Главная / Madaniyat / Karamning foydalari

Karamning foydalari

karamKaram inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V, V2, RR, K, E) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganes, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida istemol qilinadi. Karam khalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan kholesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda kup. Unda kaliy, qand, oltingugurt, kalsiy, fosfor, yoglar, laktoza mavjud.
Karamning kechkisida ertagisidan kura S vitamini kuproq buladi. Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanadi. Oq boshli karamda inson organizmi uchun zarur bulgan barcha vitaminlar va foydali mineral moddalar bor. Karam tarkibida glyukoza apelsin, limon va olmaga qaraganda kuproq, fruktoza miqdori esa, sabzi, piyoz, limon va kartoshkadagiga nisbatan kuproq miqdorda mavjuddir. Uning shifobakhsh khususiyatlari ustida tukhtalib utamiz.
Tuzlangan karam uz tarkibidagi uksus va sut kislotalari organizmdan chirituvchi bakteriyalarni chiqarib yuborish khususiyatiga ega. Tarkibida sakharoza i krakhmal miqdorining ozligidan yangi karamni istemol qilish diabetiklar uchun ha mjuda foydali. Uni ozishni maqsad qilganlar ovqatlanish ruykhatiga kiritishlari mumkin.
Karamdagi ichaklar faoliyatini yakhshilovchi biriktiruvchi moddalar organizmni turli khiltlardan va kholesterindan tozalaydi va ichaklarda foydali mikroflorani shakllantiradi. Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan kukargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib quyilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi.
Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, kholesistitdan, gastritdan, meyoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan, sistitdan va khronik pielonefritdan forig bulish mumkin.
Karam sharbati asab quzgalish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan khalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi. Qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbatiga iliq suv qushib, ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi. Karam sharbati ichish yuzga toshgan sepkildan forig bulishga sabab buladi.
Sariq kasali bilan ogriganda, qabziyatda, bavosirda, gastritda, oshqozon shirasi meyoridan past yurganida, bepushtlikda, disbakteriozda va doimiy charchoq his qilishda karam sharbati ichish tavsiya etiladi.

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …