Главная / Madaniyat / Zuho surasi tafsiri

Zuho surasi tafsiri

suraNozil bulgan joyi: Makka.

Oyatlar soni: 11.

Tartib raqami: 93.

Sura manosi: choshgoh vaqti.

Sababi nuzul: Jundub Bajaliy rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam kasal bulib qolib, ikki yo uch safar tungi namozga turolmadilar. Shunda bir ayol kelib, “Ey Muhammad, menimcha, shaytoning seni tark qilgan”, dedi. Shunda Alloh azza va jalla bu surani nozil qildi” (Bukhoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyati).
Boshqa rivoyatlarda keltirilishicha, Jabroil alayhis salomning vahiy olib kelishi kechikkanida, mushriklar: “Muhammadni ilohi tark etdi”, deb ovoza qilishgan. Keyin Alloh Zuho surasini nozil qilgan.

Bismillahir-rohmanir-rohiym

1-2. Choshgoh vaqti va kirib kelgan tunga qasamki… 
Ushbu ikki oyatda Alloh taolo choshgoh vaqti va zulmati bilan atrofni qorongi qiluvchi tun bilan qasam ichmoqda.

3. Parvardigoringiz Sizni tark etgani ham, yomon kurib qolgani ham yuq!

Choshgoh va tun bilan qasamki, ey Muhammad, Parvardigoringiz Sizdan vahiyni uzib quygani yuq, Sizga gazab qilgani ham yuq. Mushriklar bekor aytibdilar.

4. Albatta okhirat Siz uchun dunyodan yakhshiroqdir.

Ushbu oyat ikki khil tavil qilanadi:

– okhirat diyori, jannat va undagi boqiy nematlar Siz uchun utkinchi dunyodan yakhshiroqdir (Shu sabab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dunyoga qiziqmadilar, undan taqvo qildilar va oddiy hayot kechirdilar);

– Sizning kelajagingiz utmishingizdan, hayotingiz okhiri boshidan kura yakhshiroqdir. Zero, kundan-kunga Sizning martabangiz kutarilib, musulmonlar soni ortib bormoqda.

Ikkala tavil ham bir-birini tuldiradi.

5. Yaqinda Parvardigoringiz Sizga (shunday nematlarni) ato etadiki, Siz (bundan) rozi bulasiz.
Parvardigoringiz fath va galabalar, ulug savob, jannat va undagi havzni, qiyomatda ummatingizni shafoat qilish maqomini beradi va Siz bundan rozi bulasiz.

6. Akhir U Sizni etim holingizda topib, boshpana bermadimi?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hali ona qornidaliklaridayoq otalaridan, olti yoshlarida muhtarama onalaridan ayrildilar. Alloh taolo u zotning bobolari qalbiga Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nisbatan cheksiz mehr-shafqat hissini soldi. Abdulmuttolib vafotidan sung Rasululloh sollallohu alayhi va sallam amakilari Abu Tolibning qaramogida qoldilar. Risolatlan oldin ham, keyin ham uzoq yillar Abu Tolib u zotni himoya qilishda davom etdi. Bularning hammasi, oyatda aytilganidek, Alloh taoloning tabdiri bilan bulgan.

7. Sizni gofil holingizda topib, hidoyatga solmadimi?
Muhammad sollallohu alayhi va sallam avvalda imon, paygambarlik, Quron va shariat nimaligini bilmasdilar. Ustiga-ustak qavmlarining etiqodi va amallarida zalolat hukmron, ishlariga shirk va kufr aralashgandi. Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga vahiy yuborib, u zotni hidoyatga boshladi va shariatni talim berdi.

8. Va Sizni muhtoj holda topib, boy qilib quymadimi?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining avvalida kambagal edilar. Keyin Alloh taolo u zotni moddiy tarafdan tukis qilib quydi va qanoatli qildi. Ayniqsa, Khadicha binti Khuvaylid roziyallohu anhoning tijorat karvonlariga boshchilik qilganlari va keyinchalik u ayolni nikohlariga olganlaridan keyin boy-badavlat kishilardan biriga aylandilar.

9. Bas, etimga qahr qilmang!
Shunday ekan, ey Muhammad, endi Siz etimni khurlamang. Uning haqini poymol qilib, zulm utkazmang. Balki uni izzat-ikrom qiling! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlari davomida etimparvar buldilar va ummatlarini ham bu ishga targib qilib keldilar.

10. Va surovchini haydamang!
Biron narsa surab kelgan tilanchini haydamang, unga muloyim buling. Unga biron narsa ehson qiling yoki chiroyli muomala bilan ortiga qaytaring.

11. Va Parvardigoringiz nemati haqida gapiring.
Ushbu oyatda Alloh taolo Paygambarini berilgan nematlarga shukr tariqasida ularni oshkor qilish, nematlar haqida gapirishga buyurmoqda.
Anas ibn Bashirdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam minbarda turib, “Kim ozga shukr qilmasa, kupga ham shukr qilmaydi. Kim odamlarga shukr qilmasa, Allohga ham shukr qilmaydi. Allohning nematlari haqida gapirish shukrdir. Uni tark qilish kufrdir. Jamoat rahmatdir”, dedilar” (Bayhaqiy “Sunanul kubro”da zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Hasan ibn Ali roziyallohu anhu ushbu oyat haqida: “Agar biron yakhshilikka erishsang, bas, uni birodaringga ayt”, degan (Ibn Abu Hotim rivoyati). Abu Nazra aytadi: “Musulmonlar, nematlar haqida gapirish uning shukridir, deb bilishardi” (Ibn Jarir rivoyati).

О нас

Яна маълумот

Oxb5vMnYXmu6c091XpmRkIR2xL87yNFn

12:40 33852 2 «Bu tizimni fuqarolarimizning oyogiga kishan qilganmiz» — Prezident propiskani isloh qilish buyicha topshiriq berdi

Parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish buyicha aniq takliflar …