1. (Ey Muhammad,) Biz kuksingizni ochmadikmi?
Paygambarlik ogir yukini kutara olishlari uchun, Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak qalblarini ochib quydi. Shu sabab u zot vahiy talimotlarini qabul qildilar, imon va hikmatlarni kuksilariga jo ayladilar.
2-3. Biz elkangizni bosib turgan (ogir) yukingizni olib quydik.
Alloh Uz Rasuliga paygambarlik va risolat yukini engil qilib quydi. Natijada u zot qalblari khotirjam holda davat qiladigan, imon yulida har qanday sinovlarga bardosh beradigan yuksak khulq sohibiga aylandilar. Qolaversa, Alloh bandalaridan aksariyati qalbini Islomga moyil qilib quydi. Bazi mufassirlar bu oyatni “Biz johiliyat davrida qilgan “gunoh”laringizni kechirdik” deb tafsir qilishgan.
4. Va Biz Sizning zikringizni baland qildik.
Alloh taolo dunyo va okhiratda Muhammad sollallohu alayhi va sallam maqomlarini yuqori kutardi. Buni u zot butun olamlarga rahmat qilib yuborilishlari, shahodat, azon, takbir, tashahhudda Rasululloh nomlari zikr qilinishi, muminlar u zotga salovot va salomlar yullashlari, itoat etishga amr qilinishlari misolida kurishimiz mumkin.
5. Albatta qiyinchilik ketidan engillik bor.
Agar banda sabr bilan Allohga tavakkul qilsa, tanglik ortidan kenglik, mashaqqatdan sung engillik, albatta keladi.
6. Albatta mashaqqat ortidan osonlik bor.
Bu erda muminlar sabrga chaqirilib, musibat va kurgiliklar vaqtincha ekani, hali oldinda yorug kunlar kutib turgani yana bir bor takidlanmoqda. Hasan roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “ – Albatta qiyinchilik ketidan engillik bor – oyati nozil bulganda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Khursand bulinglar, sizlarga engillik keldi. Bitta mashaqqat ikki engillikni zinhor enga olmaydi”, dedilar” (Ibn Jarir, Ibn Mardavayh va Abd ibn Humayd rivoyati).
7. Bas, qachon forig bulsangiz, (ibodatga) harakat qiling.
Yani: dunyo ishlaridan, bandalarni davat qilishdan forig bulsangiz, Allohga ibodat qiling, U Zotga duo qilib, hojatlaringini surang, ibodatda mustahkam buling!
8. Va Parvardigoringizga ragbat qiling.
Amallaringizga savobni faqat va faqat Allohdan umid qiling, U Zotga duo-iltijo va tazarru qiling!