Главная / Madaniyat / Arafa – duolar ijobat buladigan kun

Arafa – duolar ijobat buladigan kun

arafa-duoZulhijja oyining 9-kuni Arafa kuni bulib, bunda qilinadigan amallar, tutiladigan ruza va aytiladigan zikr-tasbehlar boshqa vaqtdagidan kura fazilatliroq sanaladi. Masalan, bu kungi ruza ikki yillik gunohlarga kafforat buladi. Bundan tashqari, mazkur kunda qilinadigan duoning ham uziga khos jihati bor. Quyida shu khususda aytilgan bazi rivoyatlar bilan tanishib chiqamiz.

عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: خَيْرُ الدُّعَاءِ دُعَاءُ يَوْمِ عَرَفَةَ وَخَيْرُ مَا قُلْتُ أَنَا وَالنَّبِيُّونَ مِنْ قَبْلِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ.

    Amr ibn Shuayb otasidan, otasi bobosidan rivoyat qilishicha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Duoning eng yakhshisi Arafa kuni qilingan duodir. Men va mendan oldingi paygambarlar aytgan (zikr)ning eng yakhshisi “laa ilaaha illallohu vahdahuv laa shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alaa kulli shayin qodiyr”dir” (Termiziy va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi hasan).
Banda Allohga yuzlanib qiladigan duoning hammasi yakhshi, barchasida khayr-baraka bor. Ammo birontasi Arafa kuni qilinadigan duoga teng kelolmaydi. Sababi Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallam duoning eng yakhshisi Arafa kuni qilinadigan duo ekanini malum qilganlar. Demak, haj amallarini bajarayotgan, Arafotda turish sharafiga muyassar bulgan hojilar imkon qadar kuproq duo-iltijo va zikr-tasbehlarni kupaytirishlari kerak buladi. Hajga bormagan kishilar ham hadisda kelgan bashoratdan umid qilib, duolarda bardavom bulsalar, dunyo va okhiratlari uchun yakhshilik surasalar, maqsadlari hosil buladi, inshaalloh.

وَعَنْ طَلْحَةَ بْنِ عُبَيْدِ اللهِ بْنِ كَرِيزٍ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَفْضَلُ الدُّعَاءِ دُعَاءُ يَوْمِ عَرَفَةَ وَأَفْضَلُ مَا قُلْتُ أَنَا وَالنَّبِيُّونَ مِنْ قَبْلِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ. رَوَاهُ مَالِكٌ وَعَبْدُ الرَّزَّاقِ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ مُرْسَلٌ.

    Talha ibn Ubaydulloh ibn Kariyzdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Duoning eng afzali Arafa kuni qilingan duodir. Men va mendan oldingi paygambarlar aytgan (zikr)ning eng afzali “laa ilaaha illallohu vahdahuv laa shariyka lah”dir” (Molik va Abdurazzoq rivoyati. Rivoyat sanadi hasan mursal).
Demak, duoning eng afzali, duoning eng sarasi va yakhshisi Arafa kuni qilingan duodir. Bu kunda Alloh taolo farishtalarga Arafotda turgan hoji bandalari bilan maqtanadi. Bu urinda ular duo va istigforda qoim bulsalar, Alloh ularning ustlariga rahmat va magfiratlarini yogdiradi.
Ulamolar Arafa kuni qilingan duoning savobi ulug, barakasi kup va boshqa vaqt va makonda qilingan duolardan kura ijobat bulishi yaqinroq ekanini takidlashgan. Yana bu kunda rivoyatning ikkinchi qismida kelgan zikrni kuproq aytish yakhshi ekanini eslatib utishgan.

عَنْ عَطَاءٍ قَالَ: قَالَ أُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ: كُنْتُ رَدِيفَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِعَرَفَاتٍ فَرَفَعَ يَدَيْهِ يَدْعُو فَمَالَتْ بِهِ نَاقَتُهُ فَسَقَطَ خِطَامُهَا فَتَنَاوَلَ الْخِطَامَ بِإِحْدَى يَدَيْهِ وَهُوَ رَافِعٌ يَدَهُ الأُخْرَى. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ خُزَيْمَةَ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

    Ato Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Men Arafotda Nabiy sallallohu alayhi va sallam orqalariga mingashib ketayotgandim. U zot ikki qullarini kutarib duo qildilar. Tuyalari yurib ketib, tizgin tushib ketdi. U zot shunda ham bir qullari bilan tizginni ushlagan holda ikkinchi qullarini kutarib (duo qilishda davom etdilar)” (Nasoiy, Ahmad va Ibn Khuzayma rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).
Ushbu rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotda duoga qanchalik etibor berganlari, ulovning tizgini tushib ketishi ham u zotni duo qilishdan tukhtatib qolmagani aytilmoqda.

عَنْ عِكْرِمَةَ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدْعُو بِعَرَفَةَ يَدَاهُ إِلَى صَدْرِهِ كَاسْتِطْعَامِ الْمِسْكِينِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي السُّنَنِ الْكُبْرَى وَالطَّبَرَانِيُّ فِي الأَوْسَطِ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

     Ikrima Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafa kuni khuddi taom surayotgan miskin kabi ikki qullarini kukraklarigacha kutarib duo qilayotganlarini kurganman” (Bayhaqiy “As-sunanul kubro”da va Tabaroniy “Avsat”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif).
Demak, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafa kuni uzlarini juda khokisor tutib Allohga yuzlanib, duo qilganlar. Biz ummatlar ham u zotdan urnak olib, kamtar bulishga, Allohga chin dildan duo qilish, butun qalbimiz bilan yuzlanishni urganishimiz lozim. Agar Allohga chin dildan duo qilishning lazzatini bir bor tatib kursak, bu lazzat dunyodagi har qanday maishatdan-da totliroq ekaniga amin bulamiz!

عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ قَالَ: كَانَ أَكْثَرُ دُعَاءِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ عَرَفَةَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ لِغَيْرِهِ.

    Amr ibn Shuayb otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafa kuni eng kup qiladigan duolari “laa ilaaha illallohu vahdahuv laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamdu biyadihil khoyru va huva alaa kulli shayin qodiyr” edi” (Ahmad va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi hasan ligoyrihiy).
Rivoyatda aytilgan zikrlar odatda besh vaqt namozdan keyin aytiladi. Arafa kuni bu ishga alohida etiborli bersak, maqsadga muvofiq buladi. Sababi bu zikrni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamda avval utgan paygambarlar aytishgan. Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam Arafa kuni aynan shu zikrni aytish yakhshi ekanini malum qilmoqdalar.

عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ قَالَ: أَكْثَرُ مَا دَعَا بِهِ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَشِيَّةَ عَرَفَةَ فِي الْمَوْقِفِ: اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ كَالَّذِي نَقُولُ وَخَيْرًا مِمَّا نَقُولُ اللَّهُمَّ لَكَ صَلاَتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي وَإِلَيْكَ مَآبِي وَلَكَ رَبِّ تُرَاثِي اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ وَوَسْوَسَةِ الصَّدْرِ وَشَتَاتِ الأَمْرِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا تَجِيءُ بِهِ الرِّيحُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ خُزَيْمَةَ وَالْبَيْهَقِيُّ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

     Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafa kuni tushdan keyin eng kup qiladigan duolari “allohumma, lakal-hamdu kallaziy naquvlu va khoyrom-mimmaa naquvl. Allohumma, laka solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy va ilayka maaabiy va laka robbiy turosiy. Allohumma, inniy auvzu bika min azaabil qobri va vasvasatis-sodri va shataatil amr. Allohumma, inniy auvzu bika min sharri maa tajiyu bihirriyh” edi” (Termiziy, Ibn Khuzayma va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
Boshqa rivoyatlarda bu kunda uqiladigan boshqa shakldagi duolar keltirilgan. Ulardan khulosa qiladigan bulsak, Arafa kuni kun davomida duo va istigfor aytish, ayniqsa tushdan keyin shomgacha duoga alohida etiborli bulish tavsiya qilinadi.

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …