Главная / Madaniyat / YOShLAR TARBIYaSIDA OILANING URNI

YOShLAR TARBIYaSIDA OILANING URNI

tarbiya Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuygulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bulishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda usib-unayotgan bolalarimizga bogliq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yakhshi yulga quyilar ekan, usha oila, usha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol kupchilikni uylantiradi. Kupchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Khususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tugilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shugullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-akhloq va talim-tarbiyaga etibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga etti qushni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan khalqimizga khos. Mana shu maqolning uzi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechoglik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar kuchada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo utib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib tugri yulga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, guzal khulqli bulish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Oiladagi muhit ota-ona uz masuliyatlarini his qilishi bilan barqaror buladi. Bolalarning odobli bulib ulgayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida kurganini qiladi”, deb bejiz aytmagan khalqimiz.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan uzaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan buladi. Shuning uchun uning atrofdagilari uz odatlari bilan bazan uzlari sezmagan holda ularga tasir qiladilar. Oiladagi qupol munosabatlar, kup yolgon gapirish, yoqimsiz khatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy tasir qiladigan nosoglom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim urin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qupol, dagal suzlar eshitib, kaltak eb katta bulsa, bu uning tabiatiga salbiy tasir qiladi. Bu esa uz navbatida oiladagi nosoglom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “manaviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat manaviyatiga ham salbiy tasir kursatadi.
Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” tasiriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy tasir kursatmoqda.
Istiqlol tufayli khalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi khalq va urf-odatlarni guvohi bulib qaytmoqdalar. Shu jumladan Evropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda garb usmirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zuravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli akhloqsiz hatti-harakatlarga ruju quyishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.
Inson hayoti davomida biror shakhsni uziga urnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak chuqqilarga chiqishni kuzlaydi. Bugun jamiyatning yosh azolari uz hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini urnak qilib olishlari kup muammolarni keltirib chiqarmoqda.
XXI asrda turli hayot tarzlari va goyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat uzligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bulishi lozim. Aks holda, uzlikni yuqotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yuq manqurtga aylantirib quyadi. Hozirgi kunda garazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar bazi millatlarning uzligini yuqotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda etibor khududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yunaltirilgan.
Albatta bola tarbiyasi uta murakkab va masuliyatlidir. Bu har bir ota-onadan uz ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha malumotlardan bakhobar bulib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy kursatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki uz ichiga diniy-akhloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psikhologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama etuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, akhloqiy tarbiya berish sifati va kulamini oshirish talabini quyadi.
Talim-tarbiya, odob-akhloq bolalikdan berilgani maqul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz uz farzandlaringizni tartib-intizomga urgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yakhshiroqdir”, deya marhamat qilganlar.
Bolalarni intizomga urgatish oila mustahkamligiga asos buladi. Islom shu manoda ota-onalarni uz farzandlariga soglom tarbiya berishga ragbatlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yakhshi khulq bilan khulqlantiring” deb takidlangan.
Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuygulariga chuqur tasir kursatadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bulgan tarbiya bolaning shakhsiyati shakllanishida uta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib utgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “…tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga etadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bulsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga uta etiborli bulish lozim.
YOshlarning qalbi va ongida soglom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygusini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab etishga uz umri va salohiyatini bagishlagan allomalarimizning asarlarida soglom avlod tarbiyasi bilan bogliq masalalarga alohida urin berilgan.
Sharq allomalari uz asarlarida farzandlarga tarbiya va talim berish, uni marifatu madaniyatga etaklash muammolariga etibor berganlar.
Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, guzal akhloqning inson kamolotiga sabab buluvchi yuksak fazilat ekanini takidlaganlar. Jumladan, Imom Bukhoriyning “al-Adab al-mufrad hadislar tuplami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul gofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan.
Yurtimiz ulamolari uz asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni khulq asosi bulgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida takidlaganlar:

– farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinsuz, muloyim, bosiq va kamtar bulishiga etibor qarating;

– odamlar khursandchiligini baham kurish, gam-anduhidan qaygurish, mol-mulkiga khiyonat qilmaslik, yakhshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni khulq egalariga khos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu khislatlarni bolalikdan singdirish payida buling;

– farzandingizga uzgalar bilan muomala chogida boshqalarni giybat qilish, uzgalarni mensimaslik, obrusi, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat kursatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;

– yoshi ulug kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning kuziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga etibor bering.

     Ota-bobolarmiz azaldan ugil qizlarning guzal khulqli, odobli bulishiga katta ahamiyat berganlar. Binobarin, islom dinida ham akhloq imon qatoriga quyiladi.

     Farzand tarbiya qilganda odatda ugil bolalar tarbiyasi bilan kuproq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shugullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani kurishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin suz bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni urganadi, asosiy malumotni shu yosh oraligida egallaydi. Bu davrda biz kuproq amaliy jihatdan namuna bulishga urinishimiz, soglom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur buladi.
Oilada otaning bolalariga loqayd bulishi okhiri khunuk oqibatlarga sabab buladi. Loqaydlik yomon illat bulib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yul ochadi. Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va manfaatli ilm hamda yakhshi amalni urgatmagani oqibatida uz farzandidan zarur ijobiy hislatlarni shakllantira ololmagan. Farzand ham otasining yakhshi tarbiyasidan mahrum bulib usadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr usmirlik payti bulib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yakhshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan urganadi. Bu davrda farzand tugri yulga solinsa, tarbiyali dustlarga hamroh qilinsa, uning odobli bulib, yakhshi inson bulishi uchun muhim qadam quyiladi.
Odatda onalar uz bolalarining khato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yul quygan khatolari, qul urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola uz vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qurqmasdan qilaverishi mumkin.
Mehr-muhabbat berishda ham meyorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha tugri-notugri khatti-harakatlarini maqullash yoki khatto indamaslik farzandning umuman tarbiyasiz bulib usishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan sustlashtirib quyadi, mehr kursatish esa uni yanada faol bulishga undaydi. Erka usgan bola faqatgtna shakhsiy manfaatlarini kuzlaydigan, masuliyatsiz bulib voyaga etadi.
Shuning uchun farzandning barkamol inson bulib etishida onaning khizmati juda zarur va muhimdir.
Bolalik chogida farzandning qalbi uta yumshoq va tasirga beriluvchan buladi. Shu bois diniy talimotlarda bolalarni mehr bilan erkalash, farzandning bolalik davrini khursand utkazishga alohida etibor qaratiladi. Ayniqsa, qiz bolaning kungli nozik bulishini hisobga olib, ularga alohida mehr kursatishga chaqiriladi. Diniy talimotlarda ota-ona uz farzandlariga talim-tarbiya berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad (alayhissalom): “Farzandlaringizga talim bering, chunki ular sizniki bulmagan vaqt uchun tugilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning uz zamonasi ilm-fani, talimiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.
Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinsuzlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bulib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, talimni ham gazab va jazolash bilan amalga oshirmagan maqul. Zero, zurlab berilgan talim bola khotirasidan tezda uchib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi sunishi mumkin. Bundan kurinadiki, talimning avvali ham yakhshi tarbiyadan boshlanadi.
Islom talimotida yosh avlodning jismonan soglom va baquvvat bulib ulgayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda Paygambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni urgatinglar”, deganlar.
Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda Ijtimoiy tarmoqlar turi tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikasiya vositalari muhim aloqa vositalari bulishi bilan birga bazi manaviyati tuliq shakllanmagan sust yoshlarga salbiy tasir kursatmoqda. Ijtimoiy tarmoq tasiriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, uquv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.
Tarbiyadan tashqaridan buladigan salbiy tasir bu, eng katta khatardir. Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yul quyilmagach, u uz qiziqish va ragbatlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta etibor qaratishi talab etiladi. Yani, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qaerga borishi, nima bilan shugullanishini nazorat qilish lozim.
Farzandga bilim olish uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Paygambarimiz (s.a.v.): “Ilm olish har bir musulmon va muslima uchun farzdir”, deb marhamat qilganlarida, ugil va qiz farzandlarimizga ilm olish uchun barobar sharoitni taminlash kerakligini nazarda tutganlar.
YOsh avlod etuk va komil shakhs bulib voyaga etishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bulsa “kitobkhonlik”. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilingan. Ommaviy, ilmiy kutubkhonalar, “Aybuk” tarzidagi kitob-kafe dukonlari va boshqalar suzimizning yaqqol misolidir.
Ota-ona farzandiga vaqtni unumli utkazishni urgatishida vosita sifatida foydalanishi mumkin bulgan usullardan yana biri-zamonaviy akhborot tekhnologiyalaridan oqilona foydalanishdir.
Ota-ona bolada estetik tarbiya, guzal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni uzi bilan birga tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida guzallik latofatini singdirishi muhim.
Khulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam manaviy immunitetli, uzining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning manaviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli khavf-khatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda uzining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-etiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona tasirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir buladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular uz ota-bobolariga, uz tarikhi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va annalariga sodiq bulib kamol topishsin.

О нас

Яна маълумот

pul

Daryoda oqizilgan pul

Bir kishi tijorat maqsadida safar qilmoqchi bulgan ekan. Lekin savdo uchun tuplagan moli ozlik qilib, …