Главная / Iqtisodiyot / Migrantlar haqida maslahatlar

Migrantlar haqida maslahatlar

Hozirgi kunda talaygina yurtdoshlarimiz patent olmasdan, har 3 oyda «kirdi-chiqdi» qilib yurganlari haqida khabarlar kelmoqda va bu tugrisida savollar berilmoqda. Bunday qilish notugri va bu narsa Rossiyaga kirishga 3 yilgacha taqiq quyilishiga olib keladi.

2014 yil yanvar oyidan «90/180 qoidasi» kuchga kirgan. Unga kura, Rossiyaga viza olmasdan kelishi mukin davlatlar fuqarolari Rossiya hududida 180 kun ichida hammasi bulib faqat 90 kun yurishlari mumkin. 90 kun yurgan shakhs Rossiyani tark etishi kerak va u Rossiyaga yana 90 kun utkazibgina qayta kirishi mumkin. Agar okhirgi 6 oy (180 kun) ichida bir necha marta Rosiyani tark etgan va qayta kirgan bulsa ham shu 180 kun oraligida Rossiyada bulgan kunlarini hisoblaganda 90 kunga etgan bulsa, Rossiyani tark etishi va yana 90 kun utkazib qayta kirishi lozim.

Boshqacha qilib aytganda, «vizasiz» davlat fuqarosi RF hududiga kirgan kunidan 90 kun ichida bu erda vaqtincha turish (registrasiya) muddatini uzaytirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmagan bulsa, Rossiyani tark etishi kerak. Bunday holatda, 90 kun utgungacha Rossiyaga qayta kirmasligi kerak. Bunga kupchilik yurtdoshlarimizda buladigan holatni misol keltirish mumkin. Masalan, Rossiyaga kirgandan keyin 3 oy ichida patent rasmiylashtirish va «registrasiya» muddatini chuzdirib olish kerak. Agar shu 3 oy ichida buning iloji bulmasa, zudlik bilan Rossiyani tark etish va oradan 90 kun utmasdan qaytib kelmaslik kerak.

«90/180 qoidasi»ni buzganlarga FMS tomonidan «registrasiya», patent, «RVP», «VID na jitelstvo» kabi hujjatlar berilmaydi va Rossiyani tark etgan kunidan 3 yil muddatga Rossiyaga kirishga «zapret» (taqiq) quyiladi.

«Zapret» birdan emas, bir oz vaqt utib quyiladi. Shuning uchun, «zapret» haqida malumot bazaga kirmaguncha, ushbu qoidani buzgan shakhs bemalol chegaradan utib kelishi mumkin. Shunday holatlarga guvoh bulgan yurtdoshlarimiz bizga «Falonchi patent olmay, har 3 oyda chegaraga chiqib kelmoqda. Unga «zapret» quyishmadi, demak shunday qilsa bulaverarkan», kabi fikrlarni aytishmoqda. Biz amaliyotda juda kup shunday qoidani buzganlarga «zapret» quyilganiga guvohi bulyapmiz. Hattoki oradan 1–2 yil utib «zapret» quyilmoqda.

Shuning uchun, agar kelajakda Rossiyada ishlashni maqsad qilgan bulsangiz, Rossiyaga kirgan kuningizdan 30 kun ichida patent olish uchun hujjatlarni topshiring va registrasiya muddatini chuzdirib yuring.

Quyidagi shakhslarga nisbatan «90/180 qoidasi» qullanilmaydi:

  • Patent olib ishlayotgan migrantlarga (faqat registrasiya muddatini chuzdirib yurish kerak);
  • «Razreshenie na vremennoe projivanie» (RVP) va «VID na jitelstvo»si borlar uchun;
  • Rossiya uquv yurtlarining kunduzgi bulimida tahsil oluvchi talabalar uchun;
  • «Vizali» davlatlardan kelgan migrantlar uchun;
  • Qochoq maqomiga ega va vaqtincha boshpanali (VU) migrantlar uchun.

Aytish kerakki, EvrAzESga azo davlatlar (Qozogiston, Belarus, Armaniston va Qirgiziston) fuqarolari ham «90/180 qoidasi»ga amal qilishlari shart.

DIQQAT! Shu urinda yana bir muhim masalani aytib utish lozim. Pasportni chegaraga olib chiqib kelishni taklif qiluvchi shakhslar ham mavjud. Bazi ishonuvchan odamlar uz pasportlarini shunday «yordamchi»lar orqali chegaraga «kirdi-chiqdi» qilish uchun berib yuborayotganlari haqida khabarlar kelmoqda. Bunga jinoiy javobgarlik mavjud. Hech qachon pasportni birovga bermaslik kerak. Har kim shakhsan uzi chegarani kesib utishi shart. Uzi bormasdan, birovlar orqali khuddiki chegarani kesib utgan pasport haqida malumot chegara khizmati va FMS bazasida bulmaydi. Bunday qilmish kuplab muammolarga olib keladi.

Shuning uchun, aziz yurtdoshlar, aldanib qolmanglar, chegarani kesib utish uchun doim uzingiz boring!

О нас

Яна маълумот

3Bi4xtcUxrvzkd9d7PdrlS7OKiNETbdp

«Qamal»da qolgan 9 oila: ularni «Uzbekiston temir yullari» yoki Past Dargom hokimligi qutqara oladimi?

Bu oilalar yashayotgan uy temir yuldan bir necha un qadam narida. Har safar poezd utganda, …