Главная / Madaniyat / Odam alayhi salom qissasi

Odam alayhi salom qissasi

kissaOdam alayhi salom qissasi Quroni Karimning kupgina urinlarida, jumladan Hijr, Sod, Arof, Kahf, Baqara suralarida keltirilgan. Ushbu suralarda Odam alayhi salomning khalq qilinishi, farishtalarning unga sajda qilishga buyurilishi va bunga Iblis qanday munosabatda bulgani, Odamalayhi salomning Er yuziga khalifa qilib tushirilishi, ularning malum muddat jannatda yashaganliklari, iblisning ularni igvo qilishi va uning oqibatlari hamda Odamalayhi salom bolalarini shaytondan ehtiyot bulib yurishlari lozimligi haqida hikoya qilinadi. Bazi suralar yuqorida aytib utilganlarning barchasini bir urinda qamrab oladi, bazisi yarmini yoki undan kuprogini.

Allohning izni bilan ushbu aytib utilganlarni Qurondan dalil keltirgan holda kurib chiqamiz, sungra qissa okhirida undan kelib chiqadigan foydalar, khulosa va ibratlarni bayon qilamiz.

Odam alayhi salom ning yaratilish qissasi

Quroni Karimning eng asosiy khususiyatlaridan biri shuki, U insonlarga Dini, dunyosi va Okhirati uchun foydali bulgan ishlardan khabar beradi. Va ularni uzlariga dakhldor bulmagan va uni bilishning orqasida biron manfaat yuq bulgan gaybiy ishlar tugrisida bahslashishdan qaytaradi. (Masalan, Odam alayhi salom ga jannatda eyish man qilingan darakht qaysi ekanligi. Bu haqida quyida aytib utiladi.- tarj.) Odam alayhi salomning yaratilishi tugrisidagi ilm faqatgina Allohga khosdir, Biz uni Quroni Karimdek eng ishonchli manbadan olishimiz mumkin. Hijr surasida Alloh Taolo shunday deydi:

“Biz insonni qora balchiqdan (olib, sung) quritilgan loydan yaratganmiz. jinni (yani, iblisni)esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik”. (Hijr surasi, 26-27 oyatlar)

Bu erdagi insondan murod, Odam alayhi salomdir, chunki u inson naslining eng birinchi vakili hisoblanadi.

Alloh Subhanakhu va Taolo bu haqda shunday deydi:

“Ey insonlar, sizlarni bir jondan yaratgan va undan juftini vujudga keltirgan hamda u ikkovidan kup erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qurqingiz!” (Niso surasi, 1 – oyat)

Oyati karimadagi “bir jon”dan murod: Odam alayhi salomdir. Yuqorida keltirib utilgan Hijr surasining 26 – 27 oyatlarining manosi shuki: Alloh Taolo Odam alayhi salomni qop – qora quruq loydan yaratib, unga malum shakl bergan. Uning tafsilotlari va daqiq joylarini Allohdan uzga hech kim bilmaydi. Va jinni Odam alayhi salomdan avvalroq “Qizigan olov”dan yaratdi. Bu olov Samum deb ataladi, issiqligi shunday kuchliki, hatto badanlarni ilma – teshik qilib yuboradi.

Imom Muslim “Sahih”da Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Farishtalar nurdan, jin alanga – olovdan, Odam esa sizlarga (Quronda) vasf qilinayotgan narsadan yaratildi”.

Ushbu ikki oyatning manosi Rahmon surasida ham takidlanadi.

“U inson (Odam)ni sopol yanglig quruq loydan yaratdi. Jin (va shaytonlar)ni esa olovdan yaratdi”. (Rahmon surasi, 14 – 15 oyatlar)

Bu erdagi “olov”dan murod, haqiqiy olov yoki jahannam olovidan bulgan aralashmadir.

Etibor berilsa, Alloh Taolo Odam   alayhi salom ni bir necha bosqichlarda yaratganligini kurish mumkin. Bazi oyatlarda u tuproqdan yaratilganligi aytiladi, jumladan:

“Albatta Iysoning (otasiz tugilishining) misoli Alloh nazdida huddi Odamning misoli kabidirki, uni tuproqdan yaratib, sungra “Bul”, dedi. Bas, u (jonli odam) buldi”. (Oli – Imron surasi, 59-oyat)

Boshqa surada uning loydan yaratilganligi aytiladi:

“U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. U inson (Odam)ni dastavval loydan yaratdi”.(Sajda surasi, 7 – oyat)

Hijr surasida inson qora balchiqdan olinib, sung quritilgan loydan yaratilganligi, Rahmon surasida esa sopolga ukhshash quruq loydan yaratilganligi aytib utiladi. Sirtdan qaraganda bu oyatlar bir-biriga ziddek, mos emasga ukhshab kurinadi. Lekin, yakhshilab tadabbur qilinsa, ushbu zikr qilinganlar Odam alayhi salomning yaratilish bosqichi ekanligini bilish qiyin emas. Yani, avval tuproq loyga aylantirilib, sungra u qizitilgan va qora balchiq holiga kelgan, keyin qurigach, sopolga ukhshash quruq loyga aylangan. yana takidlab aytamizki, Ushbu oyatlar bir – biriga zid emas, balki birini ikkinchisi quvvatlab, tuldirib keladi.

Bazi mufassirlar Hijr surasi Ushbu oyatining tafsirida shunday fikrlarni bildirib utadilar: “Odam alayhi salomning qora balchiqdan olib quritilgan loydan yaratilishi sunggi bosqich hisoblanadi. Yaratilishining ilk bosqichi tuproq edi, sungra u loyga aylantirilgan, bu loy qorayib balchiq holatiga kelgan va qurigach, sopol kabi loyga aylangan”.

Ushbu oyati karimadan maqsad, Alloh Taoloning yaratgan ajoyibotlari va buyuk Qudratiga diqqatni jalb qilish va shu orqali Unga haqiqiy bandalik qilishga chorlashdir. Alloh ana usha moddalardan insonni nafaqat yaratdi, balki uni chiroyli kurinishga ega qildi. Odam bolasini boshqa makhluqotlardan ustun qilib quydi. Buni farishtalarning Unga sajda qilishga amr qilinishlarida ham kurish mumkin. Alloh Taolo aytadi:

“Darhaqiqat, Biz odam bolalarini aziz va mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda(ot – ulov va kemalarga) chiqarib quydik hamda ularga halol – pok narsalardan rizqu ruz berdik va Uzimiz yaratgan juda kup jonzotlardan afzal qilib quydik”. (Isro surasi, 70 – oyat)

Alloh Taoloning Odam alayhi salomni Er yuziga khalifa qilishi:

Alloh Odam alayhi salomni loydan yaratib, U va zurriyoti Er yuzini obod qilishlari uchun Uni khalifa qilishni iroda etdi. Va bu khohishini uzining muqarrab (yaqin) farishtalariga bildirish uchun shunday dedi:

(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), eslang Parvardigoringiz farishtalarga: “Men erda khalifa qilmoqchiman» deganida, ular aytdilar: “Erda buzgunchilik qiladigan, qonlar tukadigan kimsani (khalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni uluglaymiz va Seni(ng nomingni mudom) pok tutamiz”. (Alloh) aytdi: “Men Sizlar bilmagan narsani bilaman”. Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini urgatdi. Sungra ularnni farishtalarga rubaru qilib dedi: “Agar suzlaringiz rost bulsa, mana bu narsalarning ismlarini menga bildiringlar!”.Ular aytdilar: “Ey Pok Parvardigoro, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen Uzing ilmu hikmat Sohibidirsan. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir”-dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: “Sizlarga, Men Eru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan hamda yashirgan nasalarni bilaman, demaganmidim?” (Baqara surasi, 30 – 33 oyatlar)

Manosi: Ey, Karim zot bulmish Muhammad, Robingiz farishta1lariga “Men Erda khalifa qilmoqchiman”, deganini eslang. Alloh Taoloning farishtalarga bu khitobi maslahat yoki kengashish manosida emas, chunki U barcha makhluqot va amr-buyruqlarning YOlgiz Hojasidir va Uz makhluqotlariga maslahat solishdan Behojatdir. Ushbu khitobdan maqsad, Alloh Taoloning qilayotgan hikmatli ishini ularga elon qilish edi. YOki ushbu oyatda Alloh uz bandalarini biron ishni qilishdan avval aqlli va dono kishilarning maslahatini olishga urgatish va ularga talim berishdir.

Sung Alloh farishtalarning bunga bildirgan munosabatlarini bayon qiladi: “Erda buzgunchilik qiladigan, qonlar tukadigan, kimsani (khalifa) qilasanmi? Holbuki biz hamdu sano aytish bilan Seni uluglaymiz va Seni(ng nomingni) pok tutamiz”.

(Biz “Seni uluglaymiz” deb tarjima qilgan ibora Quron matnida “nahnu nusabbihu” tarzida keltirilgan, yani «Tasbeh aytamiz» deyilmoqda). “Tasbeh” aslida “sabh” suzidan olingan bulib, lugatda “suv yoki havoda tez suzib ketish” manosini anglatadi, shariy istilohlara esa “Alloh Taoloni barcha ayb – nuqsonlardan pok deb tan olish uchun shoshilish”ni bildiradi.

(“Pok tutamiz” deb tarjima qilingan ibora esa “nuqoddisu laka” tarzida ifoda etilgan). Uning masdari (harakat nomi) “taqdis” suzi – “Alloh Taoloni uluglash va Uni yuksak sifatlar bilan vasf qilish” manosini bildiradi. Demak, “tasbeh” – Allohni barcha nuqsonlardan kholi ekanligini tan olish, “taqdis” esa Uning mukammal sifatlarga egaligini tasdiqlash va etirof etishdir.

Oyati karimaning manosi: Ey Ulug Rabbimiz, Erda buzgunchilik qilib, qon tukuvchi kimsani khalifa qilasanmi? Holbuki, Biz Seni uluglab, Senga hamdu sanolar aytamiz va Sening ismingni pok tutamiz – ku?

Farishtalarning ushbu gaplari Alloh Taoloning amriga qarshi chiqish yoki Uning tadbiridan shikoyat qilish emasdi. Chunki, Ular Allohning eng muqarrab farishtalari, mukarram bandalaridir. Ularning ushbu suzlarni aytishlaridan maqsad – Er yuzida buzgunchilik qilib, qon tukuvchi bunday makhluqot (insonlar)ni yaratishdan Alloh Taolo qanday hikmatni kuzlaganini bilish edi, kholos. Farishtalar gayb ilmidan khabardor emasdilar, ular oldindan Er yuzida fasod ishlar bulishini bilishlari ham mumkin emas, illo Haq Taolo Uzi khohlagan bandalarini bundan khabardor qilishi mumkin.

Ibn Kasir uzining tafsir kitobida ushbu manoni izohlab shunday deydi: “Farishtalar insonning Erda buzgunchilik qilishini khos ilm bilan anglaganlar yoki insonning tabiatidan fahmlaganlar, zero Alloh Taolo ularga ushbu toifa makhluqotini qora balchiqlan olib sungra quritilgan loydan yaratilish khabarini bergan”.

Yuqorida aytib utganimizdek, farishtalarning bu suzlari Alloh Taologa etiroz bildirish yoki Odam bolasiga hasad qilish manosida emas, balki bu ishning hikmatidan khabardor bulish maqsadida aytilgan edi. Yani ular dedilarki: Ey Rabbimiz, ushbu toifa makhluqotlarni yaratishdan kuzlagan hikmating nima? Zero, ular Erda fasod, ishlarni qilib, kuplab qon tukadilar. Agar ularni yaratishdan maqsad Uzingga ibodat qilish bulsa, Biz Senga erta-yu kech hamdu sano aytib nomingni uluglaymiz. Bizdan Sening amringga khilof bulgan biron ish sodir bulgan emas. Erni obod qilishga bizlar ojiz emasmizku? Alloh Taolo ularga qarata “Men sizlar bilmagan narsani bilaman” – deb aytdi.

Yani: Men bu toifa makhluqotlarimni yaratishdagi va ularni Erda khalifa qilishdagi aniq manfaatlarni bilaman. Sizlar esa bilmaysizlar. Men ular orasidan paygambarlar chiqarib, uz elchilarimni yuboraman va ular ichidan siddiqlar, shahidlar va solih kishilar chiqadi.

Bazi ulamolar: “Ushbu oyati karimada Nabiy sollallohu alayhi va sallam ga tasalli berish manosi bor”, deb aytganlar, yani qavmlari U Zotni yolgonga chiqardilar. Va U zot sollallohu alayhi va sallam haqida bahslashib, uzlari bilmaydigan narsalar haqida hujjat – dalil talab qildilar. Zero, Paygambarlar kelganida odamlar ularni tasdiqlab, ularga itoat etishi, uz navbatida paygambarlar ham huddi Alloh Taolo muqarrab farishtalarga qilgan muomalasi kabi munosabatda bulishlari lozim edi. Yani, Ey Muhammad, Siz ushbu kofir qavmning aziyatlariga sabr qiling va hidoyat topgan zotlar yuliga erishing”

Sungra Alloh Taolo Odamalayhi salomni yaratish va Uni Erda khalifa qilishning hikmatlaridan birini bayon qiladi: Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini urgatdi. Sungra ularni farishtalarga rubaru qilib dedi: “Agar suzlaringiz rost bulsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiringlar!”

Yani: Alloh Taolo Odam alayhi salomga jannatda uzi yaratgan narsalarning nomini bildirishni ilhom qildi. Sungra bu ismlarni farishtalarga yuzlashtirdi va ularni ojiz qoldirish manosida: Agar Men yaratmoqchi bulgan insondan bilimliroq yoki afzalroqmiz degan gaplaringiz rost bulsa, Menga ushbu ismlarning nomini ayting – dedi. Lekin farishtalar javob berishga ojiz qoldilar va “Ey Pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen uzing ilu hikmat Sohibisan” dedilar.

Yani: Farishtalar uzlariga rubaru qilingan narsalarning ismlarini bilmasliklarini etirof etib shunday dedilar: Sening shaning ulugdir, Ey, Rabbimiz, bizlar Sen urgatgan narsalardan boshqasini bilmaymiz, Uzing barcha narsalarni daqiq joylarigacha Bilguvchi mutloq Alim, barcha makhluqotlaringni yaratishda va ularga amringni etkazishda Hakim bulgan Zotsan. Sen khohlagan bandangga ilm berasan, khohlagan bandangni undan man qilasan.

Shu erda Alloh Taolo tomonidan Odam alayhi salomga farishtalardan suralganda, ular javob berishdan ojiz qolgan ismlarning nomini khabar berishi buyurildi: “(Alloh): “Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir” – dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: “Sizlarga Men Eru osmonlarning sirlarini va sizlar inkor qilgan hamda yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?”

Ushbu oyati karimada Alloh Taolo Odam alayhi salomni farishtalarga usha ismlardan khabar berishni buyurmoqda. Bunday maqsad Odam alayhi salomning fazlini zohir qilish va insonni ne sabab bilan khalq qilinganligini bayon qilish edi. Bu ish Alloh Taoloning eng hikmatli tadbirlaridan biri bulgan.

Ushbu oyatlardan oladigan ibrat va foydalarimiz shunday iboratki, Alloh Taolo Odam alayhi salom va Uning zurriyotini Er yuzida Allohning khalifasi bulib, u erni obod qilishlari va kuplab amali solihlarni bajarishlari uchun tanladi;

– Odam alayhi salom talimni Alloh Taoloning Uzidan olgan va bu ilm nazar va fikr yuli bilan amalga oshirilgan, u erda biron khatolik yoki yanglishish sodir bulmagan, chunki bu ilmni inson Allohdan bevosita olmoqda. Ushbu ilm sohibi (Odam   alayhi salom) Er yuzida khalifa bulishi uchun tayyorlandi. Shu bilan Er yuziga eng odil qonunlar tuplami bulmish shariy hukmlar nozil bula boshladi.

Farishtalarning Odam alayhi salomga sajda qilishi va bunda Iblisning tutgan urni

Quroni Karimdagi kupgina suralarda Alloh Taoloning farishtalarni Odam alayhi salomga sajda qilishga buyurishi va Iblisning bu amrdan bosh tortishi haqidagi oyatlar takrorlanib keladi. Masalan, Baqara, Arof, Hijr, Isro, Qahf, To ha, Sod va boshqa suralarda, jumladan  Baqara surasida Alloh Taolo aytadi:

“(Ey Muhammad), eslang, Biz farishtalarga Odamga sajda qiling deyishimiz bilan ular sajda qildilar, faqat Iblis kibr va or qilib kofirlardan buldi”. (Baqara surasi, 34 – oyat)

“Sajda” lugatda “buyin egish, uzini past olish”, shariy istilohda esa “ibodat qilishni niyat qilib peshonani erga quyish” manolarini anglatadi.

Ulamolar Alloh Taoloning farishtalarga buyurgan sajdasi qanday bulganligi tugrisida bir necha qavllarni keltirib utadilar, ularning kupchiligi: “Oyati karimada kuzga tutilgan sajda lugatdagi manoga mos keladi” degan fikrni bildiradilar.

Yani: Farishtalarning Odam alayhi salomga sajda qilishlaridan murod, Uning fazlini iqror etish, Unga tazim bildirish va hakozo. Bu sajdadan maqsad, ibodat niyatidagi peshonani erga quyish emas, chunki Alloh Taolodan uzgaga ibodat qilish shirk amaldir, farishtalar shirkdan yiroqdirlar. Allohning farishtalarni Odam alayhi salomga sajda qilishga amr qilishidan yana bir maqsad, ularni sinash va yakhshidan yomonni ajratish edi. Bu narsani Allohning hikmati taqazo qildi. Buni ushbu oyatda kurishimiz mumkin:“Ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib kofirlardan buldi”.

Yani: Ey oqil inson, uzingga vaz – nasihat va ibrat olish uchun Rabbing farishtalarga: “Odamga, Unga tazim va ikrom keltirish uchun sajda qiling” deganini esla. Barcha farishtalar Allohning amriga buysundilar, illo Iblis takabburlik va gurur bilan bu amrdan bosh tortdi. Buning sababi Allokh Taoloning nematlariga shukr qilmaslik edi. Va natijada osiylardan bulib, Allohning rahmatidan uzoqlashtirildi.

Ulamolar Iblisni, farishtalardan bulganmi yoki yuq?, degan masalada ikki khil fikrni bildirishadi:

Huddi Odamning asli ins bulgani kabi Iblisning ham asli jindir. Shuningdek, u olovdan yaratilgan, farishtalar esa nurdan, Iblisning zurriyoti bor, farishtalarda esa yuq. Bu haqida batafsil malumot Kahf surasida keltiriladi:

Eslang, (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), farishtalarga: “Odamga sajda qiling”, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga buysunishdan bosh tortdi. Endi sizlar Meni quyib, uni va zurriyotini dust tuturmisiz?! Ular sizlarga dushmanku! U zolim kimsalar uchun naqadar yomon “urinbosardir”. (Kahf surasi, 50 – oyat)

Oyati karimaning manosi: Ey oqil inson, Biz farishtalarni Odamga sajda qilishga buyurganimizni esla. Ularning barchasi sajdaga egildilar, faqat Iblis takabburlik qilib sajda qilmadi, chunki u Alloh Taolo olovdan yaratgan jin toifasidan edi, u Bizning toatimizdan chiqdi, shunday ekan, u Mening lanatim va gazabimga munosibdir. Ey Odam bolalari, undan uzoqlashing, vasvasasidan ehtiyot buling hamda u va zurriyotidan chetroq yuring, chunki ular sizga ochiq dushmandir. Ularni uzlariga dust qilib oluvchilar yakhshini yomonga almashtiribdilar, ular Alloh Taoloning toatidan chiqib, Iblis va uning zurriyotiga itoat etibdilar.

Ushbu oyati karimadan malum buladiki, Odam bolalari hamda Iblis va uning zurriyotlari urtasidagi adovat-dushmanlik azal – azaldan davom etib kelmoqda.

Ushbu eslatmadan murod, insonni shayton vasvasasidan ehtiyot bulib yurishga chaqirish va unga qarshi chiqishga ruhlantirish. «Arof» surasilda Iblisni Odam alayhi salomga sajda qilishdan tusgan narsa bayon qilinadi:

“Aniqki, Biz sizlarni yaratdik, sung sizlarga surat berdik, sungra farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, dedik, bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qilguvchilardan bulmadi. (Alloh) dedi: “Men senga buyurgan paytimda seni sajda qilishdan nima tusdi?”. “Men undan yakhshiroqman. Meni olovdan yaratgansan. Uni esa loydan yaratding”, dedi u. (Alloh) dedi: “U holda undan tushgin! Sen uchun unda kibru havo qilib yurish joiz emas. Bas, chiq! Albatta sen khor bulguvchilardandirsan!”. “Menga ular tiriladigan Kungacha muhlat ber”, dedi u. (Alloh)dedi: “Sen muhlat berilganlardansan”. U aytdi: “Qasamki, endi meni yuldan ozdirganing sababli mudom Sening Tugri Yuling ustida ularni kutib utirurman. Sungra ularga oldilaridan va ortlaridan, unggu sullaridan kelib (Tugri Yuldan ozdirurman) va ularning kuplarini shukr qilgan hollarida topolmaysan”. (Alloh) aytdi: “Undan jirkanch va maglub holda chiq! Qasamki, ulardan kimda – kim senga ergashsa, albatta jahannamni sizlarning barchalaringiz bilan tuldirurman”. (Arof surasi, 11 – 18 oyatlar)

Yani: Biz otalaringiz Odamni biron suratga ega bulmagan holida loydan yaratdik, sungra surat berdik.

YOki: Biz sizlarni otalaringiz Odamning beli(sulb)da yaratdik va sizlardan Alloh Taologa ibodat qilishlaringiz va Unga biron narsani shirk keltirmasligingiz tugrisida miysoqni olayotgan paytimizda sizlarga surat berdik.

“Sungra farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, dedik, bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qilguvchilardan bulmadi”.

Sungra Alloh Iblisni sajda qilishdan tusgan sabablarni bayon qiladi:

(Alloh) dedi: “Men senga buyurganimda seni sajda qilishdan nima tusdi?”

Yani: Alloh Taolo Iblisga tanbeh va malomat manosida: Men seni farishtalar bilan birga sajda qilishga buyurgan bulsamda, seni undan nima tusdi yoki seni sajda qilmaslikka nima undadi.

Sungra Iblisning javobi keltiriladi: “Men undan yakhshiroqman. Meni olovdan yaratgansan. Uni esa loydan yaratding”.

Yani: Iblis tavba qilib, uz ishiga afsuslanish urniga, Alloh Taologa masiyat qilishda davom etib, gurur va manmanlik bilan: Men undan yakhshiroqman, chunki men olovdan yaratilganman, u esa oddiygina loy unsuridan yaratilgan,- dedi. Sungra Alloh Taolo dedi: “U holda undan tushgin!”, yani Menga, Mening amrimga isyon qilganing va toatimdan buyin tovlaganing sababli jannatdan chiq…

“Sen uchun unda kibru havo qilib yurish joiz emas”, yani jannatda manmanlik qilish durust emas, chunki u er mutakabbirlar uchun tayyorlanmagan, zero u Mening toatimga itoat etuvchilar, kamtarin zotlarning makonidir.

“Bas, chiq! Albatta sen khor bulguvchilardandirsan!”, yani ey Iblis jannatdan chiq, sen Alloh va Uning suyukli bandalari nazdida khor bulguvchilardansan, bunga sabab sening mutakabbirliging va gururligingdir.

Sung Iblisning Alloh Taolodan nima talab qilgani va unga qanday javob qilingani bayon etiladi: U(Iblis): “Menga ular tiriladigan Kungacha muhlat ber”,- dedi

Yani: Iblis aytdi: Ey Rabbim, mening ajalimni kechiktir, meni Odam va uning zurriyoti qabrlaridan tiriladigan Kun (Qiyomat kuni)gacha uldirmay tur.

Iblis bu bilan ulimdan qutulishni va Qiyomatgacha Odam bolalarini yuldan ozdirishni khohlagan edi.

(Alloh) aytdi: “Sen muhlat berilganlardansan”.

Yani: Alloh Taolo Iblisga Malum Vaqt (Qiyomat Kuni)gacha uning ajali kechiktirilganligini aytmoqda.

Keyin, Iblisning Odam va uning zurriyotini yuldan ozdirib, makr-hiyla ishlatishga va ularga ozor berish uchun vada berganligi hikoya qilinadi: U aytdi: “Qasamki, endi meni yuldan ozdirganing sababli mudom Sening Tugri Yuling ustida ularni kutib utirurman”.

Yani: Meni yuldan ozdirganing va Uz rahmatingdan uzoqlashtirganing sababli Odam va Uning zurriyotini Haq Yulda kuzatib turaman va ularni undan tusaman. Ularni Tugri Yuldan adashtirish uchun har bir vositani ishga solaman.

“Sungra ularga oldilaridan va ortlaridan, unggu sullaridan kelib (Tugri Yuldan ozdiraman)”, yani, ularga dushman uz raqibiga hujum qilishi mumkin bulgan turt tomondan: old, orqa, chap va ung tomondan yaqinlashaman va men ularni Sening Tugri Yulingdan adashtirmay quymayman.

Oqibatda “Ularning kuplarini shukr qilgan hollarida topolmaysan”. Yani, Ularning aksariyat qismini amringga buysunmagan va bergan nematlaringga shukr qilmagan hollarida kurasan.

(Alloh) aytdi: “Undan jirkanch va maglub holda chiq!”

Yani: Alloh Taolo Iblisga: “Jannatdan malomat qilingan, tahqirlangan va rahmatimdan quvilgan holingda chiq” – dedi.

“Qasamki, ulardan kimda-kim senga ergashsa, albatta jahannamni sizlarning barchalaringiz bilan tuldirurman”.

Yani: Jannatdan haydalgan holingda chiq, va shuni bilki, jin va ins toifasidagi kimki senga ergashsa, ularning ham sening ham borar joying jahannam buladi. U naqadar yomon joy!

Hijr surasida Ushbu qissani tuldirib keluvchi oyatlar mavjud. Unda Iblis sodiq, ikhlosli muminlarni Tugri Yuldan chalgita olmasligini etirof etgan. Alloh Taolo aytadi:

  “(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), eslang, Rabbingiz farishtalarga: “Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson Yaratuvchiman. Bas, uni tiklab, ichiga, Uz(dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!”, dedi. Barcha farishtalar unga sajda qildilar. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan bulishdan bosh tortdi. (Alloh) dedi: “Ey Iblis, senga ne buldiki sajda qilguvchilar bilan birga bulmading?”. (U) aytdi: “Men qora balchiqdan olinib, (odam surati berilgach), quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman”. (Alloh) dedi: “Bas, undan (jannatdan)chiq! Endi sen, quvilgan malunsan”, yani, Mening rahmatimdan uzoqlashtirilgansan va “To jazo Kunigacha senga lanat bulur”, yani jazo va hisob Kuni bulmish Qiyomatgacha senga lanatim davomiy buladi.

Shunda Iblis: Ey Rabbim, menga ular tiriladigan Kungacha muhlat ber, mening jonimni olmay tur, – dedi. Alloh: “Senga muhlat berildi”,- deb aytdi. Bunga “shukr” sifatida Iblis shunday dedi: Endi meni yuldan ozdirganing sabab, men ularning barchasini yuldan adashtiraman, ularga Er yuzida gunoh va masiyatlarni ziynatlab kursataman, illo bular ichida sodiq, mukhlis bandalaringgagina bas kela olmasman, chunki ularning iymonlari, Senga bulgan ishonchlari kuchli. Shunda Alloh dedi: “Mening zimmamdagi Tugri Yul shudir”. Yani: Ey Iblis, mening mukhlis bandalarimni yuldan ozdira olmasliging Mening hikmatim, adolatim va rahmatimdir.

“Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday hukmronlik yuqdir”, yani: Mening ikhlosli bandalarimni Tugri Yulda chalgitishga qudrating etmaydi.

“Illo senga ergashgan gumrohlarnigina(yuldan ozdira olursan)”. Yani: Lekin, faqatgina adashib, senga ergashgan odamlar orasidagi iymoni zaif bulgan kimsalarnigina Tugri Yuldan ozdira olursan.

“Ularning barchalari uchun vada qilingan joy jahannamdir”. Yani, Iblis va unga ergashgan, Tugri Yuldan chalgiganlarning borar joyi jahannamdir. Yuqorida keltirilgan malumotlar Hijr surasining 28 – 43 oyatlarida zikr qilib utilgan.

Isro surasining 61 – 65 oyatlarida ushbu qissa boshqa uslubda hikoya qilinadi. Alloh Taolo aytadi:

Eslang, Biz farishtalarga: “Odamga sajda qiling” deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis: “Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi?”- dedi.

Iblis uz Kholiqi bulmish Alloh Taologa takabburlik va manmanlik bilan shunday dedi: Men olovdan yaratilgan bulsamda, loydan yaratilgan shu Odamga sajda qilamanmi? Holbuki, men undan afzalman.

Iblis Ushbu gurur va isyon bilan cheklanmadi, va Rabbisiga shunday khitob qildi: “Menga khabar berginki, mana shu kimsani mendan ustun qildingmi? Qasamki, agar sen meni Qiyomat Kunigacha qoldirsang, albatta men Uning zurriyotinii qirib yuborurman, magar ozginalarigina (Haq Yulda qolur)”.  Yani: Iblis odobsizsik bilan uz Kholiqiga shunday dedi: Menga ushbu, loydan yaratilgan inson haqida khabar ber. Nima uchun uni mendan afzal qilib quyding va unga sajda qilishimni buyurding? …

Qasam ichamanki, agar mening ajalimni Qiyomatgacha kechiktirsang, ularning ozchiligidan boshqa hammasini halok qilurman. Odam zurriyotining barchasini uz izmimga buysundiraman, va uzimga mute qilib olaman, faqat oz kishilar bundan mustasnodirlar.

Shunda Alloh Taolo aytdi: “Bor, (senga muhlat berdim). Bas, ulardan Kim senga ergashsa, u holda, shubhasiz jahannam sizlarga etarli jazo bulur!”.

Yani: Alloh Taolo tahqirlash manosida Iblisga shunday dedi: Bor, dargohimdan quvilgan va lanatlangan holda chiq, sening ajaling Qiyomat Kunigacha kechiktirildi. Bas, ulardan kimki senga ergashsa, hammangizning jazoingiz jahannam buladi. Bu mukammal jazo bulib, undan biron narsa noqis qilinmas. Sungra Alloh(subhanahu va Taolo) boshqa yul bilan Iblisga khitob qiladi: “Ulardan kuching etgan kimsani ovozing bilan quzgat, ularning ustida otliq va piyoda (lakarlaringni)tort, topgan mol-davlat va bola – chaqalarida ularga sherik bul, ularga (yolgon) vadalar qil. Darhaqiqat, shayton ularga faqat aldov-yolgon narsalarnigina vada qilur”.

Alloh Taoloning ushbu amridan murod Iblisni qurqitish, uni va vasvasasini tahqirlashdir.

Yani: Alloh Taolo unga dedi: Bor, ey malun, quvilgan Iblis qulingdan kelganicha odam bolalarini vasvasa qil, ularga yolgon vadalar ber va tinchsizlantir, makr – hiyla bilan uzingga jalb et, vasvasang bilan ularni masiyat ishlarga chorla, ularni Tugri Yuldan adashtirish uchun barcha makrlaringni tupla. Ularning mol – mulklariga sherik bul, uni jamlashga va harom yulga sarflashga unda. Ularning bola-chaqalarida ham sherik bul, odobsiz farzand qilib tarbiyalashlariga qiziqtir. Ularga botil va yolgon vadalar ber. Va shayton ularga aldovdan boshqa narsani vada qilmaydi.

Sungra Alloh Taolo ushbu oyati karimani sodiq muminlarning qalblariga khotirjamlik solish bilan yakunlaydi. U aytadi: “Mening (iymon – etiqodli) bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat-hukmronlik bulmas. Parvardigoringning Uzi etarli Vakildir”.

Yani: Sen Mening sodiq va ikhlosli bandalarimni yuldan ozdirishga qodir emassan. Rabbingning Uzi etarli Vakildir, ular Unga tavakkul qiladilar, uz ishlarini topshiradilar va shaytonning makr – hiyla va fitna – vasvasalaridan saqlashni suraydilar. Alloh Taolo eng yakhshi saqlaguvchi va yordam berguvchi Zotdir.

Sod surasining 71 – 83 oyatlarida ham ushbu qissa uziga khos uslubda hikoya qilinadi, yani bu oyatlarning sunggida Alloh Taolo keskin tarzda shayton va unga ergashganlarni jahannamga kiritishini takidlaydi. Qissa ushbu oyat bilan boshlanadi:

Eslang, Parvardigoringiz farishtalarga degan edi: “Albatta Men loydan bir odam yaratguvchiman. Bas, qachon uni tiklab, unga uz ruhimdan puflab kirgizganimdan sung unga sajda qilgan holingizda yiqilinglar!” Farishtalarning barchasi sajda qildilar, magar Iblisgina kibru havo qilib, kofirlardan buldi. (Shunda Alloh) dedi: “Ey Iblis, Men Uz “qullar”im bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan nima seni man qildi? Kibru havo qildingmi yoki sen yuksak martabali zotlardan edingmi?”

Yani: Alloh Taolo Iblisga haqorat va tergash ohangida Uz “qullar”im bilan yaratgan va qudratim bilan unga surat bergan Odamga sajda qilishdan seni nima tusdi? Sen unga sajda qilishdan manmanliging tusdimi yoki sen nohaq uzini boshqalardan katta olguvchilarlan buldingmi?

Iblisning javobi shunday buldi: “Men undan yakhshiroqdirman, sen meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding”. Sungra Alloh Taolo unga shunday javob qildi: “Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi, sen shubhasiz quvilgan – malunsan. Va albatta to Jazo Kuni (Qiyomat)gacha senga Mening lanatim bulur”.

Keyin Iblis Allohdan utinib suradi: “Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan Kungacha muhlat bergin”.

Shunda Alloh Taolo shunday javob qildi: “Bas, sen malum vaqtda etib keladigan Kungacha muhlat berilganlardansan”.

Iblis Inson va Uning zurriyotiga uz adovatini davom ettirib shunday dedi: “Endi Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yuldan ozdirurman. Magar ularning orasidagi (ayrim) pokiza bandalaringgina (Haq Yuldan ozmay qolurlar)”. Shu erda Iblisga Alloh Taoloning eng odil iqobi – jazosi aytiladi: “Haqqa (qasam), faqat haqni ayturmanki, albatta Men jahannamni sen va (odamlar) orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan tuldirurman!”.

Yani: Haq bilan qasam ichib aytamanki, Men jahannamni sen, sening jinsingdan bulganlar va senga ergashganlar bilan tuldiraman, chunki, Mening amrimga buysunmay, Menga osiy bulganlarning jazosi shu!

Iblisning Odam alayhi salomni igvo qilishi haqida

Alloh Taolo Odam alayhi salom va uning juftiga jannatni maskan tutishni amr qildi, va u erdagi barcha mevalardan eyishga rukhsat berdi, illo birgina darakhtni ularga man qildi. Lekin, Shayton ularni uz vasvasasi bilan aldab, usha man qilingan darakhtni eyishga undadi. Ular undan edilar, va bu narsa ularning jannatdan chiqarilishlariga sabab buldi.

Bu haqda Baqara surasida shunday deyiladi:

Va, aytdik: “Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va undan khohlagan joylaringizda bemalol taomlaninglar. Faqat mana bu darakhtga yaqinlashmanglarki, u holda zolimlardan bulib qolasizlar”.

Yani: Biz farishtalarni Odamga sajda qilishga buyurganimizdan sung ularning barchasi amrimizga buysundilar, illo Iblisdan tashqari, sungra Biz Odamga hurmat – ehtirom bilan: “Ey Odam, siz uz juftingiz bilan jannatni maskan tuting”, dedik.

Jumhur ulamolarning fikricha, bu erdagi jannatdan murod “Dorus – savob” (“Mukofotlar diyori”)dir, uni Alloh Taolo Qiyomat Kunida muminlar kirishlari uchun tayyorlab quygan. Boshqa bir ulamolar u erdagi jannatdan murod, Erdan baland joydagi bog – roglar bulib, Alloh uni Odam va uning jufti uchun yaratgan, deb aytadilar.

Alloh Taoloning “Undan khohlagan joylaringizda bemalol taomlaninglar” degan suzi uning fazlu karamidan bir nishonadir. Sungra Alloh ularni muayyan bir darakhtni eyishdan qaytarganligini bayon qiladi: “Faqatgina mana bu darakhtga yaqinlamanglar, u holda zolimlardan bulib qolasizlar”.

Yani: Sizlar jannatdagi mevalardan khohlagancha englar, lekin mana bu Biz sizlarga cheklagan darakhtdan ehtiyot bulinglar. Agar Bizning amrimizga khilof ish qilib undan esanglar, uz nafsiga zulm qiluvchi bandalardan bulib qolasizlar. Mufassirlar ushbu eyishdan man qilingan darkhtning ismi va navi tugrisida bir necha fikrlarni aytib utganlar. Aytiladiki: u anjir edi, yoki uzum. Lekin Quroni Karimdan uning qaysi darakht ekanligi zikr qilinmagan.

Imom ibn Jarir ushbu mano haqida juda yakhshi fikrlardan birini aytib utgan: “Bu borada eng yakhshi yul: Alloh Taolo Odam va uning juftini jannat darakhlaridan birini eyishni man qilgan, deyishlikdir, chunki u darakht qaysi ekanligi tugrisida bizda biron aniq ilm yuqdir. U Quroni Karim va sahih hadislarda ham zikr qilinmagan. Aytiladiki, u bugdoy edi, u uzum edi… Bu shunday ilmki, uni bilguvchi biron manfaat kurmaydi, uni bilmay qolgan odamga esa hech qanday zarar bulmaydi”.

Shunday sung Alloh Taolo Odamning khato qilganini bayon qiladi:

“Bas, ularni shayton yuldan ozdirdi”.

Yani: Shayton ularni adashtirdi, ular ham uning vasvasasiga quloq osdilar va Rabbilarining amrini unutdilar, natijada Alloh ularni meva va turli nozu – nematlarga tula bulgan jannatdan chiqardi…

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …