Mashhur National Geographic jurnalida saudiyalik fotograf Ammar Alamirning Haj safari chogida olgan surati chop etildi. Suratda ziyoratchilarning turli rangli soyabonlardan muqaddas Kabani aylanib tavof qilayotgan holat aks etgan.
Qayd etish kerakki, Ammar Alamir Makkadagi Um al-Kura universiteti bitiruvchisi bulib, kompyuter muhandisligi buyicha bakalavr diplomiga ega va hozirda Saudiyadagi radiokompaniyalardan birida rejissyor bulib ishlaydi.
Alamir – bir necha mahalliy va khalqaro fototanlovlar golibi. Uning aytishicha, u hech qachon malum bir mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Biroq “muqaddas joylarda suratga olish har bir odamning sevimli ishi” deb hisoblaydi.