning bir yilga tukhtatilgani yuqotishlarni ham keltirib chiqardi. Tabiiyki, uqituvchilarning dars soatlari qisqardi. Bu holat ularning ish urinlaridan ajralib qolish khavotirini uygotgani rost. Ammo khohlaymizmi-yuqmi bu davrdan utishimiz kerak edi. Eskicha ishlay olmasdik. Professional talim tizimiga utganimizdan keyin uqituvchilar malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Avvaliga, yangicha tizimni birdaniga joriy etmoqchi buldik. Lekin baribir avvalgi holatdan chiqib ketolmasligimizni angladik. Yuqorida aytilganidek, hal qilinadigan masalalar bulgani uchun bir yil davomida tayyorgarlik kurish maqul kurildi. Bunda uqituvchilarning malakasi eng muhim omil bulib khizmat qilishi kerak. Ularga milliy malaka tizimi, professional standart nima ekanligi buyicha uqitish olib boryapmiz. UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan khalqaro uquv talablari ham urgatilyapti. Kurinib turganidek, keng qamrovli jarayonni bosib utishimiz zarurligi tufayli bizga bir yil vaqt talab qilinyapti.
Talab va maqsad bitta: endi kollejda uqigan yoshlar aniq ish urniga, uz kasbi buyicha zarur bilimga, kunikmaga ega bulishi shart. Avval ish urni aniq buladi, ish beruvchi uzining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, uqitish tekhnologiyasini beradi, shundan keyingina mutakhassis tayyorlanadi.