Главная / Madaniyat / Firavn va qushinining halokatidan sung Bani Isroilning Muso alayhis salomga qilgan muomalasi

Firavn va qushinining halokatidan sung Bani Isroilning Muso alayhis salomga qilgan muomalasi

piramidaFiravn qushini bilan ayanchli suratda halok qilingach, Muso alayhissalom qavmi Bani Isroilni YOlgiz Allohga ibodat qilish, yuksak khulqlar bilan sifatlanish va Allohning nematlariga shukr qilishga chaqirdi. Ibrohim surasida bu davatning bir kurinishi keltirilgan. Alloh taolo aytadi: “Haqiqatan, Biz Musoni Uz oyatlarimiz bilan yuborib, (unga dedik): “Qavmingni zulmatlardan nurga olib chiq va ularga Allohning kunlarini eslatgin! Albatta bunda har bir sabr-qanoatli, shukr qiluvchi kishi uchun oyat-ibrat bordir”. Ushanda Muso qavmiga aytdi: “Allohning sizlarga bergan nematlarini – sizlarni ogir azob bilan qiynayotgan, ugillaringizni uldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Firavn odamlaridan qutqarganini eslang. Ana usha ishlarda Parvardigoringiz tomonidan buyuk sinov bordir. Yana Parvardigoringiz bildirgan (bu suzlarni) eslang: “Qasamki, agar sizlar shukr qilsangiz, albatta ziyoda qilaman. Endi, agar kufroni (nemat) qilsangiz, albatta azobim ham juda qattiqdir”. Muso yana dedi: “Agar sizlar uzingiz va er yuzidagi barcha kishilar kofir bulsangizlar ham (ziyon etkaza olmaysizlar). Zero, Alloh Behojat, hamdu sano Egasidir” (Ibrohim surasi, 3-8-oyatlar).
Ushbu oyati karimalarni uqib mulohaza qilgach, Muso alayhissalom qavmini eng oliy, eng hikmatli uslub bilan haq yulga davat qilganini bilib olamiz. Avvalo u Yakkayu Yagona Allohga ibodat qilishga chaqirib, ularga Allohning nematlarini, usha nematlar qatorida Alloh Bani Isroilni ashaddiy dushmanlari bulmish Firavn va ayonlari zulmidan ozod qilganini eslatmoqda. Malumki, avvalda Firavn Bani Isroil qavmi boshiga ne kunlarni solgan edi. Ana usha azoblarning eng kattasi, endigina dunyo yuzini kurgan ugil bolalarni uldirib, qiz chaqaloqlarni tirik qoldirish bulgan.
Shundan keyin Muso alayhissalom ularga Allohning oyatlarini, agar unga imon keltirib solih amallar qilsalar, saodatga erishishlari, kufr yulini tanlasalar, gunohga botsalar, badbakhtlar qatorida bulishlarini eslatdi. Keyin Alloh shukr qiluvchi bandalariga nematlarini ziyoda qilishi, berilgan tuhfalarni inkor qilib, nonkurlik qilganlar esa alamli-shiddatli azobga giriftor bulishi aytildi. Oyatda davomida barcha kofirlarning kufri Allohga zigircha ham zarar etkza olmasligi, Alloh taolo olamlardan behojat va hamdu sanoga eng munosib Zot ekani takidlandi.
Muso alayhissalom shuncha jiddu jahd qilib, tasirchan va hikmatli nasihatlar bilan qavmni tugri yulga chorladi. Khush, uning qavmi Bani Isroil bunga qanday munosabatda buldi? Afsuski, qavmning aksariyati hali ham eski dardlaridan forig bulmagandi. Ular Muso alayhissalomga isyon qilar, unga teskari munosabatda bular, ibodatda Allohga sherik qilishda oyoq tirab turib olgandi. Ularning naqadar johil ekanliklarini Muso alayhissalomdan, khuddi boshqa qavmlarda bulgani kabi bir nechta ilohlar qilib berishini talab etishlaridan ham bilib olish qiyin emas.
Alloh taolo aytadi: “Va Biz Bani Isroilni dengizdan utkazdik. Shunda ular butlarga siginib turgan bir qavm oldidan utdilar va: “Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi khudo qilib ber”, dedilar. U aytdi: “Albatta sizlar bilmaydigan qavmdirsiz. Akhir ularning (ibodat qilib) turgan narsalari yuq buluvchi, qilib turgan amallari botil-ku?!” (Muso yana) dedi: “Men sizlarni butun olamlardan afzal qilib quygan Allohdan uzgani sizlarga khudo qilib beramanmi?!” (Ey Bani Isroil,) sizlarni yomon azob bilan qiynayotgan, ugillaringizni uldirib, qizlaringizni qoldirayotgan Firavn odamlaridan qutqarganimizni eslang! Bu ishlarda Parvardigoringiz tomonidan ulug imtihon bordir” (Arof surasi, 138-141-oyatlar).
Alloh taolo Firavn va lashkarlarini halok qilgach, Bani Isroil dengizning narigi sohiliga eson-omon utib oldi va muqaddas zamin tomon yulga tushdi. Ammo ular yulda butlarga siginayotgan qavmni kurib qoldilar. Bu holatga kuzlari tushib, eski dardlari quzib qoldi. Budparastlikka moyil tabiatlari ularni Muso alayhissalomdan mana shu qavm ibodat qilayotgan ilohlar kabi bir iloh yasab berishni surashga undadi.
Ular bu talabni urtaga tashlaganlarida Muso alayhissalom qattiq gazablandi va ularni haqiqatni bilmaslikda, johillikda ayblab, qilayotgan ishlari aslida botil ekani, Alloh ularga ulug nematlar bergani, buning evaziga esa ular Allohga ikhlos bilan ibodat qilishlari lozimligini takidladi.
Alloh taoloning “Va Biz Bani Isroilni dengizdan utkazdik”, degan qavli Alloh ularga bergan ulug nematlari bayonidir. Ha, Bani Isroilning ashaddiy dushmani bulgan Firavn uz qushini bilan Muso alayhissalom va u kishiga ergashgan kishilarni quvlab dengizgacha etib keldi. Shunda Alloh taolo tarafidan Muso alayhissalomga asoni dengizga urish amr qilindi. Aytilgan ish bajarilgach, dengiz ikkiga bulinib, urtada quruq yul paydo buldi. Muso va izdoshlari eson-omon daryoni kechib utishdi. Ular narigi tomonga utib bulishgach, Alloh ularga lutf kursatdi: kuz unglarida dushmanlarini suvga garq qildi. Bu erdagi “dengiz”dan murod “Qulzum” dengizidir. Hozirda u “Qizil dengiz” deyiladi. “Shunda ular butlarga siginib turgan bir qavm oldidan utdilar”. Bu erda ular dengizni kechib utishgandan keyin kurgan bazi narsalari bayon qilinmoqda. Khush, mushriklarning botil ibodatlarini kurishlari ularga qanday tasir qildi?
Aslida ular kurgan narsalarini tan olmasdan inkor qilishlari, undan chetroq yurish harakatida bulishlari lozim edi. Sababi, ular Firavn va qavmi butlarga ibodat qilishlari asnosida ming bir azobni boshidan utkazishgan, Bani Isroil najotiga aynan usha butlarni past sanash sabab bulgandi. Qolaversa, Allohning Paygambari Muso alayhissalom ularni Allohning fazliga erishishlari uchun Allohning tavhidiga chaqirib kelardi. Lekin Bani Isroil avvalgi buzuq aqidasini tashlamagandi. Chunonchi, ular butlarga siginayotgan qavmni kurishlari bilan jonsiz toshlarga topingilari kelib qoldi. Sarkash qavm bunga shu qadar maftun bulganidan ularni YOlgiz Allohga ibodat qilishga chaqirgan Muso alayhissalomning aynan uzidan yangi bir iloh – but yasab berishni talab qilishdi. Sarkash va johil qavm shirkka kuzlari tushishi bilan Muso alayhissalomga qarata:

– Ey Muso, bizlarga ham ularning ilohlari kabi khudo qilib ber, dedilar .

Ular bunday talabni urtaga tashlashlariga sabab, qalblarida imon hali mustahkam urnashmagan, Firavn qulostidalik vaqtlarida but-sanamlarga siginish odati qon-qonlarigacha singib ketgandi. Mana shu buzuq aqida ularning aqllaridan ustun kelar, nafslari eski odatlarini qumsab turardi.
Kasallik badanni shikastlagani kabi qalbni ham jarohatlaydi. Bani Isroil qavmi bir adashib olmagunicha hidoyat topmas, bir pastga shungib olmagunicha yuqoriga kutarilay demas, eski kasallik khurujini boshdan kechirmagunicha tugri yulga yura olmasdi. Bani Isroilning Paygambarlari yuziga tik boqib, “Bizlarga ham ularning ilohlari kabi khudo qilib ber”, deb aytgan gaplari ular naqadar odobsiz va aqlsiz bulganlarining dalilidir. Sababi, ular usha mushrik qavm singari butlarga siginish uchun rukhsat suraganlarida ham johilliklari biroz “engilroq” bulardi. Ammo ular buni yuzsizlarcha surashdi. Vaholanki, ular aynan shirkdan uzoq bulishga davat qilinib kelayotgandilar!
Muso alayhissalom ularning bu talabini eshitib, Alloh uchun, dini uchun qattiq gazablandi va ularni tergash manosida:

– Albatta sizlar bilmaydigan qamdirsizlar, dedi.

Yani, ey Bani Isroil, sizlarning bu talabingiz qalbingiz jaholatga tula ekani, usha jaholat aqllaringizni egallab olganidan darak beradi. Shu sabab sizlar hidoyat bilan zalolatni, uz ulugligi va sifatlarida Yakkayu Yagona Alloh bilan toshdan yasalgan butlar urtasidagi farqni bilmayapsizlar! Ilmdan uzoqdaligingiz, jaholat qariga botib ketganingiz sabab shunday deyapsizlar!

Muso alayhissalom ularning holini oshkor qilgach, talab qilayotgan narsalari botil ekani, adashgan qavmga kur-kurona taqlid qilish yomon oqibatlarga olib borishini uqtirdi:

– Akhir ularning (ibodat qilib) turgan narsalari yuq buluvchi, qilib turgan amallari botil-ku?!

Yani, siz taqlid qilishni istayotgan bu qavmning etiqodi, but-sanamlarga topinishi yuq bulishga mahkumdir. Sababi, bu diyorlarda Allohning dini – tavhid etiqodi golib keladi va YOlgiz Allohga ibodat qilinadi. Bu bilan Muso alayhissalom qavmning ayanchli holini ochib tashladi va Allohdan uzgaga ibodat qilish halokatga sabab ekanini tasirli uslabda tushuntirdi.
Shundan keyin YOlgiz Alloh ibodat qilinishga haqli ekanini, Unga biron narsani sherik qilish joiz emasligi takidlandi:

– Men sizlarni butun olamlardan afzal qilib quygan Allohdan uzgani sizlarga khudo qilib beramanmi?!

Muso alayhissalom YOlgiz Allohga ibodat qilishni taqozo etadigan nematlarni eslata turib:

– Men sizlarga Allohdan uzga iloh qilib beramanmi, usha butlarga topinishga sizlarni majburlaymanmi?! Vaholanki, sizlarni uz davringizda butun olamlardan afzal qilib quygan-ku Alloh! Shu sabab U Zotga ikhlos bilan ibodat qilishingiz vojibdir, – dedi.

     Oyatning davomida Alloh taolo Bani Isroilni azobu uqubatdan, khorlikdan qutqargani eslatiladi: “(Ey Bani Isroil,) sizlarni yomon azob bilan qiynayotgan, ugillaringizni uldirib, qizlaringizni qoldirayotgan Firavn odamlaridan qutqarganimizni eslang! Bu ishlarda Parvardigoringiz tomonidan ulug imtihon bordir”. Yani, ey Bani Isroil, ibrat olishingiz, Allohning nematlariga shukr qilishingiz uchun sizlarni Firavnning qattiq azobidan qutqarganimizni eslang. Ular ugil bolalaringizni uldirar, khizmat qildirish va khorlar uchun qizlaringizni tirik qoldirardilar. Mana shunda sizlar uchun imtihon bordir.
Mazkur jumlalar bilan Bani Isroil talab qilgan narsa eng hikmatli va balogatli uslubda rad etilmoqda. Bu erda qavm fikr-mulohaza yuritishdan yiroq, jaholat qariga botib ketgan, uzlarini ham, Allohni ham tanimaydigan kimsalar sifatida tariflanmoqda. Zero, ularni YOlgiz Allohga ibodat qilishga chaqirgan paygambar yuziga tik boqib, “Ey Muso, bizlarga ham mana shu qavmnikiga ukhshash ilohlar qilib ber”, deb qilgan talablari shundan darak beradi.

Muhammad Sayyid Tantoviyning “Paygambarlar tarikhi” kitobidan

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …