Главная / Madaniyat / Iblislar bazmi yohud “Khellouin” haqida haqiqatlar

Iblislar bazmi yohud “Khellouin” haqida haqiqatlar

iblis-bazmiBu garbona marosim haqida kupchilik malumotga ega emas. Ammo shunday bulishiga qaramay, oramizda uzini “uta zamonaviy”, davrning eng sunggi modalari va ananalari bilan hamqadam deb hisoblaydigan ayrim kaltabin shakhslar ham bor. Hatto Khellouinni bayram qilishga ham vaqt topmoqdalar. “Ha, endi khursandchilik, bayram qilsa, qilibdi-da”, dersiz. Ammo shoshilib khulosa chiqarmang. Sababi, ertaga farzandingiz “Khellouinga niqob olib bering”, “qovoq topib bering” deya kharkhasha qilsa yoki yuz-kuzini qurqinchli tasvirlarga tuldirsa, kunglingizda aytarga gapingiz, qaytararga dalilingiz bulsin! Keling, avvalo Khellouinning tarikhi, mazmun-mohiyati va manaviyatga salbiy tasiri haqida gaplashamiz.
bu ingliz tilidagi “All Hallows Even”, yani “Barcha ruhlar kechasi” iborasining qisqargan shaklidir.
Bazi manbalarda, Khellouin ayoz, zulmat, qabohat va ulim (yoki murdalar) “khudosi” bulgan Samayn nomi bilan bogliq marosim, deb yoziladi. Uni dastlab hozirgi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya hududidagi khalqlar nishonlashgan. Sovuq kunlar arafasida 31 oktyabrdan 1 noyabrga utar kechasi barcha chiroqlar, shamlar, fonuslar, olov va uchoqlar uchirilgan. Qorongu zulmat ichra odamlar ulim farishtasiga hamdu sanolar uqishgan. Biz sen bilan, biz ham seningdekmiz, bizning jonimizni olma, qabilida unga laganbardorlik qilishgan. Ertasi kuni katta gulkhan yoqib, yuzlariga turli niqoblar kiyib bir-birlarini qurqitishgan va oralaridan kimnidir ulim “khudosi”ga qurbon qilishgan.
Boshqa manbada keltirilishicha, VII asrda Rim papasi Bonifasiy 1 noyabrni “All Hallows Even”, yani “Barcha ruhlar kechasi” deb elon qilgan. Bugungi 31 oktyabr kuni nishonlanadigan Khellouin bayrami shundan kelib chiqqanligi haqida farazlar mavjud.
Makhluqlar kurinishidagi qurqinchli liboslaru yovuzliklar aks etgan niqoblarda kun buyi kuchada olomon bulib yurish, shovqin-suron kutarish, tungi klublarga borib kungillari istagan ishni qilish hamda bu orqali ruhiy huzur olish mentalitetimizning qay bir jihatiga mos keladi?! Qolaversa, Khellouin kuni zulm utkazish, yovuzlik, insoniyatga khos bulmagan jihatlar targib qilinadi. Bu yoshlar ongiga tasir qilishning Khellouin bahonasidagi bayramona kurinishi, kholos. Bundan tashqari, Khellouin kuni kuplab qonun buzilish kholatlari, turli jinoyatlar, tartibsizliklar yuzaga kelar ekan.
Diqqatingizni Khellouin bilan bogliq voqealarga qaratamiz.

AQShlik “Khellouin qotili” nomini olgan Jerald Tyorner 1973 yili Medisonda bayram kuni kuchaga chiqqan 9 yoshli Lis Enn French ismli qizchaning nomusiga tegadi. Natijada qizaloq vafot etadi.

15 yoshli Marta Moksli ham Khellouinning qurboni. U 1975 yilgi bayramni dustlari bilan utkazgani kuchaga chiqadi va “khazilning tagil zil” bulib, golf tayoqchasi zarbidan hayotdan kuz yumadi.

1990 yili bayramdan sung 17 yoshli Brayan Djevell hamda 15 yoshli Uilyam Odning jasadi uzlari yasagan dorda osilgan holda topiladi.

Bayram bakhona qurqinchli niqoblar taqqan talonchilar guruhi bir khonadonga bostirib kiradi va uy egasini uldirib, uyni umarishadi. Guruhga boshchilik qilgan 17 yoshli Marselino Pina shu jinoyat uchun 45 yilga ozodlikdan makhrum etiladi.

      Bu ming bir fojeadan ayrimlari, kholos. Ammo mazkur malumotlarning uziyoq Khellouinning asl basharasi qanday ekanini kursatib turibdi.

    Khellouinning asosiy rangi qora va olovrang bulib, qora rang ulim va zulmatni ifodalaydi. Olovrang esa vajohatni anglatadi. “Uliklar bayrami” deb atalishi esa Khellouinning dahshatlar girdobi ekanligini bildiradi. Qurqinchli marosimda ishtirok etgan yoshning ruhiy olami bir kundayoq buziladi, tabiati va ongi bevosita satanizm (shayton vasvasasiga uchish, talvasa. – muharrir) tasiriga tushib qoladi. Garb mamlakatlarida 31 oktyabrdan sung bolalar orasida nevroz, turli ruhiy evrilishlar, noodatiy agressiya, tungi qurquv kabi kholatlar ortib ketar ekan. “Shaytonlar karanavali”da ishtirok etgan bolalar u erda bir-biridan dahshatli niqoblar bilan tuqnash keladi, ulim, duzakh, iblis, odam bosh chanogi, suyaklar, qon, tobut haqidagi sahnalarni tomosha qilishadi. Oqibatda ayrim bolalardagi qattiq qurquv, ogir khastaliklar, hatto suisid, yani uz joniga qasd qilishga ham sababchi bular ekan. Fanda qayd etilgan Samaynofobiya nomli qurquv turi aynan “Khellouindan qurqish” deyiladi. Bundan aziyat chekayotgan ayrim garb mamlakatlari Khellouinni talim muassasalarida nishonlashni mutlaqo taqiqlab quyishmoqda.

    Kurinib turibdiki, Evropadagi kuplab davlatlarda har yili sabrsizlik bilan kutiladigan ushbu dahshatli marosim har jihatdan bizning millatimizga, qarashlarimizga umuman tugri kelmaydi. Qolaversa, Khellouinni nishonlash yillar davomida uzgarib, bugun umuman boshqacha kurinish va shaklga ega bulgan. Aniqrogi, yuqorida aytganimiz – khorijdagi ayrim mafkuraviy markazlar Khellouindan uz muddaolari yulida foydalanishayapti.
Malumotlarga kura, dunyo buyicha katta daromad keltiruvchi bayramlar qatorida Khellouin Rodjestvodan keyin ikkinchi urinda turadi. Masalan, birgina AQShda aynan mazkur dahshatli tadbir sabab ota-onalar bolalari uchun turli niqob va liboslar kharidiga umumiy hisobda 2,5 milliard dollar (!) sarflar ekan. Kurinib turibdiki, khellouinlashtirish ayrim markazlar uchun chuntak qappaytirishning yana bir samarali uslubi, aslida.
Aytilganlarning barchasi, Khellouin haqidagi haqiqatlar edi. Maqsadimiz, turli bayramlar, jamiyatimizga yot marosimlar niqobida kirib kelayotgan bemani unsurlar, ajnabiy ananalaru bidatlardan bokhabar qilish edi.
Har qanday yovuzlik, akhloqsizlik, insoniyatga yot illatlar jamiyatni halokat tomon etaklaydi. Kasallikning oldini olish uchun, avvalo, odam tanasida unga “immunitet”, yani “qarshi kurashuvchanlik” hosil qilinadi. Buning uchun farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, dinimiz va milliy urf-odatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash kerak. Ana shunda yovuz niyatli kimsalarning inson uchun uta zararli bulgan puch goyalaridan jamiyatimiz ertasi bulmish yoshlarimizni asragan bulamiz.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …