Главная / Madaniyat / Tavbaning shartlari va uni mukammal qilish amallari

Tavbaning shartlari va uni mukammal qilish amallari

svet“Tavba” suzi juda buyuk suz. U chuqur mano-mazmunga ega. Kupchilik uylaganidek, tavba til bilan “Tavba qildim, astagfirulloh” deb quyib, yana gunohni qilaverish emas. Alloh taolo Quronda bu haqda shunday degan: “(Alloh buyuradiki), Rabbingizdan magfirat (kechirim) surangiz, sungra Unga tavba qilingiz” (Hud, 3). Oyatga yakhshilab etibor qilsak, istigforning uzi kifoya emas ekan, endi tavba ham qilish kerak ekan. Tavbadek buyuk ishning albatta uziga yarasha shartlari bor. Tavba qabul bulishi uchun usha shartlar bajarilishi lozim va lobuddir. Ulamolar Quron va hadisda kelgan tavbaga oid malumotlarni yakhshilab urganib, uning quyidagi shartlari borligini elon qilganlar:

1. Gunohdan tezda tukhtash.

2. Gunohga pushaymon bulish.

3. Gunohga qaytmaslikka azmu qaror qilish.

4. Haq egalariga haqlarini qaytarish yoki ularning roziligini olish.
Bazi ahli ilmlar tavbaning haqqoniy bulishi uchun yana quyidagi shartlarni ham keltiradilar.

1. Gunohni tark etish faqat va faqat Alloh uchun bulishi, boshqa narsa uchun emas.

    Masalan, gunoh qilishga qudrati etmaganidan, unga qaytishning ilojisi bulmaganidan yoki odamlarning suzlaridan qurqib gunohni tark etish haqiqiy tavba hisoblanmaydi. Obrusiga futur etishidan, odamlar kuziga yomon kurinishdan, vazifasidan olinishidan qurqib gunohni tark etgan kimsa tavba qiluvchi hisoblanmaydi. Sogligini, quvvatini saqlash maqsadida gunohni tark etgan kimsa tavba qiluvchi hisoblanmaydi. Misol uchun: spiddan qurqib yoki jismi zaiflashishidan khavotirlanib zinoni tark etsa. Puli yuqligi uchun aroq ichmagan yoki giyohvand modda istemol qilmagan yokhud tamaki chekmagan kimsa, usha gunohdan tavba qiluvchi hisoblanmaydi.
Uz ikhtiyoridan tashqari sabab bilan gunoh qilmagan kimsa ham tavba qiluvchi sanalmaydi. Masalan, yolgonchi kimsa tildan qolgani uchun yolgon gapirolmayotgan bulsa, u mazkur gunohdan tavba qiluvchi sanalmaydi. Odatda zino qilib yurgan kimsa impotent (jinsiy ojiz) bulib qolgani uchun zinoga bormayotgan bulsa, u mazkur gunohdan tavba qiluvchi hisoblanmaydi. Ugri bir baloga yuliqib, oyoq-qullari ishlamay qolgani uchun ugrilik qilmayotgan bulsa, u mazkur gunohdan tavba qilgan hisoblanmaydi.
Balki bunday kimsalarning tavbalari haqiqiy bulishi uchun ular usha gunohlariga nadomat qilishlari, usha gunohni qilish orzusidan, qilolmayotganlik afsusidan butunlay uzilishlari, unday uy-khayollarni batamom tukhtatishlari kerak. Ana shundagina ularning tavbalari chin buladi. Paygambar alayhissalom bu borada “Nadomat tavbadir” deganlar. Imom Ahmad, Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Dinimizda bir gunohni qilishdan ojiz bulsa-da, uni suzi bilan orzu qilgan kimsa khuddi usha gunohni qilgandek manzilda buladi. Paygambar alayhissalom uzlarining muborak hadislaridan birida shunday deganlar: “Albatta, bu dunyo turt nafarnikidir. Alloh bir bandaga mol va ilm bergan. U ushbu nematlarda Robbisiga taqvo qiladi, silai rahm qiladi va u nematlardagi Allohning haqqini taniydi. Bu eng afzal manzildir. Alloh bir bandaga ilm bergan-u, mol bermagan. U banda yakhshi niyat qilib, “Agar mening ham molim bulganida, falonchidek amal qilgan bulardim” deydi. U usha niyati bilan avvalgi bandadek maqomga kutariladi. U ikkisining ajri tengdir. Alloh bir bandaga mol bergan-u, ilm bermagan. U ilmsiz ravishda molini notugri tasarruf qiladi. Usha molida Robbisiga taqvo qilmaydi, silai rahm ham qilmaydi va usha molidagi Allohning haqqini tanimaydi. Bu eng yomon manzildir. Alloh bir bandaga mol ham, ilm ham bermagan. Ammo u (yomon niyat qilib): “Agarda mening ham molim bulganida, falonchi qilgan ishni qilardim” deydi. U usha niyati bilan avvalgi bandadek manzilga tushadi. U ikkisining gunohi tengdir”. Imom Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan.

2. Gunohning qabihligini va zararini his qilish.

Kishi qilgan gunohini eslaganda lazzat va hursandchilikni his etsa yoki kelgusida yana usha gunohiga qaytishni orzu qilsa, uning tavbasi sahih bulmaydi. Olimlardan biri gunohning zararlarini quyidagicha keltirgan ekan:

1) Ilmdan mahrum bulish;
2) Qalbdagi vahshat;
3) Ishlarning qiyinlashishi;
4) Tananing zaiflashishi;
5) Toatdan mahrum bulish;
6) Barakaning ketishi;
7) Tavfiqning kamayishi;
8) Yurakning siqilishi;
9) YOmonliklarning paydo bulishi;
10) Gunohlarga odatlanish;
11) Gunohkorning Alloh nazdida arzimas bulishi;
12) Gunohkorning odamlar nazdida arzimas bulishi;
13) Hayvonlarning unga lanat aytishi;
14) Khor bulishi;
15) Qalbning mukhrlanishi;
16) Umumiy lanat ostiga kirish;
17) Duoning ijobat bulmasligi;
18) Dengizu quruqlikda fasodning yoyilishi;
19) Gayratning yuqolishi;
20) Hayoning ketishi;
21) Nematlarning zoyil bulishi;
22) Uch va qasosning tushishi;
23) Qalbda kuchli qurquv (bezovtalik) bulishi;
24) Shaytonning tuzogiga tushishi;
25) YOmon khotima topishi;
26) Okhirat azobiga giriftor bulishi.

    Kishining ushbu zararlarni bilishi uni gunohlardan butunlay uzoqlashishiga yordam beradi. Chuki, bazi kishilar bir gunohdan boshqasiga utib olishadi. Bunga sabab esa quyidagicha:

A) Yangi gunohni avvalgisidan engilroq deb biladi;

B) Yangi gunohga nafs kuproq moyil buladi va shahvat ham unda juda jushadi;

V) Yangi gunohni qilishga sharoit va imkon bor buladi. Avvalgisi makhsus tayyorgarlikni talab qilsa, yangisini shu zahoti, shu joyning uzida qilishga imkon buladi;

G) Ogaynilar, sheriklar shu yangi gunohni qilib yurgan buladi. U esa usha ogaynilaridan ajralgisi kelmaydi. Natijada u ham sheriklariga qushilib, usha gunohni qiladi.

Chunki, bir shakhs bir gunohi sababli urtoqlari orasida qandaydir “obruga”, “martabaga” erishib turgan bulsa, usha “obru”ni quldan chiqarish mazkur shakhsga juda qiyin buladi, natijada usha gunohni qilishda davom etaveradi.

3. Tavba qilishga shoshilish kerak.

Tavbani kechiktirish, orqaga surishning uzi ham alohida gunoh bulib, unga ham istigfor aytib, tavba qilish kerak. Shuning uchun hozirdan boshlab tillarimizni “Istigfor”ga mashgul qilib, amaliy tarzda tavba qilishni boshlashimiz kerak!

4. Tavbasi noqis bulib qolgan bulishi va buning natijasida u qabul bulmay qolishidan qurqish, khavotirlanish kerak.

Kishi tavba qilar ekan, “Tavbam qabul buldi” deb uziga suyanib qolishi va Allohning makridan, azobidan khotirjam bulishi aslo mumkin emas.

5. Allohning haqqida va bandalarning haqlarida noqislikka yul quygan bulsa, ularni bajarib quyish kerak.

Misol uchun, utgan yili zakotga qodir bula turib, usha zakotni bermagan bulsa, bu yil berib quyishi kerak. Namozlarni qazosini uqishi kerak. Odamlarning mollarini nohaq uziniki qilib olgan bulsa, olib borib berishi kerak. Birovdan qarz olib, bermay yurgan bulsa, zudlik bilan haqdorni topib, olgan qarzni qaytarishi kerak. Birovni giybat qilgan bulsa, yolgon gapirgan bulsa, haqorat qilgan bulsa, obrusiga til tekkizgan bulsa, borib, undan uzr surashi va haqqini halol qilishi kerak va hokazo.

6. Agar bir joyda bir gunohni ikki marta sodir etgan bulsa, usha joydan ketish, uzoqlashish kerak.

Bunga “Yuz kishini uldirgan odamning tavbasi” haqidagi hadis misol buladi. Abu Said Sad ibn Molik ibn Sinon al-Khudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlardan oldingilar ichida 99 ta jonni uldirgan bir kimsa bor edi. U er yuzi ahlining eng bilimdon kishisini surishtirdi. Uni bir rohibga dalolat qilindi. U rohibning oldiga keldi va uzining 99 ta jonni uldirganini, tavba qilishiga imkon bor-yuqligini suradi. Rohib: “Imkon yuq” deb javob berdi. Boyagi kimsa rohibni ham uldirdi va sanoqni 100 taga etkazdi. Keyin yana er yuzining eng ilmli kishisini surishtirdi. Uni bir olimga dalolat qilindi. U borib, uzining 100 ta jonni uldirganini, endi tavba qilishiga imkon bor-yuqligini suradi. Olim: “Imkon bor. Sen bilan tavba orasini kim tusa oladi?! Sen falon erga bor. U erda Alloh taologa ibodat qilayotgan insonlar bor. Ular bilan birga ibodat qil. Uz eringgga qaytma. Chunki, u yomon joy ekan” deb javob berdi. Boyagi kimsa aytilgan tomonga junadi. Yarim yulga etganda, ulim farishtasi unga etib oldi (vafot etdi). U odam khususida rahmat farishtalari bilan azob farishtalari tortishdilar. Rahmat farishtalari: “Bu odam tavba qilgan holda qalbi bilan Alloh taolo sari ketayotgan edi” deyishdi. Azob farishtalari: “Bu odam hech yakhshilik qilmagan” deyishdi. Shunda ularning yoniga bir farishta odam suratida keldi. Farishtalar uni bu ishga hakam qildilar. U: “Sizlar uning yashagan joyi bilan bormoqchi bulgan joyini ulchab kuringlar. Bu odam qaysi tarafga yaqinroq bulsa, usha tarafga hukm qilinadi” dedi. Farishtalar ulchab kursalar, u odam bormoqchi bulgan tarafiga yaqin ekan. Darhol uning ruhini rahmat farishtalari kutarib oldilar”. Muttafaqun alayh.
Bir rivoyatda: “U odam bir solih qishloqqa bir qarich yaqinroq ekan. Shuning uchun usha qishloq ahlidan deb etibor qilindi” deyilgan. Boshqa bir rivoyatda esa: “Alloh taolo bu erga “Bu odamdan uzoqlash” deb, bunisiga esa “Bu odamga yaqinlash” deb vahiy qildi va ularning orasini ulchanglar” deb buyurdi. Farishtalar ulchashsa, u odam bunisiga yaqinroq ekan. Bas, uni magfirat qilindi” deyilgan.

7. Gunohga yordam beruvchilardan uzoqlashish kerak.

Alloh taolo Quronda: “U kunda taqvodorlardan uzga dustlar bir-birlariga dushmandirlar” (Zukhruf, 67) deb marhamat qilgan. Bu dunyoda bir-biriga yomonlik yulida yordamchi bulganlar, gunoh ishlarda ulfat bulganlar qiyomat kuni bir-birlarini lanatlashadi. Bir hadisda “Suhbat tasir qiluvchidir” deyilgan. Khalqimizda ham “Qozonga yaqin yursang qarosi yuqadi” degan maqol bor. Shuning uchun unday oshnalardan ajralish-uzoqlashish, ularni tark etish, ulardan uzilish, ulardan ehtiyot bulish lozimdir. Shunday holatlar bulganki, kishilar avvalgi yomon ulfatlari bilan aloqani tiklaganlarida eski gunohlarini qaytadan qila boshlaganlar.

8. Uzida mavjud bulgan yomon va harom narsalarni yuq qilish.

Misol uchun uyida aroq turgan bulsa, uni tukib tashlash, kompyuterda va telefonda fahshga undovchi, ibodatdan, Allohning zikridan, oila nafaqasidan, farzand tarbiyasidan, Vatan va din khizmatidan chalgituvchi, vaqtni ugirlovchi musiqa va qushiqlar, zinoga undovchi, turmush urtogiga khiyonat qilishga zamin yaratuvchi rasm, video, qissa, hikoya, sher va hokazolarni uchirish, shu mavzudagi kitoblar, risolalarni yoqish, yalongoch haykallarni sindirish lozim buladi. Istiqomat va tavba ostonasida johiliyat libosini echish usha istiqomat va chin tavbaga erishishning eng muhim yullaridan biridir. Qanchadan-qancha qissalarda gunohiga sabab bulgan harom narsalarni uzida saqlab qoldirgani uchun keyinchalik tavbasidan qaytgan, hidoyatdan keyin zalolatga ketganlar haqida aytiladi. Alloh taolodan tavbamizda sobit turishimizda yordam berishini suraymiz!

9. Yangi solih dustlar orttirishga harakat qilish.

Zero, ular kishini yakhshilikka, ibodatga undab, gunohdan tiyib turadilar. Yuqoridagi “Suhbat tasir qiluvchidir” hadisini bu erda ham keltirib utsak buladi. Zero, solih dustlardan yakhshilik, odob-akhloq, fayz utadi.

10. Gunohlarda usgan tanasini Allohning toatiga burib, halol taomlarga etiborni qaratib, haromdan bitgan gushtlar urnini halol etlar egallashiga bor kuch-gayratini qaratish.

11. Tavbani gargaradan va Quyosh magribdan chiqishidan oldin qilish.

     Gargara – tanadan jon chiqayotgan paytda tomoqdan keladigan ovoz. Bundan maqsad shuki, tavba qiyomatning kichik (ulim) va katta (Quyoshning magribdan chiqishi) alomatlaridan oldin bulishiga erishish kerak. Chunki, Paygambar alayhissalom hadislardan birida: “Kim gargara bulishidan oldin tavba qilsa, Alloh undan (bu tavbani) qabul qiladi” deganlar. Imom Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan. Boshqa bir hadisda Nabiy alayhissalom: “Kim Quyosh magribdan chiqishidan oldin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi” deganlar. Muslim rivoyati.
Tavbaning barcha shartlarini uz urniga quyib, chinakam nasuh tavba qilishni Alloh barchamizga nasib etsin! Uzining huzuriga gunohsiz holda borishni barchamizga muyassar aylasin, omin!

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …