Quyidagi hikoya ham bir muborak hadisda Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– aytib bergan ibratli voqealardan biridir:
Bir tijoratchi kishi uyiga mardikorlar olib kelib ishlatgan ekan. Mardikorlar ishlarini tamomlagach ularning barchasiga haqini beribdi-yu, faqat bir mardikor ish haqini olmay turib ketib qopti.
Mardikorning haqini bera olmagan tijoratchi uning haqini uzida saqlab qolib, savdoga qushib quyibdi. Savdoda ancha vaqt aylanib turgan pullarga qora mol, tuya va quylar kharid qilibdi. Vaqt utgan sayin hayvonlar kupayib, katta bir podaga aylanibdi.
Bir necha yil utgandan keyin haligi mardikor kelib, haqini talab qildi. Shunda tijoratchi tuya, quy va sigir podalariga ishora qilib, shu sening haqqing, dedi. U kishi podani olib, khursand bulib qaytib ketdi.
Bir kuni bu badavlat tijoratchi ikki dusti bilan safarga chiqibdi. Yulda ketayotganlarida dam olish uchun bir gorga kiribdilar. Ittifoqo, katta bir kharsang tosh yuqoridan yumalab tushibdi- da, bular turgan gorning ogzini tusib quyibdi.
Ichkarida qamalib qolgan dustlar qattiq sarosimaga tushib qoldilar. Chunki gor ogzini yopib quygan katta tosh har qancha urinsalar ham urnidan jilmabdi.
Ular uzlarining qilgan kholis, solih amallarini esga olib, duo qilishga, mushkillarini aritishni surab, Allohga yolvorishga qaror qildilar.
Hamrohlardan ikkitasi uzining eng ikhlos bilan bajargan, eng afzal amalini esga olib, duo qilganlarida kharsang tosh bir oz urnidan jildi- yu, lekin ular baribir gor ichida qamalib qolaverdilar.
Uchinchi bulib tijoratchi duoga qul ochdi. Mardikorga qilgan yakhshiligini eslab, birovning haqiga khiyonat qilmagani, amonatga rioya qilganini esga olib, Allohga yolvorgan edi, kharsang tosh butunlay kuchib, hammalari gordan eson-omon chiqib oldilar.