Главная / Iqtisodiyot / Iqtisodiy siyosatdagi khato “valyutafurushlar”ga engilliklar berishga asos buladimi?

Iqtisodiy siyosatdagi khato “valyutafurushlar”ga engilliklar berishga asos buladimi?

Iqtisodiy siyosatda yul quyilgan khato qora bozorning shakllanishiga sabab bulgan edi. Ayni shu narsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning usha vaqtlarda valyutafurushlik bilan shugullanganlarga nisbatan qandaydir engil choralar qullashiga asos bulayotgandir.

Khalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan spikerlardan biri – Markaziy Bank raisining birinchi urinbosari Timur Ishmetov shunday ehtimolni bildirdi. U Uzbekistonda valyuta liberallashuvidan sung, tadbirkorlar uchun valyuta oldi-sotdisida hech qanday cheklovlar bulmasligini takidlab, noqonuniy valyuta amaliyotlariga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tegishli tashviqot ishlarini olib borishini qayd etdi.

“Avvalgi iqtisodiy siyosatimizda khatoga yul quyganimiz, tadbirkorlarning valyutafurushlar khizmatidan foydalanishlariga sabab buldi. Noqonuniy yullarga uzimiz yullaganimiz uchun balkim huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga tushunish bilan qaralayotgandir. Ammo, asta-sekinlik bilan valyuta liberallashuvidan keyin noqonuniy valyuta amaliyotlariga qul urganlarga nisbatan jazo muqarrarligini taminlash borasida ishlar olib boriladi”, – dedi Ishmetov.

 timur-ishmetovTimur Ishmetovyu Foto: Khalqaro Press-klub

U, shuningdek hukumat hamda Markaziy bank sumning khorijiy valyutalarga nisbatan kursiga aralashuviga ham tukhtalib utdi.

“Endilikda Markaziy bank va hukumat sum kursiga aralashmaslikka ahd qilgan. Utgan yillarda sum kursiga aralashganimiz tafovutlar va taqchilliklar paydo bulgan, iqtisodiyotga qiyinchiliklar olib kelgan. Har qanday tovarning qiymati bulganidek, valyutaning bahosi uning kursi hisoblanadi. Bahoni esa, bozor belgilashi lozim buladi. Shunday ekan, agar bu kursga aralashilsa, yana avvalgi muammolarga duch kelinadi. Qora bozor paydo buladi”, – deya takidladi MB raisining birinchi urinbosari.

Ishmetovga kura, sumning kelajakdagi kurslari haqida fikr bildiriladigan bulsa, uning keskin uzgarishiga sabab buluvchi hech qanday asos yuq. Buni valyuta liberalizasiyasidan keyingi valyuta oldi-sotdi kursatkichlari ham isbotlab turibdi.

“Valyuta kursi Uzbekistonga khorijdan kirib kelayotgan valyuta oqimiga bogliq buladi. Hozirda, bu borada keskin tebranishga sabab buladigan iqtisodiy asos yuq. Shunday ekan, men barcha tadbirkorlarni rasmiy valyuta bozorida faoliyat yuritishga davat qilib qolaman”, – dedi Timur Ishmetov.

Яна маълумот

Rj1axTqfRwTjCISEOyi1jmaKQK8ga0NG

Captiva 5 narkhi nech sum elon

«Saptiva 5» 221 mln 691 ming sumdan 309 mln 900 ming sumgacha narkhda sotuvga chiqariladi. …