Главная / Madaniyat / Taqsit savdosi

Taqsit savdosi

taksitTaqsit savdosi KhIKh asrda AQShdagi tikuv mashinalari ishlab chiqarish kompaniyasida ilk bor yulga quyildi. Keyinchalik bu ish boshqa kompaniyalarda keng kulamda joriy qilindi. Arablarda bu savdoni “Bayun bittaqsit”, Britaniyada “Hirepurkshase”, Amerikada esa “Instalment Buying” deb nomlanadi. Hozirgi kunga kelib bizning diyorimizda ham bu savdo turi qullanila boshladi. Bu savdo Toshkentda “Arenda”, Andijonda “Uchirma”, Quqonda “Etalatma”, Namanganda “Vikupka” deb nomlanmoqda. Zamonaviy istilohda bu savdo turi “Egalik bilan yakunlanuvchi ijara” deb nomlanadi. Bu savdo turini joiz va nojoiz suratlari bulib, quyida bu boradagi malumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Taqsit savdosining lugaviy manosi

Taqsit lugatda bir necha manolarda ishlatiladi:

1. “Ajratish”. قَسَّطَ الْمَالَ بَيْنَهُمْ desa, “Ular urtasida molni ajratdi”, degan manoda buladi.

2. “Bulaklarga bulish”. قَسَّطَ الشَّيْءَ تَقْسِيطا desa, “U narsani malum bulaklarga buldi”, degan manoda buladi.

3. “Teng qilib bulish”. قَسط الشَّيْءَ بَيْنَهُمْ desa, “Ular urtasida teng taqsim qildi”, degan manoda buladi.

4. “Hissa”, “Nasiba”, “Ulush” manolarida. أَخَذَ كُلُ وَاحِدٍ مِنَ الشُّرَكَاءِ قِسْطَهُ desa, “Sheriklarning hammasi uz ulushini oldi», degan manoda buladi.

5. “Adl” manosida ham ishlatiladi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: قُلْ أَمَرَ رَبِّي بِالْقِسْطِ  “(Yana) ayting: Rabbim adolatli bulishga buyurgan”. Shuningdek, faqihlar uz iboralarida إِنَّ لِلزَّمَنِ قِسْطاًdeyishsa, buning manosi “Vaqtning puldan bulgan teng ulushi bor” buladi.

6. Yana “Haqdan adashgan” degan manoda ham keladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: وَأَمَّا الْقَاسِطُونَ فَكَانُوا لِجَهَنَّمَ حَطَبًا  “Ammo (yuldan) ozganlarga esa, bas, ular jahannamga utin buluvchi kimsalardir”.

7. “Bakhillik”.قَسَّطَ عَلَى عِيَالِهِ تَقْسِيطاًdeyilsa, “Oilasiga nafaqada bakhillik qildi” manosida buladi.

    Biz urganayotgan taqsit savdosiga shariy va lugaviy jihatdan yuqoridagi manolardan birinchi va ikkinchisi, yani “ajratish” va “bulaklarga bulish” manolari tegishlidir. Shunday qilib “taqsit savdosi” suzining manosi “bulib-bulib berish savdosi” manosida buladi. “Bu savdoda bulib-bulib beriladigan narsa pul buladimi yoki tovarmi?!” degan savol paydo bulishi mumkin. Taqsit savdosida bulib-bulib beriladigan narsa pul buladi, tovar emas. Chunki tovar muayyan narsa bulib, uni kechiktirish mumkin emas. Taqsit − savdoning bir turi yoki boshqacha qilib aytganda, tovarning pulini ado qilish yulidir. Ana usha pul malum vaqtlarda, malum bulaklarda ado qilinadi.

Taqsit savdosining shariy istilohi:

     “Molni naqd qilib, pulni esa muayyan vaqtda, muayyan bulaklarda ado qilish evaziga savdo qilish taqsit savdosi deyiladi”. Bundan murod mabi, yani sotilayotgan tovar usha zahoti beriladi, pul esa, nasiya buladi. Taqsit savdodagi asosiy narsa pulni kechiktirishdir. Agar pul kechiktirilmaydigan bulsa deb taqsit savdosi hisoblanmaydi. Bunda savdo molining bahosi naqd tulashga nisbatan qimmatroq yoki barobar yokhud pastroq bulishining etibori yuqdir.
Islom fiqhi akademiyasining 7-majlisida ushbu savdo tugrisida ulamolar munoqashalari tinglangach, uning joizligi tugrisida qaror qabul qilindi. Taqsit savdosi yangi paydo bulgan muomala turidir. Shuning uchun qadimgi fuqaholarimiz kitoblarida taqsit savdosi haqida alohida bulimlar uchramaydi. Bulsa ham nasiya va muddat belgilash borasida malumotlar kelgan. Faqihlar puli kechiktirib beriladigan muajjal savdo va taqsit savdolari haqida suzlashgan bulsalar ham, bu borada alohida kitob yoki bob yozishmagan. Imom Shofiiy salam, yani mabini kechiktirib topshirish savdosi borasida ochiq-oydin aytib: “Agar olayotgan mabining har bir ulushining narkhi malum bulsa, bu savdo turi joiz”, deganlar.
Taqsit savdosi borasida hozirgi kundagi muhaddis va faqihlarning kitoblarida alokhida mavzular bor. Buning sababi, hozirgi zamonda bu muomala turi borgan sari rivojlanib bormoqda hamda turli tashkilotlar bu savdo turi bilan shugullanishmoqda. Hattoki bu savdo turi davlatlararo savdo-sotiqlarda qullanib borilyapti.
Taqsit savdosi nasiya savdosining bir turidir. Chunki taqsit savdosida ham mol usha zahoti beriladi, pulning hammasi yoki bazisi malum bulakda va malum vaqtga kechiktiriladi. Bu bulaklar yilning malum bir vaqtida, masalan, har oyda berishga kelishilishi mumkin. YOki kelishuvga asosan turli khil buladi.
Kelishilgan narkh bozordagi bilan teng buladimi, balandroqmi yoki arzonmi farqi yuq. Lekin odatda taqsit savdosida molning narkhi bozor narkhidan baland buladi. Agar bir kishining naqd puli bulsa, bozordan arzonroq narkhga sotib olishga imkoni bor. Lekin taqsit savdosi bilan sotib olmoqchi bulsa, sotuvchi bozor narkhiga kunmaydi, balki qimmatroqqa sotishni istaydi. Shuning uchun ham odatda, taqsit savdolari bozor narkhidan baland narkhga kelishish asosida tuziladi.

Taqsit savdosining kurinishi

Taqsit savdosining bir necha kurinishlari bor. Bunda sotuvchi molni uz narkhidan balandroq narkhga, pulini bulib-bulib tulash evaziga sotadi. Kharidor pulga qodir bulmaganligi sababli sotuvchidan pulini bulib-bulib tulash evaziga sotib oladi. Misol: Sotuvchi molni naqdga bulsa, 100 ga, bir oy muddatga bulsa, 110 ga, ikki oyga bulsa, 120 ga, uch oyga bulsa, 130 ga deydi. Agar bu kurinishda yuqoridagilardan birini aniq qilib olinsa, savdo durust buladi. Masalan, kharidor «Ikki oyga 120 ga sotib oldim» desa, savdo durust buladi. Agar qaysidir birini tanlab olarman, deb mubham holda ikkisi tarqalsa, savdo durust bulmaydi. Balki ribo buladi. Shuningdek, bir kishi bu kiyimni 10 ga naqdga sotdim, yoki nasiyaga 20 ga sotdim desa, kharidor ikkisidan birini aniq qilmasdan ajralsa, jumhur faqihlar va muhaddislar nazdida bu savdo fosid hisoblanadi. Chunki bu erda ular pulni aniq qilib olishmadi. Pulning noaniq bulishi savdoni nodurust holatga keltirib quyadi. Hadisi sharifda bunday savdo qilishdan qaytarilgan.
Agar kharidor ikkisidan birini naqd yoki nasiyasini tanlasa, savdo durust buladi. Chunki ular pulni aniq qilib olishdi va muayyan bir savdoga kelishib olishdi. Bu esa, sharan durust bulgan savdodir. Chunki bu holatda 2 tomon mubhamlikka kura emas, balki bitta aqdga kelishgan holda tarqaldilar.
Islomiy banklar mahsulotni naqdga sotib olib, kharidorga mustaqil aqd bilan malum foyda evaziga taqsit savdosi bilan sotishadi.
Khulosa urnida aytish mumkinki, bu savdo turi sharan haloldir. Unga tegishli shartlar, hukmlar va bu savdoni buzib yuboradigan holatlar khususida kelgusida suz yuritamiz. Maqsadimiz kishilar bu savdo turini yakhshi urganib, qilayotgan savdolarini shariatga muvofiq tarzda amalga oshirishlaridir. Alloh talodan bu borada barchamizga yordam berishini surab qolamiz.

Nasrulloh Halim tayyorladi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …