Главная / Madaniyat / Moshning foydali khususiyatlari

Moshning foydali khususiyatlari

 moshMoshda kup miqdorda miya, yurak va asab tizimi faoliyatini qullab-quvvatlab turuvchi barcha foydali moddalar ― magniy, fosfor, kaliy mavjud. Agar istemol qilinadigan taomlar ruykhatiga muntazam moshli ovqat qushilsa, stress holatlarni osonlik bilan utkazish va uzini yuqotmaslikka erishiladi, khotira va kurish qobiliyati yakhshilanadi, suyaklar va bugimlar yanada mustahkamroq buladi. Moshda allergiya va astmani engishda yordam berish kabi shifobakhsh khususiyatlar ham bor. Moshdan foydali kukat-nihol undirib olish uchun uni yigib terib olinganidan ikki yildan kup muddat utmagan bulishi lozim. Buning uchun namlik kirib turishi uchun tagida teshiklari bor idish olinadi.
Idishning tagiga yupqa mato (masalan, marli-doka) solinadi, sung idishga mosh solinadi. Bu idishdan kattaroq boshqa idish olinib, uning ichiga birinchi idish quruq mosh bilan solinadi. Sungra mosh ustiga uni kumiladigan darajada suv solinadi. Quruq joyga quyiladi. 4 soat utgach, suv tukib tashlanadi va yangitdan suv quyiladi. Keyingi kun mosh unib, kukarib chiqqanini kurasiz. Shundan 3 kun utgach, unib chiqqan kukat nihollarini tagidagi mosh uruglari bilan qushib istemol qilish mumkin. Faqat eyishdan oldin ularni yuvishni unutmang. Bazi hollarda unib chiqqan uruglar achchiq tam beradi, buni tugrilash oson, ularni qaynoq suvda yuvib tashlansa bas.
Jannatmakon diyorimizda moshdan moshkichiri, moshkhurda va moshugra kabi turli lazzatli taomlarni tayyorlab, ularni khush kurib tanovul qilamiz.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …