Hayo ziynati ila ziynatlangan muslima Er yuzini obod etish va yosh avlodga talim-tarbiya berishda soglom ayollik fitrati bilan ishtirok etadi. Quroni Karimdagi ushbu ajoyib misolga bir etibor bering. Shuayb (a.s.) qizlaridan birini Muso (a.s.) ni chaqirib kelishga junatdilar: “Bas ulardan biri hayo bilan yurib kelib: Otam seni bizlarga quylarimizni sugorib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqdalar”,dedi (Qasos 25 oyat).
Qiz otasining suzlarini etkazmoq uchun pokiza va iffatli bulib, hayo-ibo bilan qadam tashlab keldi. Muso (a.s.) ga murojat qildi. Soglom tabiatli, toza qalbli bu qiz suzlaganda ham nozlanmasdan gapiradi.
Pokiza qizlar sof tabiatlari tufayli begona erkaklar qarshisida gapirishga tortinadilar. Lekin niyatlari pok, qalblari pokiza bulganliklari bois, ular bir gapni buzmasdan, begonalar kungliga chug tashlamasdan, sodda hamda tushunarli qilib bayon etadilar. Tap tortmasdan zaruratsiz begona erkaklar bilan aralashib yuradigan, shallaqi, erkakshoda ayollar Quron va islom maktabida talim olmagan zaifalardir.
Ular Allohning toati va ayollik ibosini masiyat va fisqu-fujurga ayirboshlaganlardir. Shayton nogorasiga uynagan bunday ayollar dunyoyu okhirat bakhtsizligidan uzga narsaga erishmaydilar.
Hayo samarasi
Hayoli insonlar iffatli, pokiza buladilar. Ular har bir holatlarida ham uzlarining iffatlarini saqlab qoladilar. Hayoning samaralaridan yana biri vafodir. Ahnaf ibn Qays aytadilar: Hech qachon yolgonchilik bilan mardonalik bir insonda jamlanmaydi. Mardonalik – samarali rostguylik, vafodorlik, hayo va iffatdir.
Ota-ona va murabbiylar vazifasi
Bola tarbiyasiga masul insonlar usib kelayotgan yosh avlodga hayo khulqini singdirishlari lozim. Ota-onalar farzandlari nimalar bilan mashgul ekanligini kuzatib borsinlar. Bolalari akhloqsiz doira tasiriga tushib qolishdan asramogimiz kerak. Ularda foydali kitoblarga nisbatan mehr uygoting. Buzuq kino-filmlar, bemani tomoshalar va behayo suzlardan ularni imkon qadar yiroq tuting.
Hayo faqat yakhshilik keltiradi
Kimning hayosi ziyoda bulsa yakhshiligi ham ziyodalashadi. Hayosi kamaygan bandaning khayriyati ham kamayadi.