Главная / Madaniyat / Nikohning birinchi kechasida qilinadigan amallar

Nikohning birinchi kechasida qilinadigan amallar

nikohNikohli hayotni boshlash arafasida insonda his-hayajon buladi, qalbi bir olam orzu-istaklar bilan tulib-toshadi. Bunday paytda qilinadigan har bir ish, aytiladigan har bir suz umr buyi khotirada muhrlanib qoladi. Shu sabab bulsa kerak, odamlar bunga alohida ahamiyat berishadi. Shu manoda, nikohning birinchi kechasida qilinadigan ayrim ishlar khususidagi shariatimiz kursatmalarini bayon etamiz.
Kuyov kelinning oldiga ilk bor kirayotganida, khursand holda bulishi, uyga ochiq chehra bilan kirib kelishi, kelinga muloyimlik bilan muomala qilishi tavsiya etiladi. Chunki, kelin hayajonlanadi, hadiksiraydi, begona uyda uzini noqulay his etishi mumkin. Kuyovning guzal muomalasi kelinni mana shunday noqulay holatdan chiqaradi, urtalarida iliqlik paydo buladi.
Kuyov “bismillah” deb ung oyoq bilan salom berib uyga kiradi. Keyin kelinning peshonasiga qulini quyib, mana bu duoni uqiydi.

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَمِنْ شَرِّ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ.

Duoning uqilishi: “Allohumma, inniy asaluka khoyrahaa va khoyra maa jabaltahaa alayh, va auvzu bika min sharrihaa va min sharri maa jabaltahaa alayh”.

Duoning manosi: “Ey Alloh! Sendan ayolimning yakhshiligini, Sen unga bergan akhloqning yakhshisini surayman. Sendan uning yomonligidan, Sen unga bergan akhloqning yomonidan panoh surayman!”

      Nabiy sollallohu alayhi va sallam, uylangan kishi mana shu duoni uqishini tavsiya etganlar (Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi hasan). Duodan sung ikkisi birgalikda nafl namoz uqishadi. Kuyov imom buladi, kelin orqada iqtido qiladi. Bu namozni har biri alohida uqisa ham buladi. Lekin birga uqishgani maqul.

عَنْ سَلْمَانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا تَزَوَّجَ أَحَدُكُمُ امْرَأَةً فَكَانَ لَيْلَةَ الْبِنَاءِ فَلْيُصَلِّ رَكْعَتَيْنِ وَلْيَأْمُرْهَا فَلْتُصَلِّ خَلْفَهُ رَكْعَتَيْنِ فَإِنَّ اللَّهَ جَاعِلٌ فِي الْبَيْتِ خَيْرًا. رَوَاهُ الْبَزَّارُ.

    Salmon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Agar sizlardan biron kishi uylansa, qushiladigan kechada ikki rakat namoz uqisin. Kelinga, orqasida ikki rakat namoz uqishni aytsin. Shunda Alloh usha uyda yakhshilikni (paydo) qiladi” (Bazzor rivoyat qilgan).
Bu namozning ahamiyati juda katta. Malumki, nikoh kechasida kuyovda ham, kelinda ham kuchli hayajon buladi. Ayniqsa, kelinlarda. Hatto kuyovdan chuchishi ham mumkin. Ikkisi bir bulib namoz uqishsa, mana shunday salbiy holatlar barham topadi. Kuyov imom, kelin iqtido qilib, bir tan-bir jonga, bir oila azosiga aylanishadi. Namozdan keyin qulni duoga ochib, Allohdan osuda hayot, farovon turmush, solih va soliha farzandlar surashadi. Yangi hayot ostonasida turgan yoshlar uchun mana shu onlardagi ibodat va duoning urni beqiyos.
Kelin-kuyov birga namoz uqiganlarida ikkisining tanasidagi zararli zaryadlar, ruhiy taranglik yuqolib, urnini khotirjamlik va bir-biriga mehr-muhabbat tuygusi egallar ekan. Bugungi kunda mana shu tavsiya, yani nikohning birinchi kechasida ikki rakat namoz uqish odati biroz unutilayozgandek. Buning urniga har khil bidat-khurofotlarga amal qilinmoqda. Aslida bakhtni Alloh beradi. Bakhtga erishish uchun esa, Uning aytganlari qilinadi.
Ayrim joylarda kuyovning juralari, ozroq mast qiluvchi ichimlikdan ichib olinsa hayajon bulmasligini “maslahat” sifatida bayon etishmoqda. Bu notugri gap. Chunki, mast qiluvchi ichimlik ichgan odamning duosi qabul bulmaydi, u qonga singib, hatto bulajak zurriyotiga salbiy tasir qilishi mumkin. Bir mulohaza qilib kuraylik, kelin – kuyov birinchi kechani harom luqma bilan boshlasa, keyingi hayoti nima buladi?! Harom luqma inson imoniga putur, sogligiga ziyon etkazadi.
Hayajonni bosish uchun namoz va duodan zur tadbir yuq. Bunda, ham Allohdan yakhshilik suraladi, ham savob olinadi. Musulmon odam har qanday holatda shariat kursatmalariga amal qilmogi kerak. Alloh va Rasulining aytganini qilgan inson, albatta bakhtli buladi. Bugungi kunda din-diyonatdan bekhabar yoshlar kuyovjuralik qilib, pala – partish maslahatlarni berishadi. Bundoq etibor berilsa, ularning kursatmasi na dinimizga va na milliy qadriyatlarimizga tugri keladi. Aksari garbona hayotga taqlid qilinadigan ishlardan iborat. Unutmaylik, biz musulmon farzandimiz. Har bir ishimiz muqaddas Dinimiz kursatmalariga, milliy qadryatlarimizga muvofiq bulishi darkor. Khususan, nikoh kechasidagi ishlar ham shariat kursatmalariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak. Shundagina ikki dunyo saodatiga erishamiz.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …