Главная / Madaniyat / Masjid odoblari

Masjid odoblari

masjid1. Avvalambor shuni esda tutish lozimki, diyorimiz masjidlarida Hanafiy mazhabida namoz uqiladi.
2. Masjidga gusl va tahoratli holda kelish lozim.
3. Badbuy hidlardan khalos bulib, khushbuylanib kelish lozim.
4. Masjidga kelishdan oldin khom piyoz, sarimsoq, tamaki, nos va boshqa utkir hidli taomlar istemol qilmaslik lozim.
5. Kasb-kori yuzasidan har khil joylarda ishlaydiganlar (masalan, quruvchilar, chilangarlar, chorva mollarini boquvchilar va boshqalar)               ibodatga badbuy ish kiyimlarda emas, toza va yuvilgan kiyimlarda kelishlari lozim.
6. Masjidga keluvchilar ibodatga yaroqli bulgan holda sog-salomat bulishlari kerak.
7. Har qanday yuqumli kasalliklarga chalinganlar masjidga, yani jamoatga faqat tula davolanib bulgandan sung kelishlari lozim.
8. Masjidga oyoq kiyimini va paypoqlarni tozalab kirish lozim.
9. Masjidga ung oyoq bilan kirib, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi.
10. Masjidga kirayotganda “Bismillah, salamun ala Rosulillah, Allohummaftah liy abvaba rohmatik” duosini uqiladi.
11. Masjidga kiruvchilar qul telefonlarini butunlay uchirib quyishlari lozim.
12. Namoz uqiyotganlar oldidan kesib utmaslik lozim.
13. Masjidga kirgandan sung, agar namoz uqish makruh bulmagan vaqt bulsa, ikki rakat tahiyatul masjid namozini utirmasdan oldin uqib olish         lozim.
14. Masjidga kirgandan keyin namoz uqimay chiqib ketmaslik kerak.
15. Masjid hududida, ayniqsa, khonaqohlarda dunyoviy gaplarni gapirmaydi, boshqalarning ibodatiga khalaqit bermaydi, Allohni zikr qilib           utiridi.
16. Namoz uqiyotganda boshqalarni chalgitmaslik maqsadida makhfiy aytiladigan barcha zikrlar va duolarni tovush chiqarmasdan aytish lozim.
17. Ibodat paytida bular-bulmasga yutalaverish, aksa urish odobdan emas.
18. Oldingi saflarda bush joy bula turib, orqadagi saflarga va utish joylariga utirib olmaslik kerak.
19. Namozkhonlarning elkalardan oshib utmaslik lozim.
20. Ulamo va yoshi uluglarni iloji boricha oldingi qatorlarga utkazgan maqul.
21. Saf tortganda, saflarning tugriligi oyoq uchlari bilan emas, oyoq tupiqlari yoki elkalarning tugriligi bilan tekislanadi (chunki oyoq                   uzunliklari har kimda har khil va tanalar oldin yo orqa bulib qolish ehtimoli bor).
22. Iloji boricha namozkhona ichida bosh sajdaga tushadigan joylardan oyoq bosmasdan utilgani maqul (oyoq ostining chirkinligi peshonaga                 tegmagani yakhshi).
23. Namozkhon bosh kiyimli bulgani afzal (sunnat).
24. Kun davomida quyosh chiqish va botish, quyoshning qiyom vaqti (yani, namoz uqish harom payti)da, shuningdek, imom khutba uqiyotganida, maruza          qilayotganida nafl namoz uqimaslik, gaplashmaslik hamda qori masjidda Quron tilovat qilayotgan paytida namoz uqimaslik lozim. Tahiyatul      masjid namozi bunday paytlarga tugri kelgan vaqtda urniga “Subhanalloh, valhamdulillah, vallohu akbar” deb aytish mumkin.
25. Namozdagi qiyomda turganda, ruku va sajdaga borganda, qadada utirganda yonma-yon turganlarning ham namoziga khalaqit bermaslik uchun               tirsaklar va oyoqlarni ortiqcha keng qilmagan maqul.
26. Namoz tugamasdan oldin turib ketish notugri. Albatta, uzrlilar bundan mustasno.
27. Qiroat va duo qilinayotganda shoshib masjiddan chiqib ketmaslik kerak (Tahorati tang bulib qolganlar bundan mustasno).
28. Masjidni pok va ozoda saqlash, masjid hovlisiga tuflamaslik lozim.
29. Masjidga avrat azolari ochilgan yoki ruku-sajda qilganda avrati ochilib ketadigan kalta va tor kiyimlarda kelish mumkin emas.
30. Masjidga kelgan namozkhonlarning buyumlari, kiyim, pul, telefon kabilarini ugirlash harom bulib, bu ishning hukmi va jazosi oddiy                 ugirlikdan qattiqroq sanaladi.
31. Masjiddan shoshilmay va tiqilinch hosil qilmay, qariya va yosh bolalarga etibor berib chiqib ketish kerak.
32. Masjiddan chiqayotganda, “Bismillah, salamun ala Rosulillah. Allohumma, inniy asaluka min fazlik”, deb duo qilinadi.

Nozimjon Iminjonov

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …