Главная / Madaniyat / Zaytun mevasi va yogining foydalari

Zaytun mevasi va yogining foydalari

zaytunZaytun yogi inson organizmi uchun nihoyatda foydali bulib, qonda kholesterinning zararlisini (LDL) kamaytirish, foydali kholesterinni (HDL) kupaytirish khususiyatiga ega. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozidlar, darmondorilar bor.
Er yuzida etishtiriladigan zaytun mevasining 90%idan yog olinadi, bunda uni konservantlar qushmasdan turib uzoq muddat saqlash mumkinligi tahsinga sazovor. Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlari va izlanishlari zaytun mevasi va yogi tugrisida qanday tavsiyalar bermoqda?
Nyu-york universitetidan doktor Ahrens bunday deydi: “Urta er dengizi mamlakatlari aholisining dunyoning boshqa mamlakatlari aholisidan yurak, qon-tomir kasalliklari bilan sezilarli kam ogrishining eng asosiy omili ularning zaytun yogi istemol qilishlaridir”.
Muntazam zaytun yogi istemol qiluvchi kishilar yurak, qon-tomir kasalliklariga duchor bulmasliklariga asosiy sababchi ekani ilmiy tarafdan isbotlangan. Bunday kishilarda qon bosimi, qondagi qand va kholesterin darajasi past bulishi yuz ming kishi bilan utkazilgan ilmiy tadqiqotlarda uz isbotini topgan.
Mevasi yogga boy, turli navlariga qarab, ulardan 50%dan 80%gacha yog olish mumkin. Mevasi oqsil, pektin, qand moddalari va vitaminlarga boy: unda V, S, E, R – aktiv katekhinlar, kaliy, fosfor, temir tuzlari va boshqa moddalar mavjud.. Bundan tashqari, uglevodlar, fenolkarbon kislotalar, pektin moddalari, triterpen saponinlari borligi aniqlangan.
Zaytun yogi bu darakht mevasining asosiy mahsuloti bulib, asosan shu maqsadda ekib etishtiriladi. Lekin mevalari ham konserva sanoatida keng istemol qilinib, yashil mevalari konservalanadi, qora mevalaridan tuzlama tayyorlanadi. Zaytun yogi shprot va sardin tansiq baliq konservalari tayyorlashda ishlatiladi.
Konservalangan, tuzlangan zaytun mevalari uziga khos yoqimli mazaga ega bulib, dasturkhonda oziq-ovqatlar bilan bir qatorda turadi, eng asosiysi har khil illatlarga qarshi shifobakhshligi bilan ajralib turadi.
Uning inson salomatligi uchun foydali ekanini quyidagilar bilan izohlash mumkin: zaytun yogi oshqozonda engil hazm buluvchi yogdir. Uning khushbuy hidi ishtahani ochadi, shu sababdan turli salatlarga qushiladi. Shuning uchun ham u bolalarning soglom usishiga yordam beradi va yoshi uluglarning erta qarishi oldini oladi.
Zaytun yogi qonning quyuqlashishi va tomirlarning qotib qolishining ham oldini oluvchi mislsiz vositalardan biridir. Jigar faoliyatini yakhshilaydi, safro yullarini faollashtiradi, oshqozon meyoridan yuqori kislotaliligining oldini olib, yara paydo bulmasligini taminlaydi.
Milk, teri va allergik kasalliklarni davolashda ham foydalidir. Zaytun yogi D vitaminiga boy, shu sababli rakhit va boldir suyaklarining qiyshiq usishini davolashda foyda beradi. Quyosh nuridan mahrum, qorongi khonalarda yashovchilarga foydalidir.
Mutakhassislar takidlashicha, zaytunda inson organizmi uchun zarur bulgan barcha vitaminlar va mikroelementlar mavjud. 80%gacha yogga ega bulgan khom magizida uzining khususiyatlari bilan nodir bulgan tuyintirilmagan yogli kislotalar tarkibiga kiruvchi: 75% olein kislotasi, 13% linol kislotasi va 0,55% linolen kislotasi mavjud. Chorva mollarining yogidan farqli ularoq zaytun yogi inson organizmi uchun nihoyatda foydali bulib, ateroskleroz, yurak va qon-tomir kasalliklari rivojlanishining oldini oladi, unda kholesterin moddasi yuq va bu moddaning organizmdan chiqarilishiga kumak beradi, hazm qilish azolariga samarali tasir qiladi.
Ispaniyalik soha mutakhassislari zaytun yogi har qanday yoshdagi insonga foydali bulib, hatto bolalar ovqat rasioniga asos bulishi urinli va nihoyatda foydali deb hisoblashadi. Gap shundaki, bu yog tarkibiga kiruvchi kislota moddalar F vitaminining asosiy bulagi bulib, inson organizmi hujayralari qobigiga zarur bulgan qurilish materiali sifatida khizmat qiladi, organizmning uzi uni qisman sintezlaydi.
Hayvon yogidan farqli ravishda zaytun yogi kislotalari organizm uchun ancha foydali bulib, tanada glikemiya (semirishning khavfli turi) darajasini pasaytiradi, yurak-tomir kasalliklari oldini olib, ovqat hazm qilish azolariga ijobiy tasir etadi, organizmning yosharishiga yordam beradi.
Zaytun mevasini har kuni istemol qilish yurak-tomir tizimidagi stenokardiya, infarkt, saraton (rak), ayniqsa, ayollardagi kukrak saratoni, qandli diabet, semirish kasalliklari khavfini kamaytiradi. Shuningdek, zaytun yogi tarkibidagi moddalar qondagi zararli kholesterin va trigliserid miqdorining oshib ketishiga yuq quymaydi.
Zaytun mevasi tarkibidagi A, D, E va K vitaminlari inson suyagini mustahkamlaydi, ichak faoliyatini yakhshilaydi. Zaytun yogi yuqori arterial qon bosimini normallashtiradi. Zaytun yogi inson tanasiga tuliq singadi. Qadimgi greklar uzlarini har tomonlama baquvvat qilish uchun har kuni ertalab bir qoshiq zaytun yogi ichib, orqasidan bir qoshiq asal istemol qilganlar. Bu usul erkaklik quvvatining oshishiga ham samarali tasir etadi.
Zaytun yogini teriga surtilsa, uni chiroyli qiladi, istemol qilinsa, sochlar va tirnoqlar usishiga ijobiy tasir kursatib, tish va milklarni sog va mustahkam qiladi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …