Главная / Madaniyat / Bizga tinchlik kerak, bizga omonlik kerak!

Bizga tinchlik kerak, bizga omonlik kerak!

tinchlik“Suriyadagi urush qurboni bulgan yosh bolaning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar qancha urinmasin, barcha harakatlar behuda ketdi. Endigina uch yoshga kirgan norasida jon taslim qilish chogida, kuz yoshlari yuzini yuvib: “Hammasini Allohimga aytib beraman!”, deya hayotdan kuz yumdi. Ushbu khabar internetda tarqalib, kishilar qalbini larzaga soldi va kupchilikni mushohada qilishga undadi. Har doim ushbu voqea haqida uylaganimda, dunyoning turli mintaqalarida bulayotgan tus – tupolonlarni fikr qilib, takror va takror yurtimizdagi tinchlik uchun shukr qilaman.

ShAYTONGA ULFAT KELTIRAR KULFAT

Hozirgi murakkab va tahlikali davrda har qanday qarama – qarshilik va nizolarni faqat tinch yul bilan hal etish zarur. Bundan kuzlangan maqsad ham bitta, Yurtboshimiz aytganlaridek, Ikkinchi jahon urushi sabab boshimizdan kechirgan qonli va beshafqat jang­lar hech qachon qayta takrorlanmasligi lozim.

Bugun diyorimizdagi tinch va osuda hayot, musaffo osmon, tukinlik va farovonlikka ogir mashaqqatlar evaziga erishilganini sira unutmaslik kerak. Utmishdagi urushlarda berilgan qurbonlarni yoki Suriya va Iroqdagi vahshiyliklarni kuz oldimizga keltirsak, diyorimizdagi osoyishtalik ahamiyatini yanada chuqurroq anglaymiz.

Yurtimizdagi tinchlik ham qanchadan – qancha say – harakatlar va bedorliklar natijasidir. Shuning uchun khotirjamlikka berilishga, sezgirlikni yuqotishga haqqimiz yuq. Uni himoya qilish faqat muayyan soha khodimlarining vazifasi degan odam, adashadi. Balki, oilamiz, farzandlarimizga farovon yurtni meros qoldirish uchun barcha bir tanu bir jon bulib harakat qilishi darkor.

Hayotning bir maromda davom etishi va emin – erkin ibodat qilish uchun ham osudalik zarur. Alloh taolo tinchlikni saqlash vazifasini imon keltirgan zotlar zimmasiga yuklab, shaytonga ulfat bulib, unga ergashmaslikka buyuradi: “Ey, imon keltirganlar! YOppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir” (Baqara, 208).

Tafsir kitoblarida, “YOppasiga itoatga kirishingiz” iborasi insonlar birlashgan holda tinchlik yulini tutishlarini bildirsa, boshqa jihatdan tinchlikning qaror topishi uchun hissa qushish zarurligi uqtiriladi. Quroni karimdagi “salom” va “islom” suzlari bir uzakdan chiqqan bulib, aynan bir maqsadga yunaltirilgan, yani dinimiz doimo tinchlikka buyuradi.

Inson nematlarning qadrini bilishi, undan uzgalar ham bahramand yo bebahra ekanini uylab kurishi kerak. Olamga nazar solib, jahonning turli hududlaridagi qarama – qarshilik va ziddiyatlar, qonli mojarolarni kurarkanmiz, osuda hayotning ahamiyatini teran anglaymiz. Hozir Suriya va Iroq hududida uz otasi halok bulganini kurgan farzand yoki bolasini yuqotgan musibatzada ona tinchlikni qanchalar orzu qilishini tasavvur etish lozim. Shunda inson khotirjamlik nemati uchun Allohga yanada kup shukr qiladi va uni asrash kerakligini tushunadi.

Biroq ana shu nematning qadriga etmaydigan, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni kurolmaydigan qora kuchlarning borligi hech kimga sir emas. Dinning inson hayotida qanchalik katta ahamiyatga ega ekani, uning kishini boshqarishdagi salohiyati kuchli ekani isbot talab qilmas haqiqat. Buni yakhshi anglagan garazli kuchlar uzlarining qabih maqsadlarini amalga oshirishda dinni niqob qilib, quporuvchilik qilishga urinmoqdalar.

Bugun dunyoda fitnalar kupayib, ularning mohiyati uzgardi, qiyofasi boshqacha tus oldi. Jahondagi yovuz kuchlar Islomga putur etkazish, parokandalik keltirib chiqarish maqsadida musulmonlar urtasida fitna – fasod va botil etiqodlarni yoyishga urinmoqda. Jahonda ruy berayotgan qonli voqealar, urush va mojarolar bizlarni beparvo bulmaslikka, yurtimizdan tashqarida, deb ana shu fitnalarga khotirjam qaramaslikka undaydi.

Paygambarimiz (alayhissalom) ham fitnalar yomonligidan panoh tilashga buyurganlar va ulamolar shunday duo qilishgan: “YO Alloh! Dindan qaytishdan yo fitnaga mubtalo bulishdan Sendan panoh tilaymiz” (Imom Bukhoriy).

Alloh taolo din dushmanlarining fitnalaridan ogoh qilib, bunday deydi: “Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (uzgalarni) Alloh yulidan ozdirish uchun va u (yulni) maskhara qilish uchun behuda suz(lar)ni sotib olurlar. Ana ushalar uchun khor qiluvchi azob bordir”.

Demak, har bir musulmon johil kimsalarning tafriqa solish, buzgunchi fikrlarni tarqatish kabi qingirliklaridan ehtiyot bulishi zarur.

Shuningdek, mumin kishi birovlarning aldoviga uchmasligi va hushyor bulishi kerakligi kup bor takidlangan. Nabiy (alayhissalom): “Mumin ziyrak, ehtiyotkor va oqil buladi”, deganlar.

Dinimizda fatonat suzi ziyrak va ogoh bulishni anglatadi. Mana shu fatonat sifati, omonat, sadoqat sifatlari kabi har bir mumin – musulmonda bulishi lozim. Shuning uchun ham buyuk mutafakkir olim Jaloliddin Rumiy ogohligi yuq kimsani ruhsiz jasadga tenglab: “Gofilu murda, ikkovi bir – da”, deydilar.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qiladi: “Mumin (banda) bir chuqurga ikki marta yiqilmaydi” (Imom Bukhoriy). Bu hadis haqida ulamolar: “Bu hadis darak gap bulsa – da, ammo manosi buyruqni ifodalaydi. Yani, unda mumin ehtiyotkor, aqlli va ziyrak bulsin, gaflatda qolmasin, ketma – ket aldanib qolmasin”, deganlar.

Boshqa ulamolar: “Bu erda komil mumin haqida gap ketmoqda. U kelishi mumkin bulgan zarardan ehtiyot buladi. Ammo gofil mumin esa bir necha bor aldanib qolishi mumkin”, deyishgan.

Demak, mumin odam ilm, aql, tajriba va farosatda boshqalardan ustun bulishi kerak. U ishlarning qaysinisi foydali, qaysinisi zararli ekanini oldindan kura bilishi lozim. U laqma bulmasligi, ganimlarning aldovlari va shirin vadalariga uchmasligi shart.

Shuning uchun ulamolar, imom – khatiblar doimo tinchlikni bosh shior qilib olgan Islom dinini pok saqlash, uni turli khuruj­lar, tuhmat va buhtonlardan himoya qilish choralarini kurishlari eng muhim vazifalaridan bulishi zarur.

“AYRIM JOYLARDA QON TUKILAYOTGANI, NIZO VA ADOVATLAR AVJ OLAYOTGANI, FAShIZM DEGAN BALO YaNA BOSh KUTARAYOTGANI, MILLATChILIK, ShOVINIZM KABI KhAVFLI OFATLAR MAYDONGA ChIQAYOTGANI, BIR SUZ BILAN AYTGANDA, VAZIYaT TOBORA KESKINLAShIB, KhAVF – KhATARLAR ORTIB BORAYOTGANI BARChAMIZNI TAShVIShGA SOLMASDAN QUYMAYDI”.

Islom KARIMOV

BEPARVOLIK – OGIR MUSIBAT

Khalqimiz imom – khatiblarni din peshvosi deya uluglaydi, ularning aytganlariga quloq tutadi. Shuning uchun imom-khatiblar Alloh taoloning «(Ey Muhammad,) Rabbingiz yuli (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan davat qiling! Ular bilan eng guzal uslubda munozara qiling!..» (Nahl, 125) degan buyrugiga amal qilgan holda islom marifatini tarqatib, kishilarni doimo hushyorlikka chaqirishlari kerak. Shu nuqtai nazardan, imom – khatiblarga quyidagi tavsiyalarni beramiz.

Birinchidan, 2015 yil 9 may kuni poytakhtimizdagi Khotira maydonida Yurtboshimiz takidlaganlaridek, Ikkinchi jahon urushi davrida khalqimiz boshdan kechirgan qonli va beshafqat urush boshqa hech qachon qaytarilmasligi uchun bunday fojia va qirginlarning oldini olish lozim. Bu yulda imom – khatiblar tinimsiz keng kulamli tushuntirish ishlarini olib borishlari zarur. Zero, tinchlik bor joyda rivojlanish buladi, ibodatda halovat buladi.

Ikkinchidan, bugungi globallashuv jarayonida uzoq va yaqin – atrofimizda vaziyat khatarli tus olayotgani barchamizdan doimo ogoh va hushyor bulishni talab qilmoqda. Paygambarimiz (alayhissalom)ning “Mumin ziyrak, ehtiyotkor va oqil buladi”, degan hadislariga muvofiq, imom – khatiblar mumin kishi doimo sergak va ogoh bulib yashashini hammaga uqtirishlari zarur.

Uchinchidan, din dushmanlarining kurinmas qulida qugirchoq bulayotgan aqidaparast kuchlarning puch davolariga nisbatan khalqimiz ongida mustahkam immunitet hosil qilish, barchani botil goyalarga qarshi kurashishga urgatish imom – khatib­larning eng asosiy vazifasidir. Ayniqsa, bu ishlarda diqqat qaratish lozim bulgan bugin yoshlar ekanini zinhor unutmaslik kerak.

Turtinchidan, din inson hayotida katta ahamiyatga ega ekani haqiqat. Buni yakhshi anglagan din dushmanlari uz qabih maqsadlarini amalga oshirishda dinni niqob qilmoqdalar. Bunday paytda imom – khatib aql – zakovat va fahm-farosatni ishga solib, Yaratganning: «Ularga: “Erda fasod – buzgunchilik qilmangiz!”, deyilsa, ular: “Albatta, biz chin islohchilarmiz”, deydilar. Ogoh bulingki, aynan ularning uzlari buzgunchilardir, lekin buni uzlari sezmaydilar» (Baqara, 11–12) degan ogohlantirishini mumin – musulmonlarga etkazishi lozim.

Beshinchidan, khalqimiz, ayniqsa, yoshlarni tinchlikning qadriga etishga chaqirish, ularga dunyoda kechayotgan dahshatli voqealarning asl sabablarini tushuntirishda imom – khatiblardan alohida faollik talab etiladi. Mahalla guzarlari, uquv yurtlari, hatto shifokhonalar va mehribonlik uylarida ham Paygambarimiz (alayhissalom)ning: “Har biringiz rahbarsiz va qul ostingizdagilarga masulsiz”, degan hadislari manosiga mos ravishda imom – khatiblar din ishida peshvo ekanini unutmagan holda mehnat qilishlari kerak.

Urni kelganda aytish joizki, mumin – musulmonlar ham Alloh taoloning «Bas, (ey Muhammad) Mening shunday bandalarimga khushkhabar bering, ular gapni tinglab, sung uning eng guzaliga ergashadilar. Aynan ushalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan ushalargina aql egalaridir» (Zumar, 17–18), degan amriga itoat etishlari, tugri yuldan aslo chalgimasliklari kerakligini takidlaymiz.

Zero, komil imonli kishi nasihat qiluvchi uluglar va peshvolarga yaqin buladi. Bu haqda Muhammad (sollallohu alayhi va sallam): “Baraka uluglaringiz bilan birgadir”, deganlar.

Dunyo khalqlarining ezgu khohish – irodasi bitta. U ham bulsa, hech qachon, hech qaerda urush bulmasin, onalar oh – zor chekmasin, gudaklar nola qilmasin. Bunday istak barcha khalqlarning orzusidir. Buning uchun esa tinch­likni faqat orzu qilish emas, balki osuda hayot uchun tinimsiz kurashish talab etiladi.

Aydarbek TULEPOV,
Uzbekiston musulmonlari idorasi raisi urinbosari

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …