Главная / Madaniyat / ONA YuRING HAJGA BORAMIZ!

ONA YuRING HAJGA BORAMIZ!

Mehr quyib yolgon dunyoga,
Qachongacha davron suramiz?
Sajda qilib Qodir Khudoga,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Zimmangizda ruzgor tashvishi,
Shu tashvishni baham kuramiz,
Tugamaydi bu dunyo ishi,
Ona yuring HAJGA boramiz.

chegara

Gar Kabani kilmasak tavof,
Makhshar kuni yuzi qoramiz,
Bu dunyoda eng katta savob,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Bir kun ulim khaqdir ey inson,
Qutulmoqqa yuqdir choramiz,
Bormoq kerak khar bir musulmon,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Qalbimizda iymon ulmasin,
Kholimizga shayton kulmasin,
Kunglimizga armon bulmasin,
Ona yuring HAJGA boramiz.

Asrab sizni jondan ziyoda,
Boshga quyib boray piyoda,
Armonim shu meni Dunyoda,
Ota yuring HAJGA boramiz,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …